Iqtisodiyot

4 yanvar 2021, 23:41

2021−2023 yillarda O‘zbekistonda yangi avtomobil modellari ishlab chiqarilishi kutilmoqda

O‘zbekistonda 2021−2023 yillarda 7 ta kompaniya tomonidan yengil avtomobillar, pikaplar, yuk mashinalari, mikroavtobuslar va boshqa avtomobillar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.

4 yanvar 2021, 13:12

Dollar kursi 27 oktyabrdan buyon ilk bor pasaydi

Dollarning rasmiy kursi 27 so‘mga arzonladi va jami 10 449 so‘m etib belgilandi. Shu bilan bir qatorda, yevro va rubl kurslari ham biroz pasaydi.

4 yanvar 2021, 12:25

2021 yil uchun yer solig‘i stavkalari e’lon qilindi

2021 yilda yuridik va jismoniy shaxslar uchun qishloq xo‘jaligi hisoblanmagan yerlarning mutlaq qiymatdagi bazaviy soliq stavkalari stavkalari belgilandi.

3 yanvar 2021, 17:29

IMEI-kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazish majburiyati import qiluvchilarga yuklatildi

Mobil qurilmalar import qiluvchilariga IMEI-kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazish majburiyati yuklatildi. SIM-karta uchun birinchi slot 2019 yil 1 noyabrga qadar ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lsa, ikkinchi slot bepul ro‘yxatga olinadi.

31 dekabr 2020, 19:33

19 ta tovarlarga bojxona boji bo‘yicha imtiyozlar uzaytirildi

Go‘sht, baliq, sut, tuxum, yog‘ va boshqa tovarlarni mamlakatga import qilishda bojxona bojining nol stavkalari 2021 yil oxirigacha uzaytirildi.

31 dekabr 2020, 00:45

Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi tugatiladi

Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi 1 yanvardan tugatiladi. Jamg‘armadagi o‘zlashtirilmagan va qoldiq mablag‘lar davlat byudjetiga o‘tkaziladi.

31 dekabr 2020, 00:31

1 fevraldan oyliklar, ijtimoiy nafaqalar va stipendiyalar oshadi

1 fevraldan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining oyligi hamda stipendiyalar 10%ga oshiriladi. Ushbu sanadan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori va bazaviy hisoblash miqdori ham oshirilmoqda.

30 dekabr 2020, 23:43

Rossiya Farg‘ona viloyatidan quruq mevalar importiga taqiqni bekor qildi

Rosselxoznadzor 1 yanvardan Rossiyaga Farg‘ona viloyatidan quruq mevalarni olib kirishga qo‘yilgan taqiqni bekor qildi. Cheklov 7 dekabrda o‘rnatilgan edi.

30 dekabr 2020, 10:45

Buxoro, Namangan va Xorazmda quyosh fotoelektr stansiyalari quriladi

Buxoro, Namangan va Xorazm viloyatlarida davlat-xususiy sherikligi asosida umumiy quvvati 500 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalari quriladi. Loyiha boshlanishi 2021 yil fevral oyiga rejalashtirilgan.

30 dekabr 2020, 09:04

O‘zbekiston elektromobillar ishlab chiqarishga o‘tishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston hukumati «O‘zavtosanoat» kompaniyasini faqatgina elektromobillar ishlab chiqarishga o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari, mamlakat ichida elektromobillarni sotib olishda va ularni vaqtinchalik olib kirishdagi yig‘imlar bekor qilinadi.

29 dekabr 2020, 17:00

Demokratiyalashuv — iqtisodiy o‘sish sababi

Demokratiyalashuv va erkinlik — bu shunchaki so‘zlar, qadriyatlar va tamoyillar emas. Demokratiyalashuv — iqtisodiy o‘sishning sababi. Tadqiqotchilarning buni qanday isbotlashganligini iqtisodchi Behzod Xoshimovning maqolasida o‘qing.

29 dekabr 2020, 16:18 1

«OAVdagi bo‘htonlar mamlakat iqtisodiyotiga ham salbiy ta’siri ko‘rsatmoqda» — UzAuto Motors

UzAuto Motors kompaniya haqida OAV va ijtimoiy tarmoqlarda «maxsus buyurtma» asosida turli bo‘hton va asossiz xabarlarning tarqatilganligini tak’idladi. Kompaniya bu nafaqat brend nufuziga, balki mamlakat iqtisodiyotiga ham salbiy ta’sirini ko‘rsatayotganligini ta’kidladi.

29 dekabr 2020, 13:46

«Yaqin ikki yil ichida davlat ishtirokidagi korxonalar soni kamida 3 baravar kamayadi» — prezident

Davlat ishtirokidagi aksariyat korxonalar moliyaviy beqarorligi sababli u uchun og‘ir yuk bo‘lib qolmoqda, dedi Shavkat Mirziyoyev. Keyingi ikki yilda davlat ishtirokidagi korxonalar soni kamida 3 baravar kamaytirilishi rejalashtirilgan.

28 dekabr 2020, 15:00

Control Union Central Asia qishloq xo‘jaligi korxonalarining sertifikatsiyasini o‘tkazadi

Control Union Central Asia kompaniyasi qishloq xo‘jaligi sohasida xalqaro GLOBAL G.A.P. va Organic sertifikatlarni olishni taklif qiladi.

28 dekabr 2020, 12:33

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi 3 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 476 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa biroz pasaydi.

26 dekabr 2020, 17:47

Prezident 2021 yil uchun Davlat byudjetini tasdiqladi

Shavkat Mirziyoyev 2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risidagi Qonunni imzoladi. Qonun bilan 2021 yil uchun respublika byudjetidan birinchi darajali byudjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratiladigan mablag‘larning cheklangan miqdorlari tasdiqlandi.

24 dekabr 2020, 14:20

Tojikistonning shimoliga O‘zbekiston tabiiy gazi yetkazib berilishi tiklandi

Tojikistonning Xo‘jand shahriga O‘zbekiston tabiiy gazi yetkazib berilishi tiklandi. Ushbu gaz dastlab shahardagi sanoat korxonalariga, keyinchalik esa aholiga yetkazib berilishi rejalashtirilgan.

23 dekabr 2020, 22:46 1

“Biz baribir tabaqalashtirilgan QQSga kelamiz” — Adham Ikromov

Savdo-sanoat palatasi raisi Adxam Ikromovning ta’kidlashicha, O‘zbekiston toifalar va tarmoqlar bo‘yicha tabaqalashtirilgan QQSga o‘tadi. Uning gaplariga ko‘ra, imtiyozlar va preferensiyalarga ega bo‘lgan kuchli o‘rta biznessiz mamlakat “hech qachon boshqa davlatlar bilan yetarlicha raqobatlasha olmaydi”.

23 dekabr 2020, 13:53

«Rossiya temir yo‘llari» O‘zbekistondan meva va sabzavotlar olib kirishni arzonlashtirmoqda

«Rossiya temir yo‘llari» kompaniyasi O‘zbekiston va Tojikistondan keltiriladigan meva va sabzovot mahsulotlarini tashishda 50% lik chegirma joriy qildi. 2021 yil davomida to‘liq amalda bo‘ladi.

23 dekabr 2020, 11:24

Ilk quyosh elektrostansiyasini moliyalashtirish bo‘yicha shartnomalar imzolandi

O‘zbekiston, Jahon banki, Masdar kompaniyasi (BAA) va Osiyo taraqqiyot banki 100 MVt kuchga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi ilk quyosh elektrostansiyasini moliyalashtirish bo‘yicha kredit va sug‘urta shartnomalarini imzolashdi. Navoidan 35 uzoqlikda joylashadigan stansiya 2021 yildan boshlab «Milliy elektr tarmoqlari» ga elektr energiyasini yetkazib beradi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting