15 noyabr, juma

Iqtisodiyot

Paxta moyi narxini liberallashtirish taklif etilmoqda 

Moliya vazirligi paxta moyi, shulxa va chigit shroti narxining davlat tomonidan tartibga solishdan voz kechishni taklif etmoqda.

Uy-joyni 30 kunga ijaraga berish imkoniyati paydo bo‘ldi 

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan turar-joy egalari o‘z uylarini qisqa muddatli ijara shartnomasiga asosan 30 kungacha bo‘lgan muhlatga ijaraga berishi mumkinligi tasdiqlandi.

QQSdan ozod qilingan mahsulotlar ro‘yxati 

Mahalliy go‘sht, baliq, kartoshka, guruch va boshqa mahsulotlar QQSdan ozod qilingan mahsulotlar ro‘yxatiga kiritildi.

Qayerda soliq hisobiga narx-navo oshgan bo‘lsa, biz uning oldini olamiz — moliya vaziri 

Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov vodiy viloyatlarida gaz zapravkalarida narxning oshganiga izoh berdi.

2018-yilda inflyatsiya 14,3 foizni tashkil etdi 

2018-yilda iste’mol sektorida inflyatsiya 14,3 foizni tashkil etdi. Oziq-ovqat mahsulotlari 14,9 foiz, nooziq-ovqat mahsulotlari 12,5 foiz va xizmatlar 15,8 foizga qimmatlashdi.

Elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarini muhofaza qilish qoidalari tasdiqlandi 

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarini muhofaza qilish qoidalari tasdiqlandi.

«Namangan» erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi tashkil etildi 

«Namangan» erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.

UMS nomi o‘zgaradi 

UMS mobil operatori rebrending o‘tkazadi. 2019 yilda kompaniya Mobiuz savdo belgisi nomi ostida faoliyat ko‘rsatadi.

9 oyda O‘zbekistonga 3,8 mlrd dollar yuborildi 

9 oy davomida O‘zbekistonga 3,8 mlrd dollar pul o‘tkazmalari yuborildi, ularning 77 foizdan ortig‘i Rossiyadan.

Yakka tartibdagi tadbirkorlarni soliqqa tortish tartiblari o‘zgaradi 

1-yanvardan yillik tushumi 100 mln so‘mdan oshgan YATTlar 4 foizlik yagona soliq to‘lovi, 1 mlrd so‘mdan oshsa — soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni yuridik shaxslar uchun nazarda tutilgan tartibda to‘laydi.

Avtozavodlar soliq imtiyozlaridan mahrum etildi (QQSdan tashqari) 

GM Uzbekistan, SamAuto va JV MAN Auto-Uzbekistan soliq imtiyozlaridan mahrum etildi. Endilikda ular faqat QQS to‘lovidan ozod qilinadi.

Sergelida 430 sub’yekt umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tadi 

Sergeli tumanida yillik aylanmasi 1 mlrd so‘mdan oshgan 430 tadbirkorlik sub’yekti umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tadi.