Iqtisodiyot

4 aprel 2019, 15:11

O‘zbekiston va Tojikiston qo‘shma korxona ta’sis etmoqda

O‘zbekiston va Tojikiston yengil sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish va agrosanoat majmuasi qo‘shma korxona ochadi.

3 aprel 2019, 19:54

Buxoro NQIZ modernizatsiyasiga 553 mln dollar ajratiladi

Buxoro neftni qayta ishlash zavodi 22 yil ichida ilk bor modernizatsiya qilinadi. Buning uchun 553 mln dollar ajratiladi. Ishlar yakuniga yetganidan so‘ng zavod yiliga 2,5 mln tonna neft va gaz kondensatini qayta ishlay oladi.

3 aprel 2019, 14:44

O‘zbekistonda 30 mingdan ortiq litsenziyali taksichilar bor — XPK

«O‘zbekistonda yo‘lovchi tashishning yangi tartiblari: zamonaviy yondashuvlar va muammolar tahlili» mavzusidagi anjumanida litsenziyali taksilar haqida ma’lumot berildi.

3 aprel 2019, 12:20

Xalqaro obligatsiya sotilishidan tushgan mablag‘lar nimaga sarflanishi ma’lum qilindi

Xalqaro obligatsiyalarini joylashtirishdan tushgan mablag‘lardan samarali foydalanish to‘g‘risidagi prezident qarori imzolandi.

2 aprel 2019, 21:26

Toshkentda jamoat transporti yangilanmoqda

Toshkentda tig‘iz yo‘nalishdagi jamoat transportining 80 foizi yangilandi va oraliq masofa harakat jadvaliga mos bo‘lishiga erishildi.

2 aprel 2019, 21:10

Hukumat mobil aloqasiga ilk foydalanuvchilar ulandi

1 apreldan davlat xizmatchilari uchun majburiy qilib belgilangan hukumat mobil aloqasiga ilk foydalanuvchilar ulandi.

2 aprel 2019, 19:50

Import va eksport bilan bog‘liq ikkita tartib bekor qilindi

Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi natijasida import va eksport bilan bog‘liq ikkita tartib bekor qilindi.

2 aprel 2019, 16:24

Kelajakka qaytish

Odamlar baxtliroq yashashi uchun nima kerak va qanday investitsiya loyihalari eng qadrli hisoblanadi? Iqtisodchi Botir Qobilovning mulohazalari.

1 aprel 2019, 20:13

O‘zbekistonda yana bir sement zavodi qurilmoqda

Buloqboshi tumanida xitoylik hamkorlar tomonidan yangi sement zavodining qurilish ishlari boshlandi.

1 aprel 2019, 20:01

Rossiyaning «VTB Capital» banki investorlar bilan aloqalarni mustahkamlashga yordam beradi

«O‘zbekneftgaz» rahbariyati va «VTB Capital» (Rossiya Federatsiyasi) investitsiya banki vakillari hamkorlik bo‘yicha bir to‘xtamga keldi.

1 aprel 2019, 18:31

Pensiya jamg‘armasi direktorining birinchi o‘rinbosari tayinlandi

Medet Tleuov Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi direktorining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

1 aprel 2019, 17:46

MB ilk bor qurol-yarog‘ importi xarajatlarini oshkor qildi

Markaziy bank ilk bor O‘zbekistonning qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar importi xarajatlarini oshkor qildi.

1 aprel 2019, 12:52

Mart oyida narx-navo 1,2 foizga o‘sdi

Mart oyida inflyatsiya 1,2 foizni tashkil etdi. Oziq-ovqatlar o‘rtacha 1,5 foiz, nooziq-ovqat mahsulotlari — 0,8 foiz va xizmatlar — 1,2 foizga qimmatlashdi.

1 aprel 2019, 12:11

O‘zbekistonning tashqi qarzi 17,3 mlrd dollarga yetdi

O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi bir yil ichida 9,5 foizga o‘sib, 17,3 mlrd dollarni tashkil etdi.

30 mart 2019, 20:50

2019-yilda yetishtiriladigan qishloq xo‘jaligi ekinlarining miqdori belgilandi

Hukumat qarori bilan respublikada 2019-yilda 1 mln 490 ming 660 tonna kartoshka yetishtiriladi.

29 mart 2019, 20:26

Shavkat Mirziyoyev Romitandagi xorijiy korxona faoliyati bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Romitan tumanidagi «BCT Cluster» xorijiy korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

29 mart 2019, 20:00

Bozorda go‘sht va sut narxi barqarorligini ta’minlash choralari belgilandi

Prezident qarori bilan Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning tashkiliy tuzilmalari tasdiqlandi.

29 mart 2019, 19:46

Shavkat Mirziyoyev Buxoro tumanida barpo etilayotgan issiqxonani ko‘zdan kechirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev «Buxoro Varnet» xorijiy korxonasi tomonidan Buxoro tumanida barpo etilayotgan innovatsion issiqxona hududida bo‘ldi.

29 mart 2019, 19:36

«Andijon — Savay — Xonobod» temiryo‘l uchastkasi modernizatsiya qilinadi

«Andijon — Savay — Xonobod» temiryo‘l uchastkasini modernizatsiya qilish va shaharlararo yo‘lovchi poyezdlar harakatini tashkil etish bo‘yicha loyiha amalga oshirilmoqda.

29 mart 2019, 18:27

Prezident Vobkent tumanidagi korxonani ko‘zdan kechirdi

Shavkat Mirziyoyev Vobkent tumanidagi «Ekvatorial Chodak group» korxonasi faoliyati bilan tanishdi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting