27 yanvar, dushanba

Iqtisodiyot

O‘zbekiston yana ikkita tezyurar poyezd sotib oladi 

O‘zbekiston 72,93 mln yevro evaziga Ispaniyaning Talgo kompaniyasidan ikkita tezyurar poyezd xarid qiladi.

Ipoteka kreditlari bo‘yicha imtiyozli davr qisqartiriladi 

Ipoteka krediti bozorini rivojlantirish va kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida prezident farmoni qabul qilindi.

Davlat statistika qo‘mitasi YAIM ma’lumotlaridagi tafovutlar bo‘yicha izoh berdi 

Davlat statistika qo‘mitasi 2017-yilgi YAIM ko‘rsatkichi bo‘yicha tafovutlar tarmoqlar statistikasi ma’lumotlarini qayta hisoblab chiqish natijalari bilan bog‘liq ekanini ma’lum qildi.

Markaziy bank Sirdaryo viloyati bosh boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi 

Valijon To‘rayev Markaziy bank Sirdaryo viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

“TAPOiCh” chorrahasidagi 3 pog‘onali yo‘l o‘tkazgich qurilishi davom etmoqda 

Toshkentdagi Ohangaron va Maxtumquli ko‘chalari kesishmasida O‘zbekistonda qo‘llanilmagan 3 pog‘onali yo‘l o‘tkazgich qurilishi davom etmoqda. Inshootni 2019-yilning ikkinchi yarmida foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

24 nafar tadbirkorga 2,1 trln. so‘mlik investitsiya loyihalari bo‘yicha qarorlar topshirildi 

Toshkent shahar hokimligida 24 nafar tadbirkorga 2,1 trln. so‘mlik investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha qarorlar topshirildi.

Hayvonotga mansub mahsulot va xomashyolarni ishlab chiqarish, saqlash va sotish bo‘yicha norma va qoidalar tasdiqlandi 

Hukumat qarori bilan Hayvonotga mansub mahsulot va xomashyolarni ishlab chiqarish, saqlash va sotish bo‘yicha veterinariya-sanitariya norma va qoidalari tasdiqlandi.

Xalq bankining «pensionerlar» kartasidan komissiyasiz naqd pul yechish mumkin bo‘ladi 

Xalq bankining pensionerlar uchun kartalaridan naqd pul yechib olishda komissiya undirilmaydi.

Galaxy tish pastalari qadog‘i Colgate dizayniga o‘xshagani uchun ishlab chiqaruvchiga qarshi ish ochildi 

Galaxy tish pastasi tashqi tomondan Colgate mahsulotlariga almashtirib qo‘yish darajasida o‘xshagani uchun mahalliy ishlab chiqaruvchiga qarshi ish ochildi.

Indoneziyalik investorlar Farg‘ona NQIZ modernizatsiyasi borasidagi rejalarini e’lon qildi 

Indoneziya kompaniyasi rahbarlari Azam va Omon Aslanov Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodining asosiy muammolarini va korxonani yanada rivojlantirish borasidagi rejalarni oshkor qildi.

Pensiyalarni hisoblash uchun yagona elektron axborot bazasi yaratiladi 

Fuqarolarning pensiyalarini hisoblash uchun zarur bo‘lgan hisoblangan ish haqini yakka tartibda hisobga olish bo‘yicha ma’lumotlarning yagona elektron axborot bazasini yaratiladi.

Prezident aholini ish bilan ta’minlash, daromadlarini oshirish bo‘yicha topshiriqlar berdi 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyati faollari ishtirokidagi yig‘ilishda oilalarga 486 milliard so‘m miqdoridagi imtiyozli kreditlarni to‘liq ajratish zarurligini ta’kidladi.