17 noyabr, yakshanba

Iqtisodiyot

Qozog‘iston O‘zbekiston sababli chorva eksportini cheklamoqchi 

Qozog‘iston O‘zbekistonda talab kuchayib ketgani sababli sigirlarni mamlakatdan olib chiqishni chekladi va chorva eksportini to‘liq taqiqlashni ko‘rib chiqmoqda.

1 oktyabrdan boshlab bankomatlardan faqatgina so‘m yechib olish mumkin 

1 oktyabrdan boshlab xalqaro kartalardagi mablag‘larni bankomatlar orqali faqat so‘mda yechib olish mumkin. Markaziy bank buni xalqaro amaliyot bilan bog‘ladi.

O‘zbekistonning tashqi qarzi yil boshidan 20 foizga o‘sdi 

O‘zbekistonning tashqi qarzi yil boshidan 20 foizga yoki 3,4 mlrd dollarga oshdi.

Prezident QQS stavkasini pasaytirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi 

Prezident 1 oktyabrdan QQS stavkasini 20 foizdan 15 foizga tushirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. 2020 yilda yuridik shaxslar foyda solig‘iga 15 foizlik bazaviy stavka o‘rnatish rejalashtirilmoqda.

Fransiyaning Assystem kompaniyasi energetika obyektlarini loyihalashtirishda qatnashadi 

“O‘zenergoinjiniring” va Fransiyaning Assystem kompaniyasi elektr tarmoqlari va energetika obyektlarini loyihalashtirish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etdi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida yangi avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi 

Toshkentdan Qozog‘istonning Xorgos va Petropavlsk shaharlariga muntazam avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi.

1 martdan hojatxonasi bo‘lmagan AYOQSlarning faoliyat ko‘rsatishi taqiqlanadi 

Martdan boshlab kecha-kunduz ishlaydigan hojatxonalari bo‘lmagan AGTKS, AGQS va AYOQSlarning faoliyat ko‘rsatishi taqiqlanadi. Ular egalariga savdo va ovqatlanish shoxobchalarini ochish tavsiya qilindi.

Buxoroda 1,8 mlrd dollarga shamol elektr stansiyasi quriladi 

Xitoyning Liaoning Leader kompaniyasi Buxoro viloyatida 1,8 mlrd dollarlik shamol elektr stansiyasini qurishga kirishdi.

Sobiq Chorsu mehmonxona kompleksi yana sotuvga qo‘yildi 

Sobiq Chorsu mehmonxona kompleksi 1 so‘mga teng qiymatdagi boshlang‘ich narxda sotuvga qo‘yildi.

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi hujjat loyihasi iste’molchilar manfaatlariga zid ekani aytildi 

Antimonopoliya qo‘mitasi «O‘zstandart» agentligiga iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi hujjat loyihasining bir qator bandlarini qayta ko‘rib chiqishni tavsiya qildi. Ular iste’molchilar manfaatlariga zid kelishi va korrupsiyani keltirib chiqarishi mumkin.

«Tatneft» Toshkentda birinchi yoqilg‘i quyish shoxobchasini ochdi 

Toshkentning Qoratosh mavzesida «Tatneft»ning O‘zbekistondagi birinchi flagman yoqilg‘i quyish shoxobchasini ochdi. Stansiyada AI-100 benzini ham sotiladi.

Agrosektorni rivojlantirish uchun yerdan foydalanish sohasi isloh qilinishi kerak — qishloq xo‘jaligi vaziri 

Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjayev Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasi loyihasining eng muhim yo‘nalishlari — ekin yerlarini auksion orqali berish, paxta va bug‘doyga davlat buyurtmasini bekor qilish va boshqalar to‘g‘risida ma’lumot berdi.