Iqtisodiyot

5 avgust 2021, 12:40

Xitoy 2020 yilda tibbiy niqoblardan 90 mlrd dollarga yaqin daromad oldi

Xitoy pandemiya boshlanganidan beri xorijiy davlatlarga tibbiy niqob va respiratorlarning eksportini deyarli to‘rt baravarga oshirdi. 2020 yil aprel holatiga bitta niqob yoki respiratorning eksport narxi 2019 yil dekabriga nisbatan 720,8 foizga ortgan.

5 avgust 2021, 09:44

Gul yetishtiruvchilar uyushmasi tashkil etildi

O‘zbekistonda Gul yetishtiruvchilar uyushmasi tashkil etildi. Andijon, Namangan va Jizzax viloyatlarining bir qator tumanlari gul yetishtirishga ixtisoslashtiriladi.

4 avgust 2021, 16:28

Dollarning rasmiy kursi yana pasaydi

Dollarning rasmiy kursi 11,98 so‘mga pasaydi va jami 10 635,00 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz pasaydi.

4 avgust 2021, 16:01

O‘zbek-turkman chegarasida transchegaraviy savdo zonalari yaratilishi rejalashtirilmoqda

O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Sardor Umurzakov Turkmanistonda Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari Serdar Berdimuhamedov bilan muzokaralar o‘tkazdi. Tomonlar iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish uchun ikki mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlarning kirishini soddalashtirish va savdo aylanmasi hajmini 1 mlrd dollarga yetkazish masalalarini ko‘rib chiqdilar. Shuningdek, O‘zbekiston — Turkmaniston chegarasida transchegaraviy savdo zonalarini yaratish masalalari muhokama qilindi.

3 avgust 2021, 18:42

Xalq banki muammoli kreditlar sababli tijoriy kreditlashni to‘xtatdi

Xalq banki muammoli kreditlar salmog‘i oshib ketgani uchun tijoriy kreditlar berishni to‘xtatdi. 1 iyul holatida ularning ulushi iyundagi 6 foiz o‘rniga 15 foiz yoki 3,2 trln so‘mga yetdi.

3 avgust 2021, 16:17

Dollarning rasmiy kursi biroz pasaydi

Dollarning rasmiy kursi 7,02 so‘mga pasayli va jami 10 646,98 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham pasaydi, rubl kursi esa biroz ko‘tarildi.

2 avgust 2021, 17:24

Hyatt Regency Tashkent, Premier Hall va boshqa davlat aktivlari sentyabrda savdoga qo‘yiladi

Sentyabrdan yana 12 ta davlat aktivi, jumladan «Toshkent» va Hyatt Regency Tashkent mehmonxonalari, Premier Hall kinozali, Matbuot uyi, «Chotqol» dam olish zonasi, ikkita kichik sanoat zonasi va boshqalarni savdoga chiqarish rejalashtirilmoqda.

2 avgust 2021, 17:08

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi 11,57 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 654,00 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari esa biroz ko‘tarildi.

30 iyul 2021, 19:26

29,5 mlrd so‘mlik davlat xaridlari bo‘yicha ishlar tenderlar g‘oliblari aniqlanmasdan boshlab yuborilgan

Antikorrupsiya agentligi O‘zbekistonning bir nechta hududlarida davlat xaridlari bo‘yicha qonun buzilishi holatlarini aniqladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida 63,6 mlrd so‘mlik davlat xaridlari bo‘yicha tenderlar qonunga zid ravishda e’lon qilingan. Bundan tashqari, qator hududlarda 29,5 mlrd so‘mlik davlat xaridlari bo‘yicha tenderlarning g‘olibi aniqlamay turib, qurilish va ta’mirlash ishlari boshlab yuborilgan yoki tugatilgan.

30 iyul 2021, 16:07

Dollarning rasmiy kursi biroz ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi 17,43 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 642,43 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari esa biroz ko‘tarildi.

29 iyul 2021, 16:25

Dollarning rasmiy kursi yana pasaydi

Dollarning rasmiy kursi 23,03 so‘mga pasaydi va jami 10 625,00 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa biroz ko‘tarildi.

29 iyul 2021, 16:12

Iyun oyida yillik inflyatsiya darajasi 10,9 foizni tashkil etdi

Markaziy bank bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 2021 yilning iyun oyi yakunlari bo‘yicha yillik inflyatsiya darajasi may oyida kuzatilgani kabi 10,9 foizni tashkil etib, so‘nggi to‘rt-besh oydan beri deyarli o‘zgarishsiz shakllanmoqda. Shuningdek, joriy yilning I yarim yilligida yalpi ichki mahsulot real hajmda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,2 foizga oshdi.

29 iyul 2021, 15:31

O‘zbekistonga 1,2 mln doza Pfizer vaksinasi olib kelinadi

O‘zbekistonga koronavirusga qarshi yana 17,9 mln doza vaksina olib kelinishi rejalashtirilmoqda. Ular orasida Pfizer/Bio N Tech vaksinasining 1,2 mln dozasi olib kelinishi ham ko‘zda tutilgan.

29 iyul 2021, 12:49

Markaziy bank asosiy stavkani yana o‘zgarishsiz qoldirdi

Markaziy bank Boshqaruvining oraliq yig‘ilishida asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

29 iyul 2021, 12:00

Prezident OKMKning «Yoshlik-1» konining o‘zlashtirilishi bilan tanishdi

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida qiymati 4,9 mlrd dollar bo‘lgan «Yoshlik-1» konini o‘zlashtirish loyihasi amalga oshirilmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev payshanba kuni konda olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

29 iyul 2021, 10:38

Burger King O‘zbekiston bozoriga kirmoqda

Burger King tez ovqatlanish restoranlar tarmog‘i O‘zbekiston bozoriga kirmoqda. OOO Burgerhouse kompaniyasi ro‘yxatga olingan, xodimlar ishga olinmoqda. Birinchi filial yil oxirigacha ochilishi mumkin.

28 iyul 2021, 16:59

Yaponiya qishloqlarda ayollar tadbirkorligini rivojlantirishga grant ajratadi

Yaponiya hukumati O‘zbekistonning uzoq qishloqlarida ayollar tadbirkorligini rivojlantirishga 2,7 mln dollardan ko‘proq miqdorda grant ajratmoqda. Loyiha Jahon banki ko‘magida Mahalla vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

28 iyul 2021, 16:12

Dollarning rasmiy kursi to‘rt kunlik o‘sishdan so‘ng biroz pasaydi

Dollarning rasmiy kursi 21,97 so‘mga pasaydi va jami 10 648,03 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa biroz ko‘tarildi.

28 iyul 2021, 14:12

AQSh O‘zbekiston bolalar bog‘chalari uchun $21 mln ajratadi

AQSh “O‘zbekistonda ta’lim va bolalar uchun oziq-ovqat” dasturi doirasida maktabgacha ta’lim muassasalari uchun 21 mln dollar ajratadi. Mazkur mablag‘ 400 dan ortiq maktabgacha ta’lim muassasasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Surxondaryo viloyatidagi 245 ta qishloq va kam ta’minlangan MTTlariga yo‘naltiriladi.

27 iyul 2021, 16:13

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket to‘rtinchi kun ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi 12,65 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 670,00 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, rubl kursi ham ko‘tarildi, yevro kursi esa biroz pasaydi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting