Iqtisodiyot

17 dekabr 2021, 10:27

Gidroenergetikani rivojlantirish dasturi tasdiqlandi

Prezident qarori bilan respublikada gidroenergetikani rivojlantirish dasturi tasdiqlandi. Unga ko‘ra, 2030 yilda respublikadagi gidroelektr stansiyalari quvvatini 3416 MVtga yetkazish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, xususiy investorlar quvvati 1 MVtgacha bo‘lgan quyosh, shamol va biogaz hamda 5 MVtgacha bo‘lgan gidroelektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan elektr energiyasini yagona energetika tizimiga ulanmagan holda iste’molchilarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berish huquqiga ega bo‘ldi.

17 dekabr 2021, 09:25

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga 162 mln dollarlik kredit ajratadi

Osiyo taraqqiyot bankining 162 mln dollarlik loyihasi doirasida Buxoro, Miskin, Urganch va Xiva shaharlarini bog‘lovchi 465 kilometrlik temir yo‘l liniyasi elektrlashtiriladi. «Buxoro-Xiva» liniyasining elektrlashtirilishi yillik yo‘lovchi tashish hajmini 2026 yilga kelib uch yarim barobardan ziyodga oshiradi. Loyiha natijasida yillik yuk tashish hajmi 2026 yilda jami 11,8 million tonnaga yetishi kutilmoqda.

16 dekabr 2021, 15:26

G‘afur G‘ulom bog‘ini investorga berish masalasi qayta ko‘rib chiqiladi — Jahongir Ortiqxo‘jayev

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev G‘afur G‘ulom bog‘ini 49 yilga ijaraga olgan investor o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarmaganini ma’lum qildi. U bog‘ni ijaraga berish masalasi qayta ko‘rib chiqilishini aytdi.

15 dekabr 2021, 19:37

50 ming va 100 ming so‘mlik yangi banknotalar 22 dekabrdan muomalaga chiqariladi

Yangi ko‘rinishdagi 50 ming so‘m va 100 ming so‘m bo‘lgan banknotlar 22 dekabridan muomalaga chiqarilishi ma’lum qilindi. Ushbu yangi banknotalar 2017 yil namunasidagi 50 ming so‘mlik va 2019 yil namunasidagi 100 ming so‘mlik banknotlar bilan parallel ravishda muomalada bo‘ladi.

15 dekabr 2021, 19:12

Senat 2022 yilgi davlat budjetini ma’qulladi

Senat 2022 yilgi davlat budjetini ma’qulladi. Unga ko‘ra, kelgusida yilda mamlakat YAIM o‘sish sur’atlari 6 foiz, inflyatsiya esa 9 foiz atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Davlat budjetidan ijtimoiy sohaga jami 74,6 trln ajratilishi ko‘zda tutilgan.

15 dekabr 2021, 17:13

Dollarning rasmiy kursi besh kunlik o‘sishdan so‘ng pasaydi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 14,85 so‘mga pasayib, 10 830,15 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham pasaydi.

15 dekabr 2021, 15:38

Davlat budjeti xarajatlarini bir yil ichida uchinchi marta oshirish ma’qullandi

Qonunchilik palatasi yil davomida uchinchi marta davlat budjeti xarajatlarini oshirishni ma’qulladi. Ta’lim, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi, eksport sohalarini qo‘llab-quvvatlash, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash va boshqa sohalar uchun 2,2 trln so‘m ajratilmoqda. Tuzatishlar uch o‘qishdayoq qabul qilindi.

15 dekabr 2021, 10:25

Noyabrda aholi va tadbirkorlik subyektlarining inflyatsion kutilmalari keskin oshdi. Bunga nima sabab bo‘ldi?

Kelgusi 12 oy uchun aholi va tadbirkorlik subyektlarining inflyatsion kutilmalari mos ravishda 16,5 foiz va 15,6 foizgacha oshdi. Respondentlar yoqilg‘i narxlarining oshishi va so‘mning qadrsizlanishini umumiy narxlar darajasining kutilayotgan o‘sishiga ta’sir etuvchi asosiy omil sifatida keltirmoqda.

14 dekabr 2021, 19:05

Mehnat migrantlari daromadlari ikki tomonlama soliqqa tortilmasligi mumkin

«Tashqi mehnat migratsiyasi to‘g‘risida»gi qonun loyihasi Qonunchilik palatasida birinchi o‘qishda qabul qilindi. Qonun loyihasida mehnat migrantlarining daromadlari ikki tomonlama soliqqa tortilmasligi belgilanmoqda.

14 dekabr 2021, 16:18

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket beshinchi kun ko‘tarildi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 18,71 so‘mga ko‘tarilib, 10 845 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ko‘tarildi, rubl kursi esa pasaydi.

13 dekabr 2021, 19:53

Hindiston Eksimbanki O‘zbekistonga ta’lim sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun 448 mln dollar ajratadi

Hindiston Eksimbanki tomonidan O‘zbekistonda infratuzilmaviy rivojlanish va ta’lim sohalarida loyihalarni moliyalashtirish uchun 448 mln dollar miqdorida mablag‘lar ajratilishi ma’lum qilindi.

13 dekabr 2021, 19:51

«Farg‘onaazot» AJning 99,02% aksiyalari sotuvga qo‘yiladi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi «Farg‘onaazot» aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalidagi 99,02 foiz aksiya paketlarini sotish rejasini ma’lum qildi. Deloitte TCF LLP — ushbu xususiylashtirish jarayoni bo‘yicha agentligining yetakchi maslahatchisi/ Xalqaro moliya korporatsiyasi ham ushbu jarayonga yordam beradi.

13 dekabr 2021, 16:46

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 18,81 so‘mga ko‘tarilib, 10 826,49 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.

13 dekabr 2021, 16:10

Toshkent shahridagi harbiy shaharcha auksion orqali 266,4 mlrd so‘mga sotildi

Chilonzor tumanidagi boshlang‘ich narxi 204 mlrd so‘mga baholangan harbiy shaharcha onlayn savdo orqali 266,4 mlrd so‘mga sotildi. Auksionda 2 dekabr kuni tashkil etilgan «Do'mbrobod city group» kompaniyasi g‘olib bo‘lgan.

13 dekabr 2021, 11:04

Savdoni erkinlashtirmoqchimizmi yoki teskarisi?

Hukumat qarori bilan import tovarlarga nisbatan tarif kvotalarini qo‘llash tartibi nizomi tasdiqlandi. Kvotalar Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan import qiluvchilar o‘rtasida taqsimlanadi. Iqtisodchi Mirkomil Xolboyev ushbu qarorning salbiy oqibatlari, tarif kvotalarining iqtisodiyotga ta’siri va hukumatning kvotalardan ko‘zlagan maqsadi haqida «Gazeta.uz» uchun maqolasida fikr yuritadi.

10 dekabr 2021, 18:09

Yer, suv resurslaridan foydalanganlik uchun hamda aksiz soliqlari o‘rtacha 10 foizga o‘sishi mumkin

Deputatlar muhokama qilayotgan Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasiga muvofiq, yer solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hamda aksiz solig‘i stavkalari o‘rtacha 10 foizga o‘sishi kutilmoqda.

10 dekabr 2021, 17:04

OTB O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish uchun $100 mln kredit ajratadi

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznes faoliyatini kengaytirish va ular uchun qulay muhitni yaratish maqsadida 100 mln dollar kredit ajratadi. Bunda kredit OTB maxsus dasturining birinchi kichik qismini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi va 20 mln dollar ekvivalentidagi mablag‘ so‘mda taqdim etiladi.

10 dekabr 2021, 15:12

To’palang HPD Platinum Surxondaryoda $138 mlnlik loyihani tendersiz amalga oshirmoqda

To‘palang suv omboridan Surxondaryo viloyatigacha magistral suv quvurini yotqizish loyihasining qiymati 138 mln dollar deb baholanmoqda. Hukumatning yopiq qarori bilan bosh pudratchi sifatida To’palang HPD Platinum kompaniyasi tanlangan. Kompaniya «O‘zbekgidroenergo» rahbarining o‘g‘li direktori va ta’sischisi bo‘lgan To’palang HPD Holding tarkibiga kiradi.

10 dekabr 2021, 09:59

O‘zbekiston iqtisodiyoti 30 yil mobaynida qanday o‘zgardi?

30 yil davomida sobiq Sovet Ittifoqi mamlakatlari YAIMining umumiy hajmi uch barobardan ziyodga o‘sdi. 2020 yilda O‘zbekiston real YAIM hajmi 1991 yilga nisbatan 3,4 baravarga ko‘paydi, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YAIM ko‘rsatkichi 2,9 foizga oshdi. Mamlakat eksporti tarkibida paxta xomashyosi ulushi keskin qisqarib, oltin yetakchi eksport mahsulotiga aylandi.

9 dekabr 2021, 22:54

«Qo‘yliq» bozorini ko‘chirish to‘g‘risida qaror 2017 yilda qabul qilingan

«Qo‘yliq» bozorini ko‘chirish va Toshkent viloyatida yangi savdo majmuasini qurish to‘g‘risidagi qaror 2017 yildayoq qabul qilingan edi. «Gazeta.uz» bozor ko‘chirilishi rejalashtirilayotgan Food City savdo markazi vakili bilan suhbatlashib, loyihaning boshqa tafsilotlarini ham aniqladi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting