Iqtisodiyot

22 noyabr 2019, 18:15

88 294 nafar ishsiz ayolning bandligi ta’minlanadi

Hukumat qarori bilan xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash, ular o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish tizimi takomillashtiriladi.

21 noyabr 2019, 16:31

Bosh vazir One Million Uzbek Coders loyihasiga start berdi

Bosh vazir Abdulla Aripov million milliy dasturchilarni tayyorlash bo‘yicha One Million Uzbek Coders loyihasiga start berdi. Bepul onlayn kurslar to‘rtta IT-muxatassislikni qamrab oladi.

21 noyabr 2019, 14:11

Prezident xususiylashtirish natijalarini qayta ko‘rib chiqishni taqiqladi

Prezident «Biznes yuritish» reytingidagi mamlakat o‘rnini yaxshilash bo‘yicha navbatdagi «Yo‘l xaritasi»ni tasdiqladi. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijalarini qayta ko‘rib chiqish taqiqlandi.

20 noyabr 2019, 10:15

Markaziy bank 2020 yildan inflyatsion targetlashga o‘tadi

2020 yildan Markaziy bank inflyatsion targetlashga o‘tadi. 2023 yilgacha inflyatsiya bo‘yicha doimiy target 5 foiz darajasida etib belgilandi.

19 noyabr 2019, 14:08

Xitoy kompaniyasi Namanganda 30 million dollarlik tekstil korxonasi quradi

Xitoyning «HengBang Textile» kompaniyasi Namanganda ip-kalava ishlab chiqarish bo‘yicha 30 million dollar bo‘lgan korxona qurmoqchi.

19 noyabr 2019, 13:29

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 31 mlrd. 645,8 mln. dollarni tashkil etdi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi barcha qo‘mitalarning navbatdagi yig‘ilishida Vazirlar Mahkamasining davlat byudjetining 2019 yil bo‘yicha 9 oylik ijrosi to‘g‘risidagi hisoboti ko‘rib chiqildi.

15 noyabr 2019, 20:38

Adliya vazirligi turk investorlarining da’vosi bo‘yicha qarorga izoh berdi

Turk investorlarining O‘zbekistonga qarshi savdo tarmog‘ini ekspropriyatsiya qilish bo‘yicha da’volarining 90 foizi rad etildi, deya xabar qildi Adliya vazirligi.

15 noyabr 2019, 20:00

2023 yilgacha eng kamida 20 ta davlat kompaniyasi xususiylashtiriladi

O‘zbekiston 2023 yilgacha eng kamida 20 ta davlat kompaniyasini xususiylashtirishni rejalashtirmoqda.

14 noyabr 2019, 17:23

Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida prezident qarori qabul qilindi

O‘zbekiston hukumati bilan Koreya hukumati o‘rtasida investitsiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish to‘g‘risidagi bitim prezident qarori bilan tasdiqlandi.

13 noyabr 2019, 20:07

Prezident huzurida xorijiy investorlar kengashi tuzildi

Prezident huzuridagi xorijiy investorlar kengashi xorijiy kompaniyalar, banklar, investitsiyaviy tuzilmalar, xalqaro va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari rahbarlari va vakillaridan tuziladi.

13 noyabr 2019, 15:53

O‘zbekiston Turkiya bilan soddalashtirilgan bojxona yo‘lagini tashkil etishni tezlashtirmoqchi

O‘zbekiston Turkiya bilan soddalashtirilgan bojxona yo‘lagini tashkil etish to‘g‘risidagi xalqaro shartnomani tayyorlashni tezlashtirish maqsadida.

13 noyabr 2019, 12:13

«Markaziy bank to‘g‘risida"gi qonun imzolandi

Prezident «Markaziy bank to‘g‘risida"gi qonunni imzoladi. Hujjat Markaziy bankka erkin shakllanuvchi almashuv kursi rejimi sharoitida ichki valyuta bozoriga intervensiyalarning faqatgina valyuta kursining keskin tebranishlarini oldini olish maqsadida amalga oshirishga ruxsat beradi.

12 noyabr 2019, 17:45

«Nukus city» qurilishi uchun 400 dan ortiq xususiy uylar buziladi

Umumiy maydoni 70 gektardan ortiq bo‘ladigan «Nukus city» shaharchasida 16 qavatli uylar, 20 qavatli mehmonxona, biznes markazlari, ko‘ngilochar maskanlar, banklar, savdo do‘konlari quriladi.

9 noyabr 2019, 19:05

Xitoy O‘zbekistonda dori ishlab chiqarish sohasiga 100 million dollar sarmoya kiritadi

Xitoy O‘zbekistonda diabet, gipertoniya, yurak-qon tomir kasalliklarini davolash uchun dorivor o‘simliklardan tayyorlangan preparatlar ishlab chiqaradigan qo‘shma korxona qurishni rejalashtirmoqda. Buning uchun 100 million dollar sarmoya kiritiladi.

9 noyabr 2019, 16:46

Yangiyerda ikkita xorijiy investitsiya loyihalari qurilishi boshlandi

Yangiyer erkin iqtisodiy zonasi hududida xitoylik va afg‘onistonlik investor ishtirokidagi loyihalar qurilishiga start berildi.

8 noyabr 2019, 15:34

Orif Bo‘tayev Sanoatqurilishbank rahbarining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi

Markaziy bank raisi o‘rinbosari lavozimida ishlagan Orif Bo‘tayev Sanoatqurilishbank raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

6 noyabr 2019, 11:27

Prezident meva-sabzavotchilikdagi muammolarni sanab o‘tdi

Jahon bozorida meva-sabzavot mahsulotlari savdosi 205 milliard dollarni tashkil etgan bir paytda, O‘zbekistonning ulushi bir foizga ham yetmayapti. Prezident bog‘ va tokzorlarning yaroqsiz holatga kelib qolgani, minglab gektar eski bog‘lar yillar davomida hosil bermayotgani kabi muammolarni sanab o‘tdi.

5 noyabr 2019, 18:24

Kimyo va neft-gaz sohasiga korrupsiyaga qarshi kompleans joriy etiladi

«O‘zkimyosanoat» va «O‘zbekneftgaz» kompaniyalariga korrupsiyaga qarshi kompleans nazorat joriy etiladi.

5 noyabr 2019, 17:04

Xiva tumanini kompleks rivojlantirish doirasida 187 ta loyihani amalga oshiriladi

Xorazm viloyatining Xiva tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi.

5 noyabr 2019, 15:33

Qozog‘iston avtotransportda neft mahsulotlarini olib chiqishni vaqtincha taqiqladi

Qozog‘iston O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Rossiyaga ortiqcha neft mahsulotlari olib chiqilishiga qarshi kurashish uchun ularni olib chiqishni taqiqlandi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting