Iqtisodiyot

30 iyun 2021, 15:29

O‘zbek so‘mining evolyutsiyasi — foto

1994 yilda O‘zbekiston milliy valyutasi qabul qilingan. Shu yilda 1 dan 100 gacha bo‘lgan nominalda so‘m banknotalari muomalaga chiqarilgan. So‘nggi 5 yil ichida esa yana besh xil nominalda banknotalar joriy qilindi. «Gazeta.uz» o‘zbek so‘mining 1994 yildan keyin chiqarilgan barcha banknotlarini eslaydi.

30 iyun 2021, 11:56

O‘zbekiston yashirin iqtisodiyotning YAIMdagi ulushi bo‘yicha Markaziy Osiyoda birinchi o‘rinda

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 2019 yil O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotning YAIMdagi ulushi 52,11 foizni tashkil etgan. Marakaziy Osiyoning boshqa davlatlarida esa bu ko‘rsatkich nisbatan pastroq. Tojikiston YAIMda yashirin iqtisodiyot 40,7 foizni, Qozog‘istonda 36,6 foizni va Qirg‘izistonda esa 30,5 foizga to‘g‘ri kelgan.

30 iyun 2021, 11:48

Qozog‘iston o‘zbek gilosini keyinchalik Dubayda sotish uchun xarid qiladi

Qozog‘iston cavdo va integratsiya vaziri Baxit Sultonov O‘zbekistonga safari davomida ikkita shartnoma imzolashga erishdi. Xususan, Qozog‘iston kompaniyasi o‘zbek gilosini keyinchalik Dubay savdo tarmoqlarida sotish uchun xarid qilishni rejalashtirmoqda.

29 iyun 2021, 20:19

Banklarning muammoli kreditlari ulushi 4,7 foizgacha o‘sdi

O‘zbekiston bank tizimidagi muammoli kreditlar (NPL) ulushi 1 iyunda 4,7 foiz yoki 14 trln so‘mga yetdi, o‘tgan yil boshida bu ko‘rsatkich 2,1 foizni tashkil etgan edi. NPL O‘zMB, «Agrobank», «O‘zsanoatqurilishbank», Xalq banki, «Qishloq qurilish bank» va boshqalarda o‘sdi.

29 iyun 2021, 16:40

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket uchinchi kun ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi 18,47 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 605,30 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa biroz pasaydi.

29 iyun 2021, 16:26

Toshkent shahar YHXBga elektromobillar topshirildi

Poytaxt YHXBga ORA IQ rusumli elektromobillar foydalanishga topshirildi. Tajribaning maqsadi ushbu transport vositasining ichki ishlar idoralarida ishlatiladigan avtoulovlarga nisbatan ustunligi yoki kamchiliklarni o‘rganishdan iborat, deya qayd etdi boshqarma.

29 iyun 2021, 15:32

O‘zbekiston iqtisodiyoti 2021 yilda 5,6% ga o‘sadi — YeTTB

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki O‘zbekiston iqtisodiyoti 2021 yilda 5,6% ga va 2020 yilda 6% ga o‘sishini prognoz qilmoqda.

29 iyun 2021, 13:39

O‘zbekiston mis sotishdan $2,5 mlrd daromad topmoqda, biroq klasterlar hisobiga foydani oshirishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston bugungi kunda misdan 2,5 mlrd dollar daromad ko‘rmoqda. Kelgusi 5 yilda mis ishlab chiqarish hajmini 400 ming tonnagacha yetkazish orqali, bu ko‘rsatkichni turdosh tarmoqlar bilan birga 7−8 milliard dollarga yetkazish mumkin, deyildi prezident rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda. Buning uchun mis sanoati klasterlarini tashkil etish va boshqa choralarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

28 iyun 2021, 18:21

UzAuto Motors Qozog‘istonda avtomobil sotish bo‘yicha birinchi o‘ringa chiqib oldi

UzAuto Motors yanvar-may oylarida Qozog‘istonda 11,7 ming dona avtomobil sotib, savdo hajmi bo‘yicha birinchi o‘ringa ko‘tarildi.

28 iyun 2021, 16:29

Jahon banki O‘zbekistonda elektroenergetika sohasini rivojlantirish uchun 380 mln dollar ajratadi

Jahon banki O‘zbekistonga elektroenergetika sohasini rivojlantirish uchun 380 mln dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratadi.

28 iyun 2021, 16:19

Senat MB bazasidan hisobvaraqalar haqidagi ma’lumotlarni olishga ruxsat berdi

Senatorlar «Bank siri to‘g‘risida» va «Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida"gi qonunlarga o‘zgartishlar kiritishni ma’qulladi. Prokuratura, dastlabki tergov, surishtiruv organlariga Markaziy bank ma’lumotlar bazalaridagi hisobvaraqalar haqidagi ma’lumotlarni olishga ruxsat berildi.

28 iyun 2021, 16:09

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi 10,83 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 586,83 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz ko‘tarildi.

25 iyun 2021, 15:16

Enter Engineering va «Uralmashzavod» O‘zbekistonda 2 mlrd dollarlik boyituvchi kombinat quradi

Enter Engineering va «Uralmashzavod» kompaniyalari Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 2 mlrd dollar qiymatga ega boyituvchi kombinat qurishadi. Oldinroq ushbu loyiha SFI Management Group nazoratidagi Renaissance Heavy Industries tomonidan amalga oshirilishi kerak edi, biroq fevral oyida ular loyihadan chiqarib tashlandi.

24 iyun 2021, 21:14

Jahon yangiliklari dayjesti

JSSTning bolalar va o‘smirlarni koronavirusga qarshi emlashga ruxsat bergani, Qozog‘istonda majburiy emlanishdan bosh tortganlarning jarimaga tortilishi, Efiopiyada havo hujumi natijasida 80ga yaqin kishining halok bo‘lgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

24 iyun 2021, 18:07

2017 yildan beri O‘zbekistonda jami 83 mlrd dollarlik investitsiyalar o‘zlashtirilgan

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2017 yildan beri mamlakatda o‘zlashtirilgan investitsiyalar 83 mlrd dollarni tashkil etganligini ta’kidladi. Bu oldingi davrga nisbatan 2 baravar ko‘proq.

24 iyun 2021, 16:13

Dollarning rasmiy kursi qatorasiga uchinchi kun pasaydi

Dollarning rasmiy kursi 6,92 so‘mga pasaydi va jami 10 564,96 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi biroz pasaydi, rubl kursi esa biroz ko‘tarildi.

24 iyun 2021, 13:23

O‘zbekiston oltin qazib olish bo‘yicha dunyodagi top-10 mamlakatlar qatoriga kirdi

O‘zbekistonda 2020 yilda 101,6 tonna oltin qazib olindi. Bu bilan O‘zbekiston oltin qazib olish bo‘yicha dunyoda 8-o‘rinni egalladi.

24 iyun 2021, 07:41

«Shahidlar xotirasi» majmuasi hududidagi obyektlar qurilishi qanday moliyalashtiriladi?

«Shahidlar xotirasi» yodgorlik majmuasi hududida obyektlar qurilishini moliyalashtirish uchun Toshkent hokimligining mahalliy byudjetidan 20 milliard so‘m miqdoridagi mablag‘, shuningdek boshqa hududlardagi investorlarga yer uchastkalarini sotishdan tushadigan mablag‘larni yo‘naltirish rejalashtirilgan. Gap majmua yaqinidagi 2,67 gektar yer hamda 0,9 gektarlik Aqva Bog’i akvaparki hududi haqida bormoqda.

23 iyun 2021, 21:09

Toshkentda suv hisoblashning intellektual tizimi joriy etiladi

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi va Fransiyaning Suez International o‘rtasida Toshkent uchun suv hisoblashning intellektual tizimini joriy qilish bo‘yicha hamkorlikdagi tadbirlar to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.

23 iyun 2021, 16:22

Dollarning rasmiy kursi yana pasaydi

Dollarning rasmiy kursi 9,48 so‘mga pasaydi va jami 10 571,88 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa biroz ko‘tarildi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting