Iqtisodiyot

20 aprel 2022, 10:32

Kichik tadbirkorlar uchun yillik 14 foiz stavkada 5 mlrd so‘mgacha kredit ajratiladi

Kichik tadbirkorlik subyektlarini moliyalashtirish uchun banklarga 300 mln dollar ekvivalentida kredit liniyasi ajratiladi. Mablag‘larining kamida 70 foizi shaharlardan tashqari hududlarda faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlarga ajratiladi. Kreditlar yillik 14 foiz stavkada, 5 mlrd so‘mgacha miqdorda ajratiladi.

19 aprel 2022, 18:29

«O‘zbekneftgaz» raisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi

«O‘zbekneftgaz» boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev o‘zining o‘rinbosarlari faoliyatini tanqid qildi. Uning iqtisodiyot va moliya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Ulug‘bek Ashurov o‘z arizasiga ko‘ra egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

19 aprel 2022, 17:54

Mart oyida Toshkentdagi uy-joylarning ijara narxlari 15 foizga oshdi

Rossiya OAVlari ma’lumotlariga ko‘ra, oxirgi bir yarim oyda O‘zbekistonga 5 mingdan ortiq rossiyaliklar tashrif buyurgan. Natijada fevral oyining oxiridan mart oyining o‘rtalariga qadar Toshkentda kvartira ijarasining o‘rtacha narxi 15 foizga oshgan. Respublikada so‘nggi uch oyda ijara haqi 0,9 foizga, ya’ni 2021 yilning mos davriga nisbatan ikki baravarga qimmatlashgan.

19 aprel 2022, 17:27

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket to‘rtinchi kun pasaydi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 18,65 so‘mga arzonlab, 11 259,37 so‘mni tashkil etdi. Yevro va rubl kurslari ham pasaydi.

19 aprel 2022, 15:51

Toshkent markazidagi AKT vazirligi binosi auksionga qo‘yildi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi poytaxt markazida 0,26 gektar maydonda joylashgan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga tegishli binoni sotuvga qo‘ydi. Lotning boshlang‘ich narxi — 66,52 mlrd so‘m etib belgilandi.

18 aprel 2022, 21:54

O‘zbekistondagi avtomaktablarda o‘qish narxi nega oshdi?

O‘zbekistonda avtomaktab xizmatlari narxi keskin oshdi. Samarqand viloyatida haydovchilar tayyorlash maktablari 2,5 mln so‘mlik, Jizzaxda 1,6 mln so‘mlik yagona narx belgilashga kelishib olgan. Ularning narxlarning past bo‘lganligi o‘qitish sifatiga ta’sir qilganligini ta’kidlamoqda. Endilikda avtomaktablar egalarining o‘zlari yagona narxlarga rioya etilishini tekshiradi.

18 aprel 2022, 16:21

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket uchinchi kun arzonladi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 21,40 so‘mga pasayib, 11 278,02 so‘mni tashkil qildi. Shuningdek, yevro kursi ham pasaydi, rubl kursi esa ko‘tarildi.

18 aprel 2022, 13:58

Uch oyda O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari 3% ga o‘sgan

Yanvar-mart oylarida O‘zbekistonga 1,47 mlrd dollarlik pul mablag‘lari jo‘natilib, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3 foizga ko‘proqdir. Shuningdek, aholi o‘rtasida xorijiy valyutaga talab 69% ga oshgan.

18 aprel 2022, 13:47

Sobiq Agregat zavodi hududi autsionda 208,7 mlrd so‘mga sotildi

Toshkentning Olmazor tumanidagi 9,6 gektar maydonda joylashgan Agregat zavodi yer uchastkasini Build Power kompaniyasi sotib oldi. Bu yerda ko‘p qavatli arzon uylar qurish rejalashtirilgan. Bitim qiymati — 208,7 mlrd so‘m.

18 aprel 2022, 11:33

O‘zbekiston zaxiralari 205 mln dollarga kamaydi

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari aprel oyi boshida 35,15 mlrd dollargacha qisqardi. Bu pasayish asosan valyuta zaxiralarining kamayishi bilan bog‘liq. Oltin zaxiralarining jismoniy hajmi o‘zgarmagan, ammo qiymati ozroq oshgan.

16 aprel 2022, 16:23

Yirik motorli va gibrid avtomobillarning bojxona rasmiylashtiruvi arzonlashadi

Prezident qarori bilan O‘zbekistonga dvigatel sig‘imi 3 litrdan ortiq bo‘lgan hamda gibrid avtomobillarni olib kirish arzonlashadi.

16 aprel 2022, 10:33

Yil yakunigacha davlat organlariga ortiqcha xarajat qilish taqiqlandi

Prezident davlat organlariga joriy yil yakunigacha ortiqcha xarajat qilishni taqiqladi. 2022 yilda QQS bo‘yicha daromadlarni oshirib bajarilgan qismidan hududiy budjetlarga yo‘naltiriladigan mablag‘larning 40 foizi, hududlarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga kelib tushgan mablag‘larning 15 foizi respublika budjetiga qaytariladi. Qolaversa, davlat tashkilotlariga avtomobil xarid qilish, bino va inshootlarni ta’mirlash ham taqiqlanmoqda.

15 aprel 2022, 18:16

Banklar mijozlarini sanksiyalar ostidagi Rossiya banklari to‘g‘risida ogohlantira boshladi

O‘zbekistonda banklar o‘z mijozlariga pul mablag‘larining istalmagan tarzda bloklanmasligi uchun xorijiy hamkorlari bilan xalqaro hisob-kitoblarni sanksiyalar ostida qolgan Rossiya banklaridan boshqa banklarga o‘tkazishni tavsiya qilmoqda.

15 aprel 2022, 16:30

1 iyundan tadbirkorlar uchun soliq ma’murchiligi va tekshirishlar soddalashtiriladi

Prezident 1 iyundan tadbirkorlar uchun soliq ma’murchiligi va tekshirishlar tizimi soddalashtirilishini e’lon qildi. Unga ko‘ra, aylanmasi 1 mlrd so‘mdan oshgan tadbirkorlarga QQS to‘lovchisi guvohnomasi avtomatik tarzda beriladi. Qolaversa, 22 ta turdagi tekshiruv faqat Biznes-ombudsman ruxsati bilan amalga oshiriladi.

15 aprel 2022, 16:28

Dollarning rasmiy kursi 11 300 so‘mdan pastladi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 20,58 so‘mga arzonlab, Markaziy bank tomonidan 11 299,42 so‘m etib belgilandi. Yevro kursi ham pasaydi, rubl esa o‘sdi.

15 aprel 2022, 16:04

Qirg‘iziston va O‘zbekiston chegaradosh hududida savdo-logistika markazi quriladi

Bishkekda O‘zbekiston-Qirg‘iziston taraqqiyot jamg‘armasining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Jamg‘armaning ustav kapitali 50 mln dollarni tashkil etadi. Kelgusida bu summani 200 mln dollarga yetkazish rejalashtirilgan. Qirg‘iziston va O‘zbekiston chegaradosh hududida logistika markazini qurish loyihasi faol bosqichda ekani ham ma’lum qilindi.

14 aprel 2022, 18:34

O‘zbekistonga yil boshidan beri 3 mingga yaqin xorijiy IT-mutaxassis kelgan

Prezident yil boshidan beri mamlakatga 3 mingga yaqin xorijiy IT-mutaxassis kelgani va ularning asosiy qismi shu yerda uzoq muddat qolib ishlashni rejalashtirayotganini ma’lum qildi. Xorijlik mutaxassislarni jalb qilgan holda amaliy loyihalar orqali 1000 nafar yoshlarning IT-parklarda malakasini oshirishga ko‘rsatma berildi.

14 aprel 2022, 18:22

Prezident O‘zbekistonni mintaqaviy IT-markaziga aylantirishga ko‘rsatma berdi

Prezident O‘zbekistonni mintaqaviy IT-markaziga aylantirish yuzasidan mutasaddilarga topshiriq berdi. Buning uchun IT eksportini yil yakunigacha 100 mln dollarga yetkazish, yana 6 ta hududda IT-parklarni to‘liq ishga tushirish va kamida 20 tadan kompaniya faoliyatini yo‘lga qo‘yish zarurligi aytildi. «Ushbu soha rivojlanmasa, boshqa biror bir tarmoq oldinga yurmaydi», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

14 aprel 2022, 14:04

Adliya vazirligi umumiy ovqatlanish sohasidagi asosiy muammolarni sanadi

Adliya vazirligi 2100 ta umumiy ovqatlanish korxonalarini o‘rgangan holda ushbu sohada juda ko‘p tekshiruvlar va murakkab soliq ma’muriyatchiligi mavjudligini aniqladi. Umumiy ovqatlanish korxonalarining 60 foizi soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaydi, 30−40 foizi esa «soyada» ishlaydi, deya hisoblaydi vazirlik.

14 aprel 2022, 11:27

«O‘ztransgaz» qo‘shimcha 257 mln dollar qarz oladi

«O‘ztransgaz» kompaniyasi 257 mln dollar, shu jumladan «Gazprombank» dan 57,5 mln dollar miqdorida qo‘shimcha qarz mablag‘larini jalb qiladi. Kompaniyaga tabiiy gaz bo‘yicha debitorlik va kreditorlik qarzlarini qisqartirish, davlat korxonasining moliyaviy hisobotini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish yuzasidan topshiriqlar berildi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting