18 yanvar, shanba

Iqtisodiyot

Zominda 136 million yevrolik sement zavodi quriladi 

Zomin tumanida 136 million 700 ming yevrolik sement zavodi, 12 million dollarlik temir-beton mahsulotlari tayyorlanadigan zavod qurilmoqda.

Iqtisodiy sudlar da’vogarlar foydasiga 2,3 trln so‘m undirish haqida qaror qabul qildi 

Iqtisodiy sudlar birinchi chorakda tadbirkorlarni huquqiy himoya qilishga oid 7405 ta ishni ko‘rib chiqib, ular foydasiga 247,6 mlrd so‘m undirib berdi.

DSQda Xalqaro valyuta fondidan maslahatchi tayinlandi 

O‘zbekiston DSQda Xalqaro valyuta jamg‘armasidan doimiy maslahatchi tayinlandi. Soliq xizmatida korrupsiyaga barham berish uning asosiy vazifalaridan.

«O‘zbekiston neft va gazi 2019» xalqaro ko‘rgazmasi o‘tkaziladi 

15−17 may kunlari «O‘zbekiston neft va gazi 2019» 23-xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Toshkentdan Tbilisiga muntazam parvozlar yo‘lga qo‘yiladi 

2019 yil 16 iyuldan boshlab Toshkent — Tbilisi — Toshkent yo‘nalishida muntazam yo‘lovchi qatnovlari amalga oshirila boshlaydi.

Baholovchiga sertifikat berish tartibi to‘g‘risidagi nizom ro‘yxatdan o‘tkazildi 

Baholovchining malaka sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Yadro fizikasi institutida radioizotop mahsulotlar ishlab chiqariladi 

O‘zbekiston va Rossiya Yadro fizikasi institutida siklotron radiokimyoviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga kelishdi.

2019-yilning I choragida jismoniy shaxslarga 26,7 trillion so‘m kredit ajratildi 

2019-yil I chorak yakuni bo‘yicha jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlar 26,7 trln. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 82 foizga o‘sdi.

Zarbdor tumanining bosh loyihasi ishlab chiqildi 

Zarbdor tuman markazining zamonaviy shaharsozlik va arxitektura talablariga javob beradigan bosh loyihasi ishlab chiqildi.

Xitoylik investorlar Xorazmda paxtadan tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxona ochmoqchi 

Xitoylik investorlar Xorazmda paxtani qayta ishlab undan tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxona ochish rejasini ma’lum qildi.

Issiqxona xo‘jaliklari ko‘mirga o‘tishdan norozi 

«O‘zbekneftgaz» 2020 yildan ayrim kompaniyalarga gaz uzatishni to‘xtatish uchun ularga muqobil yoqilg‘iga o‘tishni taklif qilmoqda. Issiqxona xo‘jaliklari egalari bunday taklifning salbiy oqibatlari haqida ma’lum qildi.

To‘rtinchi Dreamliner «O‘zbekiston havo yo‘llari» flotiga qo‘shildi 

«O‘zbekiston havo yo‘llari» to‘rtinchi Boeing 787−8 Dreamliner samolyotiga ega bo‘ldi. U Everettedagi Boeing zavodidan Toshkentga yetib keldi.