Iqtisodiyot

7 dekabr 2018, 14:14

Poytaxt markazida Tashkent Central Park quriladi

Toshkent markazida mehmonxonalar, savdo markazi, bank va boshqa ob’ektlarni o‘z ichiga olgan Tashkent Central Park ko‘p tarmoqli majmuasini qurish rejalashtirilmoqda.

6 dekabr 2018, 23:52

«O‘zbekiston — juda muhim bozor» — Turkish Airlines vitse-prezidenti

Apreldan Toshkent va Istanbul o‘rtasidagi aviaqatnovlar soni oshiriladi. Yanvardan reyslar Istanbulning yangi aeroporti orqali amalga oshiriladi, deya xabar qildi Turkish Airlines se-prezidenti.

6 dekabr 2018, 21:24

Avtomobilda yo‘lovchi va yuk tashish elektron rasmiylashtiriladi

Avtomobil transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

6 dekabr 2018, 20:58

O‘zbekiston — Janubiy Koreya to‘qimachilik texnoparki tashkil etiladi

«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi va Koreya Respublikasining Geonji Daejin texnoparki hamkorligida O‘zbekiston — Janubiy Koreya to‘qimachilik texnoparki tashkil etiladi.

6 dekabr 2018, 18:23

Onlayn-auksionlarda bo‘sh yer uchastkalari 12 milliard 799 million 500 ming so‘mga sotildi

«E-IJRO AUKSION» elektron onlayn-auksion savdolarida 1738 ta bo‘sh yer uchastkalari 12 milliard 799 million 500 ming so‘mga sotildi.

6 dekabr 2018, 13:06

Britaniya va rossiyalik investorlar Toshkent viloyatida agrosanoat klasterini tashkil etadi

Buyuk Britaniya va rossiyalik investorlar Toshkent viloyatida 225 mln dollardan ziyod qiymatdagi agrosanoat klasterini tashkil etadi.

5 dekabr 2018, 22:17

GM Uzbekistan Malibu ishlab chiqarishni to‘xtatadi

GM Uzbekistan modellar qatorini yangilash borasidagi strategiyasiga ko‘ra, hozirgi avlod Malibu avtomobilini ishlab chiqarishni to‘xtatadi.

5 dekabr 2018, 20:07

«O‘ztransgaz» kompaniyasiga yangi rahbar tayinlandi

Bahodir Eshmuratov «O‘ztransgaz» kompaniyasi boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlandi.

5 dekabr 2018, 14:48

Bolalar ombudsmani to‘g‘risidagi qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda

O‘zbekistonda bolalar ombudsmani instituti shakllantirilmoqda. Ekspertlar uning mustaqil bo‘lishi, surishtiruv olib borish, huquqni muhofaza qilish organlaridan zarur ma’lumotlarni olish huquqiga ega bo‘lishi lozimligini tavsiya qilmoqda.

5 dekabr 2018, 13:45

Ucell davlat kompaniyasiga aylandi

Telia Ucell kompaniyasidagi ulushini Davlat raqobat qo‘mitasiga 215 mln dollarga sotdi.

4 dekabr 2018, 21:29

Chili qalampiri jomboylik fermerlarni kasodga uchratdi

Samarqand viloyatining Jomboy tumanida 5500 tonnadan ziyod achchiq qalampir yetishtirildi, ammo talabning pasayishi va qayta tayyorlash tizimi yo‘qligi sababli fermerlar foyda ko‘rmadi.

4 dekabr 2018, 17:01

Rossiyada 5200 dan ortiq Ravon Nexia R3 ta’mir uchun qaytarib olinmoqda

Ravon Rossiyada gidravlik suyuqlik sizib chiqish xavfi borligi uchun 5200 dan ortiq avtomobilni qaytarib olmoqda.

4 dekabr 2018, 10:50

Urganch — Xiva yo‘lovchi poyezdining ilk qatnovi amalga oshirildi

Toshkent — Xiva yo‘nalishi bo‘yicha poytaxtdan yo‘lga chiqqan elektropoyezd Urganch — Xiva temir yo‘l yo‘nalishi bo‘yicha «Xiva» temir yo‘l vokzaliga yo‘l oldi.

4 dekabr 2018, 10:39

Samarqand shahrida 20 ta, Urgut va Samarqand tumanida 5 tadan yangi mehmonxona quriladi

Samarqand viloyati hokimining qarori bilan Samarqand shahrida 20 ta, Urgut va Samarqand tumanida 5 tadan yangi mehmonxona qurilishi ko‘zda tutilmoqda.

4 dekabr 2018, 09:58

O‘zbekiston ukrain dori vositalari uchun «chegaralarni ochdi»

3 noyabrdan Ukrainadan keltirilgan tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish to‘xtatilgan edi. O‘zbekiston ukrain dori vositalari uchun «chegaralarni ochdi».

3 dekabr 2018, 21:10

Ukraina O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillarga nisbatan tekshiruvni to‘xtatdi

O‘zbekistonda avtoishlab chiqaruvchilarga imtiyozlar bekor qilingani sababli Ukraina o‘zbek avtomobillariga nisbatan sudsidiyaga qarshi tekshiruvni to‘xtatdi.

3 dekabr 2018, 20:37

Dollar kursi 8300 so‘mlik chegaradan oshdi

AQSH dollari kursi 8300 so‘mlik chegaradan oshib, tarixiy maksimumni yangiladi. So‘m kursi iyuldan buyon tushib bormoqda.

3 dekabr 2018, 19:30

Tadbirkorlar faoliyatini tekshirish elektron yuritiladi

Endilikda nazorat organlari tomonidan tadbirkorlar faoliyatini tekshirish tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida majburiy ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim.

3 dekabr 2018, 11:12

MUIC Innovatsion markazi direktori o‘zgardi

Farhod Ibragimov Mirzo Ulugbek Innovation Center Innovatsion markazi direktori lavozimini tark etdi. Uning o‘rniga Nodir Dehqonov tayinlandi.

3 dekabr 2018, 11:01

Noyabrda inflyatsiya 2,3 foizni tashkil etdi

O‘zbekistonda inflyatsiya 2,3 foiz, yil boshidan buyon esa 12 foizni tashkil etdi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting