Iqtisodiyot

28 mart 2020, 11:40

Qozog‘istonda UzAuto Motors avtomobillarini yig‘ish boshlandi

O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumat rahbarlari Qozog‘istonda Chevrolet brendi ostida UzAuto Motors avtomobillari ishlab chiqarilishiga start berdi.

27 mart 2020, 20:00

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining vazifalari belgilandi

Qayta tashkil etilgan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi makroiqtisodiy siyosatni ishlab chiqish, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, davlat ulushi bor korxonalarni isloh qilish va boshqa vazifalar bilan shug‘ullanadi. 2021 yildan iste’mol savatchasi va tirikchilik uchun zarur eng kam miqdorlar joriy etiladi.

27 mart 2020, 19:11

Jamshid Qo‘chqorovga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Qayta tashkil etilgan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi rahbariyati tasdiqlandi.

27 mart 2020, 15:43

Koronavirus sharoitida fuqarolarning pensiyalari qanday tarqatilmoqda?

99 foiz pensiya mablag‘lari sterillangan naqd pul shaklida aholi uylariga yetkazilmoqda. Epidemiya tarqalishining oldini olish maqsadida pensionerlarni plastik kartalar bilan ta’minlashni kengaytirish rejalashtirilmoqda.

27 mart 2020, 15:22

COVID-19 yuqtirganlarning 23 nafari xorijdan qaytgan, 60 nafari ular bilan muloqotda bo‘lgan

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlarning 35 nafari erkak, 48 nafari ayollar. Shundan 5 nafari voyaga yetmagan bolalardir.

27 mart 2020, 12:39

Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari o‘zgardi

Botir Zohidov MB raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Ushbu lavozimda ishlagan Ilhom Norqulovning iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlanishi kutilmoqda.

25 mart 2020, 18:47

Rubl qadrsizlanishining so‘mga ta’sir etmayotgani sabablari tushuntirildi

Markaziy bank rubl va tengening qadrsizlanayotgani so‘mning almashinuv kursiga ta’sir ko‘rsatmayotgani sabablarini sanab o‘tdi. Xorijiy valyutaga bo‘lgan talabning pasaygani, bank kreditlariga bo‘lgan talabning sezilarli darajada kamayishi shular jumlasidan.

25 mart 2020, 18:15

Davlat obyektlarini ijaraga olgan tadbirkorlar foydalanmagan davr uchun to‘lovlardan ozod qilindi

Davlat mulki obyektlarini ijaraga olgan tadbirkorlar karantin sababli foydalanilmagan davr uchun ijara to‘lovidan ozod qilindi.

25 mart 2020, 17:13

Ai-92 markali benzin narxi pasaydi

«O‘zbekneftgaz» kompaniyasi Ai-92 markali benzin narxini 200 so‘mga pasaytirdi. Neft mahsulotlari narxi bosqichma-bosqich arzonlashishi kutilmoqda

25 mart 2020, 14:16

O‘zbekistonda biznes «fors-major» rejimiga o‘tmoqda

Koronavirus sababli tadbirkorlarga Yengib bo‘lmaydigan kuchlar (fors-major) holatlari sertifikatlarini berish boshlandi. Sertifikatni bir kunda olish mumkin.

25 mart 2020, 02:07

Manba: benzin narxlarining pasayishi kutilmoqda

Ai-91, Ai-92 va Ai-95 benzinlarining narxi 3%ga pasayishi kutilmoqda, deya xabar berdi «Gazeta.uz»ga neft va gaz sohasidagi manba. Narxlar o‘zgarishi yaqin kunlarda amalga oshishi kutilmoqda.

24 mart 2020, 16:08

XVJ koronavirusga qarshi 1 trln dollar ajratishga tayyorligini bildirdi

XVJ bosh direktori koronavirusning dunyo iqtisodiyotiga yetkazadigan zararini kamaytirish maqsadida favqulodda moliyalashtirishni kuchaytirish va 1 trln dollarlik kredit ajratishga tayyorligini bildirdi.

21 mart 2020, 23:58

Toshkentda jamoat transporti qatnovi to‘xtatiladi

22 mart kunidan Toshkentda jamoat transporti qatnovi to‘xtatiladi. Shahar bo‘ylab dezinfeksiya qilingan taksilar qatnaydi.

21 mart 2020, 20:11

JB O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash uchun 500 mln dollar ajratdi

Jahon banki O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga 500 mln dollar ajratdi. Loyiha qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining sifati va assortimentini yaxshilaydi va mahalliy ishlab chiqaruvchilarning ichki va tashqi bozorlarda ishtirokini oshiradi.

20 mart 2020, 15:57

Toshkentda yer narxining minimal qiymatlari belgilandi

Toshkent hokimi qarori bilan poytaxtda bo‘sh turgan yer uchastkalarining boshlang‘ich narxlari belgilandi.

20 mart 2020, 11:04

Xalqaro yo‘lovchi tashuvlari 40 kunga to‘xtatildi

Xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha avtobus, temir yo‘l va havo transportida yo‘lovchi tashish 40 kunga to‘xtatildi.

19 mart 2020, 20:10

Koronavirus pandemiyasi oqibatlarini yumshatishga qaratilgan jamg‘arma tashkil etiladi

Prezident farmoni bilan koronavirus pandemiyasi oqibatlarini yumshatishga qaratilgan Inqirozga qarshi jamg‘arma tuzilib, davlat byudjetidan 10 trln so‘m ajratiladi.

19 mart 2020, 16:07

O‘zsanoatqurilishbank rahbari o‘zgardi

Milliy bank rahbarining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Saxi Annaklichev O‘zsanoatqurilishbank boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlandi.

18 mart 2020, 19:16

Koronavirus pandemiyasining O‘zbekistonga salbiy ta’siri bo‘lishi tabiiy — Shavkat Mirziyoyev

O‘zbekiston prezidenti neft narxining pasayishi, xorij valyutalarining qadrsizlanishi, xorijiy turistlar sonining kamayishi mamlakat iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini bildirdi.

18 mart 2020, 12:51

Mikrokredit va mikroqarz miqdorlari oshirildi

Qarz oluvchiga tadbirkorlik faoliyati uchun mikrokredit va mikroqarz miqdorlari oshirildi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting