28 yanvar, seshanba

Iqtisodiyot

Manzil-koloniyalardagi 68 nafar mahkumga pensiya tayinlangan 

Qonunchilikdagi yangilikka binoan, manzil-koloniyalarda jazo muddatini o‘tayotgan 68 nafar mahkumga pensiya tayinlangan. Ammo shu toifa mahkumlarning 300dan ortig‘i davlat pensiyasini olish yoshiga yetgan. Pensiya jamg‘armasi vakili Shuhrat Utaganov ushbu masalaga oydinlik kiritdi.

Alisher Mirzayev «Kapitalbank» rahbari bo‘ldi 

Hamkorbank rahbarining sobiq o‘rinbosari Alisher Mirzayev «Kapitalbank» boshqaruvi raisi etib tayinlandi.

Cotton Campaign O‘zbekistonga tashrif buyurmoqda 

Milliy paxta mahsulotlarini jahonga mashhur tekstil va tayyor kiyim ishlab chiqaruvchi kompaniyalar tomonidan boykot qilinishi tashabbuskori — Cotton Campaign xalqaro koalitsiyasi O‘zbekistonga kelmoqda. Ular amalga oshirilgan ishlarni tekshirmoqchi.

Aholi va ishbilarmonlarning inflyatsion kutilmalari 18 foizni tashkil etdi — MB 

Aholi va ishbilarmonlarning kelgusi 12 oy uchun inflyatsion kutilmalari 18 foizni tashkil etdi. Markaziy bank esa 2020 yil uchun inflyatsion prognozni 12−13,5 foiz darajasida saqlab qoldi.

Germaniyaning DEG korporatsiyasi «Kafolat» aksiyalarini sotib olmoqchi 

Germaniyaning DEG (Deutsche Investitions und Entwicklungsgesellschaft) investitsiya korporatsiyasi «Kafolat» sug‘urta kompaniyasidagi davlat ulushini sotib olishga qiziqish bildirmoqda. Korporatsiya sug‘urta bozoridagi yetakchi kompaniyalar rivojiga hissa qo‘shadi.

2019-yilda o‘rtacha oylik ish haqi 2,32 mln so‘mni tashkil etdi 

O‘tgan yili O‘zbekistonda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 2018-yilga nisbatan 27,5 foizga o‘sib, 2,32 mln so‘mni tashkil etdi.

To‘rtta shaharda ISUZU D-Max pikaplari savdosi boshlandi 

2020-yilning yanvar oyida O‘zbekistonda birinchi ISUZU D-Max pikaplari sotuvi boshlandi. Yangi avtomobillar narxi 270 milliondan 380 milliongacha so‘mni tashkil etadi.

Vodiy viloyatlari va Toshkentni bog‘lovchi pulli yo‘l qurilishi rejalashtirilmoqda 

Toshkent-Andijon pullik avtomobil yo‘lini qurish loyihasi uchun PWC va Arup kompaniyalari tomonidan dastlabki texnik iqtisodiy hisob-kitob hujjatlari tayyorlanmoqda.

Jahon banki aviatsiya sohasini modernizatsiya qilishda ko‘maklashadi 

O‘zbekiston hukumati va Jahon banki milliy fuqarolik aviatsiyasini modernizatsiya qilishda ko‘mak berish maqsadida bitim imzoladi. Bu tomonlar o‘rtasida tuzilgan ikkinchi kelishuvdir.

Yangi aviakompaniyadan kutilmalar — Spot 

Humo Air aviakompaniyasi ichki reyslarda arzon narxlarni taklif qilib, turizmni rivojlantirishga xizmat qilishi kutilmoqda, yozmoqda Spot.

Taxiatosh IES yangi bug‘-gaz qurilmasi ishga tushdi 

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyati aholisini elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini qoplash maqsadida yirik loyiha amalga oshirilmoqda. Uning birinchi bosqichi yakunlangan.

O‘zbekistonda soliq turlari 13 tadan 9 taga kamaytirildi — prezident 

Prezident parlamentga murojaatida tadbirkorlarni ko‘p qiynaydigan soha — litsenziyalash va ruxsatnomalar berish tartiblarini jiddiy o‘zgartirilishi ta’kidladi.