Iqtisodiyot

20 may 2019, 11:54

Ozarbayjonning Socar kompaniyasi Qashqadaryoda neft qazib olish hajmini oshiradi

Ozarbayjonning Socar kompaniyasi texnologiyasi yordamida Qashqadaryo viloyatidagi konlarda qazib olish hajmi oshiriladi.

19 may 2019, 19:28

«Hukumat eshitishni o‘rgandi, ammo „ha“ deyishni — hozircha yo‘q» — Adham Ikromov

«Ijro hokimiyati eshitishni o‘rgandi, ammo „ha“ deyishni — hozircha yo‘q». Bosh vazir qabulxonasi tadbirkorlarning muammolarini amalda hal qiluvchi «forpost"ga aylanadi, deb hisoblaydi SSP rahbari Adham Ikromov.

18 may 2019, 14:48

O‘zbekistonda sanoat gazlari ishlab chiqariladi

«O‘zbekneftgaz» va Air Products and Chemicals (AQSH) ksenon, kripton, geliy, argon va boshqa sanoat gazlarini ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etadi.

18 may 2019, 14:29

Kattaqo‘rg‘on tumanida 340 mln dollarlik sement zavodi quriladi

Hukumat qarori bilan Kattaqo‘rg‘on tumanida 2019−2021-yillarda yiliga 2,4 mln tonna sement ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan “Hengyuan cement” sement zavodi tashkil etiladi.

18 may 2019, 14:11

Soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etish xavfi aniqlanadi

Hukumat qarori bilan import qilingan tovarlar harakatini nazorat qilish hamda soliqlar va bojxona to‘lovlari bo‘yicha huquqbuzarliklarning oldini olish tartibi belgilandi.

18 may 2019, 14:08

GM Uzbekistan uchta yangi modelni ishlab chiqarishni o‘zlashtiradi

GM Uzbekistan zavodida Chevrolet Trailblazer, Equinox va Traverse modellarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish rejalashtirilmoqda.

18 may 2019, 12:55

Bank kreditlari bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan qarzdorlikni qoplash to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

Bank kreditlari bo‘yicha hokimliklar tomonidan kafolatlar berilishi va muddati o‘tkazib yuborilgan qarzdorlikni qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

17 may 2019, 19:02

Toshkentda aprel oyida savdo obyektlarida kunlik tushum 1,4 mlrd so‘mga oshdi

Toshkentda 481 ta obyektda o‘tkazilgan xronometraj ko‘zda kechirish tadbirlari natijasida tushumlar miqdori oldingi kunlarga nisbatan 1,9 mlrd so‘mga oshdi.

17 may 2019, 18:51

Yomg‘irlab sug‘orish uskunalari tajriba tariqasida o‘rnatilishi muhokama qilindi

AQSHning Valmont Industries, Inc kompaniyasi Toshkent viloyati dalalarida yomg‘irlab sug‘orish uskunalarini tajriba tariqasida o‘rnatadi.

17 may 2019, 18:37

«MB siyosatdan mustaqil bo‘lishi kerak» — XVJ rahbari

XVJ rahbari Kristin Lagard O‘zbekiston Markaziy banki mustaqil bo‘lishi zarurligini ma’lum qildi.

17 may 2019, 17:50

Toshkentda aprel oyida kvartiralar narxi qimmatlashdi

Toshkent ikkilamchi kvartira bozoridagi o‘rtacha narxlar aprel oyida o‘sdi, narxlar bunga qadar noyabrdan buyon o‘zgarmay kelayotgan edi.

17 may 2019, 13:47

Andijonda 1,7 milliard dollar investitsiya o‘zlashtirilishi rejalashtirilgan

Andijon viloyatida 908 ta loyihani amalga oshirish, 1,7 milliard dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy sarmoyani o‘zlashtirish rejalashtirilgan.

16 may 2019, 21:47

Temir yo‘l vokzallaridagi bepul xizmatlar turlari aniqlashtirildi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi «O‘zbekiston temir yo‘llari» bilan birgalikda yo‘lovchilarga ko‘rsatiladigan qo‘shimcha xizmatlar ro‘yxatini tasdiqladi.

16 may 2019, 17:52

Fransiyaning Vinci kompaniyasi Toshkentda ko‘prik va mehmonxonalar qurilishida ishtirok etmoqchi

Fransiyaning Vinci qurilish kompaniyasi Toshkentda ko‘priklar va mehmonxonalar qurilishida ishtirok etish maqsadida ekanini ma’lum qildi.

16 may 2019, 17:31

S&P Toshkent viloyatiga «VV-» reytingini berdi

Standard & Poor’s agentligi Toshkent viloyatiga barqaror prognozli «VV-» kredit reytingini berdi.

16 may 2019, 12:50

AES qurilishida Rossiya normativlaridan foydalaniladi

Atom elektr stansiyasi qurilishida Rossiya normativlaridan foydalaniladi, MAGATE ekspertlari O‘zbekiston hukumatining mazkur qarorini qo‘llab-quvvatladi.

16 may 2019, 10:27

O‘zbekistonda kasbiy malakani rivojlantirish milliy tizimi joriy etiladi

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan kasbiy malaka, bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish milliy tizimi joriy etiladi.

15 may 2019, 18:18

Butun Navoiy viloyati erkin iqtisodiy zona deb e’lon qilindi

Navoiy viloyati hududi 2030 yil 1 yanvarga qadar erkin iqtisodiy zona sifatida belgilandi.

15 may 2019, 14:42

Investitsiya dasturini shakllantirish va amalga oshirishning sifat jihatidan yangi tizimiga o‘tiladi

Investitsiya dasturini shakllantirish va amalga oshirishning sifat jihatidan yangi tizimiga o‘tish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident farmoni qabul qilindi.

15 may 2019, 12:42

AQSH Eksimbanki vakili O‘zbekistonga tashrif buyuradi

AQSH Eksport-import banki vakili amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi va Navoiydagi birinchi O‘zbekiston-Amerika-Kanada biznes forumida ishtirok etadi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting