11 dekabr, chorshanba

Iqtisodiyot

«KamAZ» Samarqand viloyatida ishlab chiqarish quvvatini ikki barobarga oshirdi 

«KamAZ» Samarqand viloyatida yangi yig‘ish liniyasini ochib, ishlab chiqarish quvvatini ikki barobarga oshirdi.

SamAuto Isuzu D-Max pikaplarini ishlab chiqarishni boshladi 

SamAuto zavodida Isuzu D-Max pikaplarini ishlab chiqarish boshlandi. Yangi model uchta modifikatsiya va yetti rangda savdoga chiqariladi, narxlar 270−380 mln so‘m atrofida bo‘ladi.

Naqd pul tushumiga ega korxonalar onlayn-kassalardan foydalanishga o‘tadi 

2022 yildan tadbirkorlik sub’ektlari aholidan naqd pul olishda onlayn nazorat-kassa apparatlari va virtual kassalardan foydalanishga o‘tadi.

Markaziy bank 2020 yilda qayta moliyalash stavkasini pasaytirishi mumkin 

Markaziy bank rahbari Mamarizo Nurmuratov olti oydan so‘ng qayta moliyalash stavkasining pasayishi kutilayotganini ma’lum qildi. Uning fikricha, bu kreditlar va depozitlar foiz stavkalariga ijobiy ta’sir qiladi.

Mahalliy kengashlar ayrim soliqlarni to‘lash muddatini uzaytiradi 

Mahalliy hokimiyat organlari tomonidan yuridik shaxslarning soliq to‘lash muddatini uzaytirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining zaxira hajmlari belgilandi 

Hukumat qarori bilan 2019−2020 yilgi qish-bahor mavsumiga asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxiraga jamg‘arishning prognoz hajmlari tasdiqlandi.

MB uch yil uchun pul-kredit siyosatining asosiy yo‘nalishlarini e’lon qildi 

Markaziy bank 2020 va 2021−2022 yillar uchun pul-kredit siyosatining asosiy yo‘nalishlarini e’lon qildi. 2020 yilda YAIM o‘sish sur’atlari 5,2−5,5 foiz, 2021−2022 yillarda esa 5,5−5,8 foizgachani tashkil etishi prognoz qilinmoqda.

Samarqandda o‘tkazilgan investitsiya forumida 1,7 mlrd dollarlik kelishuv bitimlari imzolandi 

Invest in Samarkand forumi yakunlari bo‘yicha 1,7 mlrd dollardan ortiq 234 ta kelishuv bitimlari imzolandi. Viloyatda «Real Madrid» Futbol akademiyasi, attraksionlar va IMAX kinoteatrli istirohat bog‘i ochiladi.

88 294 nafar ishsiz ayolning bandligi ta’minlanadi 

Hukumat qarori bilan xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash, ular o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish tizimi takomillashtiriladi.

Bosh vazir One Million Uzbek Coders loyihasiga start berdi 

Bosh vazir Abdulla Aripov million milliy dasturchilarni tayyorlash bo‘yicha One Million Uzbek Coders loyihasiga start berdi. Bepul onlayn kurslar to‘rtta IT-muxatassislikni qamrab oladi.

Prezident xususiylashtirish natijalarini qayta ko‘rib chiqishni taqiqladi 

Prezident «Biznes yuritish» reytingidagi mamlakat o‘rnini yaxshilash bo‘yicha navbatdagi «Yo‘l xaritasi»ni tasdiqladi. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijalarini qayta ko‘rib chiqish taqiqlandi.

Markaziy bank 2020 yildan inflyatsion targetlashga o‘tadi 

2020 yildan Markaziy bank inflyatsion targetlashga o‘tadi. 2023 yilgacha inflyatsiya bo‘yicha doimiy target 5 foiz darajasida etib belgilandi.