27 yanvar, dushanba

Iqtisodiyot

«Inflyatsiyani targetlashga o‘tish butun iqtisodiyotni demonopolizatsiya qilishni taqozo etadi» 

Inflyatsiyani targetlashga o‘tish uchun alohida sohani emas, balki butun iqtisodiyotni demonopolizatsiya qilish lozim, dedi MB departamenti rahbari Behzod Hamroyev.

Operatorning aybi bilan to‘lov tizimidagi uzilishlar uchun sanksiyalar joriy etiladi 

«To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida"gi qonun loyihasida belgilangan «to‘lov» qonunchiligi talablarini buzganligi uchun MBning operatoriga nisbatan sanksiyalarni qo‘llash tartibi mavjud.

Yangi soliq kodeksi soliqqa tortish bo‘yicha barcha tartib, mexanizm va uslublarni to‘liq qamrab olishi kerak — prezident 

Shavkat Mirziyoyev raisligida yangi qabul qilingan soliq siyosati konsepsiyasini amaliyotga to‘liq tatbiq qilish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Onlayn-auksionlarda 1955 ta bo‘sh yer uchastkalari sotildi 

«E-IJRO AUKSION» savdolarida 1955ta bo‘sh yer uchastkalari 596 mlrd. 585 mln. so‘m investitsiya kiritish, 7668 dan ortiq yangi ish o‘rinlarini yaratish sharti bilan 13 mlrd. 813mln. 600 ming so‘mga sotildi.

Oltin-valyuta zaxiralari 25,29 mlrd dollargacha kamaydi 

O‘zbekistonning sof oltin-valyuta zaxiralari bir oy davomida 425 mln dollarga kamayib, 25,29 mlrd dollarni tashkil etdi.

MB soliq qarzini plastik kartalaridan so‘zsiz undirish yuzasidan e’tiroz bildirdi 

Jismoniy shaxslardan soliq qarzdorligini ularning bank kartalaridan so‘zsiz undirish tartibi bo‘yicha qonuniy va shaffof mexanizm mavjud emasligi sababli Markaziy bank loyihaga e’tiroz bildirdi.

«O‘zbekiston iqtisodiyoti uzoq vaqt egri ko‘zgular mamlakatida yashadi» — Alisher Usmonov 

Alisher Usmonov Forbes jurnaliga bergan intervyusida O‘zbekistondagi o‘zgarishlar, prezident Shavkat Mirziyoyev va mamlakatga investitsiya kiritish rejalari haqida so‘zladi.

2019-yilga mo‘ljallangan investitsiya dasturi qabul qilindi 

Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilga mo‘ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori imzolandi.

«O‘zbekenergo»: O‘zbekistonda 1,8 milliard kVt. soat elektr energiyani tejash mumkin 

«O‘zbekenergo» tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida O‘zbekistondagi har bir xonadonda bir yilda o‘rtacha 400 kVt. soatgacha elektr energiyasini tejash imkoniyati borligi aytildi.

Soliqdan qarzdor jismoniy shaxsning plastik kartasi 10 kunga blokirovka qilinishi mumkin 

QHTBT portalida Jismoniy shaxslarning bank plastik kartalaridan soliq qarzini so‘zsiz hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasi muhokama qilinmoqda.

YeTTB poytaxtdagi kafe va restoranlar tarmog‘iga 2 mln dollarlik kredit ajratadi 

YeTTB Toshkentdagi kafe va restoranlar tarmog‘ini boshqaruvchi kompaniyalar guruhiga biznesni kengaytirish uchun 2 mln dollar kredit ajratishni tasdiqladi.

«Odamlar narxlar o‘sishiga o‘rganib qoldi» — MB 

«Tadbirkorlar ham, aholi ham narxlar faqat o‘sadi, deb o‘ylaydi», — dedi MB departamenti rahbari. Aholi kutayotgan inflyatsiya darajasini pasaytirish rejalashtirilmoqda.