Iqtisodiyot

13 aprel 2021, 16:18

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi 17 so‘mga qimmatladi va jami 10 492 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz qimmatladi.

13 aprel 2021, 13:39

2021 yilda Toshkentda 4,1 mlrd dollarlik investitsiyalarni o‘zlashtirish rejalashtirilmoqda

2021−2023 yillarda Toshkentda 10,7 mlrd dollarlik 1390 ta investitsiya loyihalarini amalga oshirish, 98 mingga yaqin ish o‘rinlarini ochish rejalashtirilmoqda. Jumladan, joriy yilda 4,1 mlrd dollarlik investitsiyalarni o‘zlashtirish hamda 27016 ta ish o‘rnini ochish mo‘ljallangan.

13 aprel 2021, 10:58

Mamlakatda haqiqiy iqtisodiy islohotlar boshlandi — Alisher Usmonov Shavkat Mirziyoyev siyosati haqida

Alisher Usmonov fikriga ko‘ra, O‘zbekistonda sovet ittifoqidan so‘ng bo‘lgan turg‘unlikdan keyin endi haqiqiy iqtisodiy islohotlar boshlandi. «Ushbu islohotlarning tashabbuskori, birinchi navbatda, o‘z aholisining farovonligini oshirish, shuningdek, Markaziy Osiyo mamlakatlari qo‘shnichilikni mustahkamlash bo‘yicha boshqaruvni olgan davlat rahbari hisoblanadi», — dedi u Shavkat Mirziyoyev haqida.

13 aprel 2021, 10:57

Toshkent-Andijon yo‘lining narxini tadqiqotlar va tender aniqlaydi — Jahon banki

Toshkent-Andijon pullik avtobomil yo‘lining narxi texnik-iqtisodiy tadqiqotlar va uni qurish bo‘yicha xalqaro tender asosida belgilanadi, deya ta’kidladi Jahon banki vakili «Gazeta.uz» ga bergan intervyusida. Aytilishicha, ushbu yo‘l foydalanishga topshirilganidan so‘ng Toshkentdan Andijonga sayohat vaqti taxminan 2 soatga qisqaradi.

13 aprel 2021, 10:50

Madaniyat vazirligi musiqa asboblarini bozor narxidan deyarli 800 mln so‘m qimmatroqqa sotib olgan

Madaniyat vazirligi mansabdorlari tadbirkorlik sub’ektini asossiz ravishda tanlovda g‘olib sifatida ko‘rsatganligi natijasida, musiqa asboblarini haqiqiy bozor bahosidan 792,2 mln so‘mga qimmat narxda sotib olgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

12 aprel 2021, 16:22

Dollarning rasmiy kursi pasaydi

Dollarning rasmiy kursi 2 so‘mga arzonladi va jami 10 475 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, rubl kursi ham pasaydi, yevro esa biroz qimmatladi.

11 aprel 2021, 20:45

DXXning sobiq binosi, “Malika”, “Sijjak” va boshqa obyektlar sotuvga qo‘yildi

“Brodvey"dagi DXXning sobiq binosi, “Malika” bozori va boshqa obyektlar, shu jumladan birinchi prezidentning qizi Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan “Sijjak” dam olish zonasini sotib olishga arizalar qabuli boshlandi.

9 aprel 2021, 16:23

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi 4 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 478 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham ko‘tarildi, rubl esa biroz arzonladi.

9 aprel 2021, 13:45

«O‘zavtosanoat» transformatsiya ofisi ish boshladi

«O‘zavtosanoat» kompaniyasining Boston Consulting Group bilan hamkorlikda tashkil etilgan transformatsiya ofisi o‘z ishini boshladi. U ishlab chiqarish va biznes jarayonlarini modernizatsiya qilish hamda kompaniyani xususiylashtirish bosqichiga tayyorlashga yordam berishi kerak.

9 aprel 2021, 13:04

O‘zbekistonda vodorod energetikasi rivojlantiriladi

O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalari va vodorod energetikasini rivojlantirish maqsadida Energetika vazirligi huzurida Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etiladi.

9 aprel 2021, 11:41

Rosselxoznadzor Farg‘ona viloyatidan Rossiyaga olib kirilayotgan o‘simlik mahsulotlariga bo‘lgan vaqtinchalik cheklovni olib tashladi

7 apreldan boshlab Farg‘ona viloyatidan Rossiya Federatsiyasi hududiga pomidor va qalampirdan tashqari barcha o‘simlik mahsulotlarini olib kirishga ruxsat berildi.

9 aprel 2021, 08:41

Shina zavodi ishi bo‘yicha tergov olib borilmoqda — Hisob palatasi

Deputat Doniyor G‘aniyev Angrendagi shina zavodi loyihasi oxirigacha o‘ylanmagani va samarasiz faoliyat yuritayotgani masalasini ko‘tarib chiqdi. Hisob palatasi rahbari o‘rinbosari Bahodir Turobov esa mazkur loyiha bo‘yicha materiallar Prezident administratsiyasi topshirig‘i bilan huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etilganini ma’lum qildi.

8 aprel 2021, 16:32

Dollarning rasmiy kursi arzonladi

Dollarning rasmiy kursi 6 so‘mga arzonladi va jami 10 473 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham pasaydi, rubl esa qimmatladi.

8 aprel 2021, 13:52

Mahalliylashtirish hisobiga 3 mlrd dollarlik mahsulotlar importi qoplanadi

O‘zbekiston mahalliylashtirish dasturi hisobiga yil oxiriga qadar 3 mlrd dollarlik mahsulotlar importini qoplashni rejalashtirmoqda, deya xabar berdi bosh vazir o‘rinbosari Sardor Umurzoqov. Buning uchun 2300 dan ortiq loyihalarni amalga oshirish mo‘ljallangan.

8 aprel 2021, 12:07

Qatar va O‘zbekiston o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda

«Qatar Airways» departamenti rahbari Salam Al-Samarriy aviakompaniyaning O‘zbekistonga parvozlarni amalga oshirish va respublikaning mintaqaviy aeroportlarida joriy qilingan «ochiq osmon» rejimidan foydalanishga yuqori qiziqish bildirdi.

7 aprel 2021, 20:33

GTL zavodini avgustda foydalanishga topshirish rejalashtirilmoqda

Qashqadaryodagi GTL texnologiyasi asosida sun’iy yoqilg‘i ishlab chiqarish zavodini avgustda ishga tushirish rejalashtirilmoqda.

7 aprel 2021, 16:18

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi 11 so‘mga qimmatladi va jami 10 479 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham ko‘tarildi, rubl esa yana arzonladi.

7 aprel 2021, 14:35

YeOII doirasida O‘zbekiston farmatsevtikasi uchun ijobiy va salbiy tomonlar haqida Sardor Qoriyev

«Bu kabi integratsiya, globalizatsiya bor ekan mahalliy ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash biroz qiyin», dedi O‘zbekiston farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi rahbari Sardor Qoriyev YeOII integratsiyalashuvning kamchiliklari haqida. Plyus jihatlari orasida u «katta bozor», deya ta’kidladi u.

6 aprel 2021, 19:00

O‘zbekiston neft-gaz sohasida yirik loyihalar bo‘yicha bitimlar imzolandi

6 aprel kuni Toshkentda 35 yilga mo‘ljallangan va taxminiy qiymati 2 mlrd dollarni tashkil qiladigan «Mustaqillikning 25 yilligi» loyihasiga moliyaviy mablag‘larni jalb etish bo‘yicha shartlar belgilab olindi. Shartnoma 10 yil muddatga 900 mln AQSH dollarigacha bo‘lgan miqdorda kredit liniyalarini jalb etish bo‘yicha imzolandi. Loyiha doirasida Surxondaryo viloyatida tabiiy gaz zaxiralarini qidirish va qazib olish, hamda 5 mlrd kub metr quvvatga ega bo‘lgan gazni qayta ishlash zavodini qurish nazarda tutilgan (reklama huquqlari asosida).

6 aprel 2021, 17:02

Dollarning rasmiy kursi pasaydi

Dollarning rasmiy kursi 15 so‘mga arzonladi va jami 10 468 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, rubl kursi ham arzonladi, yevro esa biroz ko‘tarildi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting