31 may, yakshanba COVID-19 Ob-havo Zira Vakansiyalar

Iqtisodiyot

Kecha, 14:39

Navoiyda inqirozga qarshi kurashishga ajratilgan pullar talon-toroj qilindi

Navoiy viloyat sanitariya va epidemiologik osoyishtalik markazining mansabdor shaxslari inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasiga ajratilgan 222,3 mln so‘mni talon-toroj qilgani aniqlandi.

29 may 2020, 15:52

Investitsiya vazirligi “O‘zbekneftgaz” taklifiga izoh berdi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi “O‘zbekneftgaz” AJning neft mahsulotlari importiga aksiz solig‘ini 20% ga oshirish bo‘yicha taklifiga izoh berdi. Unga ko‘ra, mazkur taklif Tarif va notarif tartibga solish kengashining Kotibiyatiga taqdim etilmagan va xalqaro majburiyatlar va amaliyotga mos kelmasligi sababli ko‘rib chiqilishi va qo‘llanilishi mumkin emasligi ta’kidlangan.

29 may 2020, 12:03

1 iyundan O‘zbekistonda ichki turizm qayta yo‘lga qo‘yiladi

1 iyundan «yashil» va «sariq» toifadagi hududlar o‘rtasida ichki turizm qayta yo‘lga qo‘yiladi. Turizm sohasiga yondosh tashkilotlarga (turoperatorlar, mehmonxonalar va boshqalar) o‘z faoliyatini boshlashga ruxsat etildi va ularga davlat tomonidan bir qator imtiyozlar, preferensiyalar va ko‘shimcha ko‘maklar ko‘rsatiladi.

29 may 2020, 10:19

“Nooziq-ovqat tovarlari chakana savdosi internet orqali rivojlanishi kerak” — Zafar Hoshimov

Korzinka.uz asoschisi Zafar Hoshimov karantin davrida chakana savdoda yuz berayotgan o‘zgarishlar haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Uning aytishicha, ushbu davrda onlayn buyurtmalar sezilarli oshgan, nooziq-ovqat tovarlari chakana savdosida savdo hajmi 70% dan 100% gacha tushib ketgan. U nooziq-ovqat tovarlari chakana savdosi internet orqali rivojlanishi kerakligini aytmoqda.

28 may 2020, 21:42

«Zamon o‘zgaryapti, lekin monopol korxonalar o‘zgara olmayapti» — prezident

«Zamon o‘zgaryapti, lekin monopol korxonalar o‘zgara olmayapti. Qat’iy choralar ko‘rish vaqti-soati keldi. Iqtisodiyotda bu hayot-mamotimiz», — dedi Shavkat Mirziyoyev. Prezident raqobatni rivojlantirish va monopoliyaga qarshi kurashish borasida mutlaqo yangi tizim yaratish lozimligini ta’kidladi.

28 may 2020, 12:51

“O‘zbekiston” mehmonxonasi Singapur kompaniyasiga sotildi

33 mln dollarga sotuvga qo‘yilgan Toshkentdagi “O‘zbekiston” mehmonxonasiga xaridor chiqmadi. Narx tushirilgach, 80,1 foizlik ulush Singapurning shoular ishlab chiqaruvchi kompaniyasiga 23,2 mln dollarga sotildi.

27 may 2020, 23:31

500 dan ziyod bozorlarni xususiylashtirish bo‘yicha topshiriq berildi

Prezident samarasiz ishlayotgan 711 ta korxonani tugatish, 262 ta korxonani qayta tashkil etish, shuningdek, 500 dan ziyod bozorlarni xususiylashtirish bo‘yicha topshiriq berdi.

27 may 2020, 23:15

O‘zbekiston sayyohlarni qabul qilishga tayyorlanmoqda

Prezidentga “O‘zbekiston. Xavfsiz sayohat kafolatlangan” loyihasi taqdim etildi. U birinchi bosqichda “yashil” hududlar o‘rtasida ichki turizmga ruxsat berish zarurligini ta’kidladi. Keyinchalik koronavirus jilovlangan davlatlar bilan turizm aloqalari tiklash rejalashtirilmoqda.

27 may 2020, 18:37

Dunyoda ishsizlar soni ortmoqda. Ular qanday qo‘llab-quvvatlanmoqda?

Koronavirus pandemiyasi sababli dunyoning turli mamlakatlarida millionlab odamlar ishsiz qolishmoqda. Turli davlatlarda ishini yo‘qotganlarni qo‘llab-quvvatlash uchun qanday choralar ko‘rilayotgani — «Gazeta.uz» tahlilida.

27 may 2020, 14:14

O‘zbekistonda ishsizlik 9,4 foizni tashkil qildi

O‘zbekistonda birinchi chorakda ishsizlik 9,4 foizni tashkil qildi. Eng yuqori ishsizlik darajasi Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida — 9,8 foiz, eng past ko‘rsatkich esa Toshkent shahrida — 7,8 foiz qayd etildi. Ishsizlar soni qariyb 1,4 mln kishini tashkil etmoqda.

27 may 2020, 13:28

Mahalliy xususiy investorlar preferensiyalarga ega bo‘ladi

Faqatgina xorijlik investorlarga berilayotgan preferensiyalar endilikda mahalliy xususiy sarmoyadorlarga ham taqdim etiladi. Ular o‘z hisoblaridan 25 mln dollarlik loyihani boshlasalar, tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari byudjet hisobidan qilib beriladi.

27 may 2020, 11:52

Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasining daromad va xarajatlari ma’lum qilindi

Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasining hisobiga 7,44 trln so‘m kelib tushgan bo‘lsa, jamg‘arma xarajatlari esa 3,306 trln so‘mga teng bo‘ldi. Mablag‘larning katta qismi iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlashga va tibbiyot sohasiga yo‘naltirilgan. Suv ta’minoti va irrigatsiya tadbirlariga 504 mlrd so‘m sarflangan.

27 may 2020, 10:21

«Benzin importiga aksiz solig‘ini oshirish maqsadga muvofiq emas» — Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi «O‘zbekneftgaz» AJ tomonidan benzin mahsuloti importiga aksiz solig‘ini 5 foizdan 20 foizga oshirish yetarlicha iqtisodiy asoslantirilmagan va maqsadga muvofiq emas deb hisoblaydi.

25 may 2020, 20:06

Uzbekistan Airways nufuzli xorijiy kompaniya boshqaruviga berilishi mumkin

Uzbekistan Airways aviakompaniyasini nufuzli xorijiy kompaniya boshqaruviga topshirish rejalashirilmoqda. Shuningdek, “Qamchiq” dovonida “Toshkent-Andijon” pullik avtomobil yo‘li loyihasi bo‘yicha tender e’lon qilinishi belgilandi.

25 may 2020, 14:59

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi 9,7 so‘mga qimmatlashib, 10139 so‘mga yetdi. Xorijiy valyutalar kursi o‘tgan hafta arzonlashgan edi.

25 may 2020, 11:30

«O‘zagrosug‘urta» qorako‘llik tadbirkorga qariyb 1 mlrd so‘m to‘ladi

«O‘zagrosug‘urta» AJ Buxorodagi tabiiy ofat oqibatida viloyatning qishloq xo‘jaligi va tadbirkorlik sub’ektlari bilan sodir bo‘lgan sug‘urta hodisalari yuzasidan jami 2,7 mlrd so‘m to‘lab berdi. Xususan, kompaniyada mol-mulkini sug‘urtalagan qorako‘llik fermerga kuchli shamoldan yetkazilgan zarar uchun qariyb 1 mlrd so‘m qoplab berildi.

23 may 2020, 15:58

«O‘rikzor» bozori karantinga yopildi

Toshkentdagi «O‘rikzor» savdo majmuasida sotuvchi bo‘lib ishlovchi fuqaroda koronavirus infeksiyasi tasdiqlandi, bozor vaqtinchalik yopildi.

22 may 2020, 19:37

Andijon viloyatida 642 kilometrlik yo‘l quriladi va ta’mirlanadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2020 yilda Andijon viloyatida 642 kilometr avtomobil yo‘li, 85 kilometr ichimlik suvi tarmoqlarini qurish va ta’mirlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

22 may 2020, 12:55

Andijonda texnopark ish boshladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijonda yangi qurilgan Digital City texnoparki bilan tanishdi. Davlat rahbari bunday texnoparklarni mamlakatning boshqa hududlarida ham ochish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

22 may 2020, 12:11

“Har bir oila — tadbirkor” dasturiga qo‘shimcha $100 mln ajratiladi

“Har bir oila — tadbirkor” dasturini moliyalashtirishga qo‘shimcha 100 mln dollar miqdorida mablag‘ ajratiladi. Bu pullar tadbirkorlik uchun imtiyozli kreditlar ajratish va ishbilarmonlikni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.