24 yanvar, juma

Iqtisodiyot

Davlat ishtirokidagi korxonalarning aksariyati samarasiz ishlamoqda — prezident 

«Davlat ishtirokini hech zarurat bo‘lmagan sohalarda ham saqlab turibmiz», — dedi prezident davlat ishtirokidagi korxonalar samaradorligini oshirishga bag‘ishlangan yig‘ilishda.

O‘zbekistonda uchta pulli avtoyo‘l va ikkita pulli tunel quriladi 

O‘zbekiston prezidenti qarori bilan uchta pulli avtoyo‘l va ikkita pulli tunel qurish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» tasdiqlandi.

Avtomobil egalariga yangi yig‘im joriy etiladi +1

Mahalliy kengashlarga avtotransportga egalik qilish uchun yillik yig‘im hamda yoqilg‘i uchun (yoqilg‘i birligi uchun 25 so‘mgacha) maxsus yig‘im joriy etishga ruxsat berildi. Ushbu yig‘imlar mintaqaviy yo‘llarni rivojlantirishga yo‘naltiriladi.

Banklar ayrim filiallarini yopmoqda, MB buning sababini ma’lum qildi 

Banklar ayrim filiallari, mini bank va operatsion kassalarini yopmoqda. Yirik filiallar zarar bilan ishlayotgani sababli ular o‘rniga bank xizmatlari ofislari tashkil etilmoqda.

Jahongir Ortiqxo‘jayev tadbirkorlarga murojaat bilan chiqdi 

Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev tadbirkorlarga murojaatida yer ajratish va qurilish sohasidagi muammolarni sanab o‘tdi. U adolatli sharoitlarni yaratish va poytaxt bosh rejasini ishlab chiqishni tezlashtirishga va’da berdi.

O‘zbekiston va Eron aviaqatnovlarni qayta tikladi 

Eronning Zagros Airlines aviakompaniyasi 9 dekabr kuni Tehron-Toshkent-Tehron yo‘nalishida birinchi parvozni amalga oshirdi. Qatnovlar hozircha haftada bir marta amalga oshiriladi.

Soliq kodeksiga qanday o‘zgartishlar kiritilmoqda? 

Oliy Majlis deputatlari yangi tahrirdagi Soliq kodeksini qabul qildi.

Cinema City Sollywood: Samarqandda Hollywood nusxasi quriladi (video, foto) 

Samarqand viloyatida Hollywood nusxasidagi kino olish shaharchasi — Cinema City Sollywood quriladi. 45 mln dollarlik loyiha dam olish va istirohat bog‘lari, akvapark va boshqalarni o‘z ichiga oladi.

O‘zbekistonda bukmekerlik faoliyatiga ruxsat berildi 

O‘zbekiston prezidenti 2021 yildan bukmekerlik idoralarini ochishga ruxsat beruvchi farmonni imzoladi.

Toshkent viloyatidagi gaz quyish stansiyalarida 30,4 mlrd so‘mlik gaz talon-taroj qilindi 

Toshkent viloyatidagi avtomobillarga gaz quyish stansiyalarida gaz hisoblash uskunalariga ta’sir ko‘rsatish orqali 30,4 mlrd so‘mlik gaz talon-taroj qilingani aniqlandi.

Humo terminallari Mastercard orqali to‘lovlarni qabul qilishni boshladi 

Dekabrdan Mastercard kartalari egalari Humo terminallari orqali to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin.

«Milliy bank» aksionerlik jamiyati shaklida qayta tashkil etildi 

«Milliy bank» unitar korxonadan aksionerlik jamiyati shaklida qayta tashkil etildi. Asosiy faoliyat turi bilan bog‘liq bo‘lmagan aktivlari sotiladi.