Iqtisodiyot

21 iyun 2021, 17:52

XMK O‘zbekiston kimyo sanoatini modernizatsiya qilishga yordamlashadi

Xalqaro moliya korporatsiyasi kimyo sanoatini modernizatsiya qilish va o‘g‘itlar ishlab chiqarishda O‘zbekistonga ko‘maklashadi.

21 iyun 2021, 16:09

Dollarning rasmiy kursi uch kunlik pasayishdan so‘ng ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi 19,25 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 586,85 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham biroz ko‘tarildi, rubl esa biroz pasaydi.

21 iyun 2021, 15:00

“Uzexpocentre” MKK uchta agroko‘rgazmada ishtirok etishga taklif etadi

“Uzexpocentre” ning agroko‘rgazmalari O‘zbekistonda ilk bor gibrid formatida o‘tkaziladi.

21 iyun 2021, 14:35

FlyArystan Turkiston-Toshkent yo‘nalishida ilk parvozni amalga oshirdi

Qozog‘istonning FlyArystan loukosteri Turkiston-Toshkent yo‘nalishida ilk parvozni amalga oshirdi.

21 iyun 2021, 08:51

Adliya vazirligi Tadbirkorlik kodeksini ishlab chiqmoqda

Adliya vazirligi tadbirkorlar uchun yagona huquqiy manba — Tadbirkorlik kodeksini ishlab chiqmoqda. Adliya vaziri Ruslanbek Davletovning so‘zlariga ko‘ra, hujjatning qabul qilinishi qonun hujjatlarini me’yorlashtirish va davlatning tadbirkorlik sohasiga aralashuvini qisqartirishga xizmat qiladi.

18 iyun 2021, 16:22

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket uchinchi bor pasaydi

Dollarning rasmiy kursi 13,43 so‘mga pasaydi va jami 10 467,60 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham biroz pasaydi, rubl esa biroz ko‘tarildi.

18 iyun 2021, 15:02

Jahon banki Andijon shahrining issiqlik ta’minotini rekonstruksiya qilish uchun $36 mln ajratadi

Jahon banki Andijon shahrining issiqlik ta’minotini yaxshilash uchun qiymati 36 mln dollar bo‘lgan loyihani boshlaydi. Uning doirasida 24 km issiqlik uzatish tarmoqlari, 271 ta ko‘p qavatli uy qurilishi hamda 32 ta ijtimoiy soha obyektida alohida ishlaydigan isitish uskunalari o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan.

18 iyun 2021, 12:24

Andijonda elektromobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Andijon viloyatidagi Asaka zavodida elektromobillar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi ma’lum qilindi. 2021−2023 yillarda 80 mln dollar investitsiya evaziga, 8 ta loyihani amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda. 2020 yilning dekabr oyida «O‘zavtosanoat» kompaniyasi faqat elektromobillar ishlab chiqarishga o‘tkazilishi rejalashtirayotgan edi.

18 iyun 2021, 12:00

Andijon viloyatida 1,8 mlrd so‘mlik loyihalar amalga oshiriladi

Andijon viloyatida 2021−2022 yillarda jami 19,8 trln so‘m, ya’ni 1,8 mlrd dollarlik 584 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilib, 60 mingta yangi ish o‘rni yaratiladi.

18 iyun 2021, 11:41

Andijondagi 200 ta mahallaga 400 mlrd so‘m ajratiladi — prezident

Shavkat Mirziyoyev ta’kidlashiga ko‘ra, Andijon viloyatida mahallalarning aksariyati o‘zining «o‘sish nuqta"larini aniqlab olgan bo‘lishiga qaramay, 100 ta mahalla haligacha o‘z ixtisoslashuv yo‘lini topmagan. 200 ta mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun 400 mlrd so‘m (har bir mahallaga 2 milliard so‘mdan) resurs ajratilishi qayd etildi.

17 iyun 2021, 19:11

Uzbekistan Airways Hindistonga qatnovlarni kamaytirdi

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 18 iyundan Toshkentdan Dehliga amalga oshiriladigan reyslar sonini qisqartirdi — juma kunli parvozlar bekor qilindi.

17 iyun 2021, 19:03

Ikki oy ichida 100 mlrd so‘mlik davlat xaridlari tanlovlarida qonun buzilgan — Antikorrupsiya agentligi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan davlat xaridlariga oid e’lonlar bo‘yicha o‘tkazilgan monitoringda may-iyun oylarida 101,5 mlrd so‘m miqdoridagi 324 ta tanlovda qonun buzilish holatlari aniqlandi. Byudjet buyurtmachilarining 101,5 mlrd so‘mlik 324 ta tanlovini bekor qilish haqida vazirlik va idoralarga 268 ta taqdimnoma kiritildi.

17 iyun 2021, 18:27

Dollarning rasmiy kursi yana pasaydi

Dollarning rasmiy kursi 9,43 so‘mga pasaydi va jami 10 581,03 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, rubl va yevro kurslari ham biroz pasaydi.

17 iyun 2021, 17:36

«Islohotlarning kuchi — mahallada» — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyati Paxtaobod tumanidagi innovatsion issixona va «Rustamjon Zamin rivoji» fermer xo‘jaligi dalasiga tashrif buyurdi. Davlat rahbari «g‘alla hosildorligini 100 sentnerga chiqarish choralarini ko‘rish kerakligini va shunda fermerning ham, ishchilarining ham daromadi oshishini» ta’kidladi. «Yanada ko‘proq ishchi joylar, mahallalarda sharoitlar qilishimiz kerak. Islohotlarning kuchi — mahallada», — dedi u.

17 iyun 2021, 15:05

Jahon banki O‘zbekiston soliq sohasidagi islohotlar uchun $60 mln ajratadi

Jahon banki O‘zbekistondagi soliq ma’muriyatchiligi tizimini isloh qilish uchun 60 mln dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratadi. Loyiha doirasida Davlat soliq qo‘mitasining operatsion, institutsional va texnologik salohiyatini rivojlantirish hamda iqtisodiyotning norasmiy sektorini qisqartirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar ko‘riladi.

17 iyun 2021, 14:58

Quadro IH DMCC «Ichan qal’a» mehmonxonasiga egalik qiladi

Birlashgan Arab Amirliklarining Quadro IH DMCC kompaniyasi poytaxtdagi «Ichan qal’a» mehmonxonasini sotib olish bo‘yicha tenderda g‘olib chiqdi. OAV xabarlariga ko‘ra, mehmonxona ilgari Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan.

17 iyun 2021, 13:10

«Ayol ishli bo‘lib, kayfiyati yaxshi bo‘lsa, oilasi ham baxtli bo‘ladi» — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyati Izboskan tumanidagi mahsulotlari 100 foiz eksportga yo‘naltirish rejalashtirilgan tikuv-trikotaj korxonasi bilan tanishdi. Fabrikada 830 nafar xotin-qiz ish bilan ta’minlangan. «Qachon Izboskanda mana shunday zamonaviy korxona bo‘lgan? Xotin-qizlarimiz uchun hamma sharoitlarni yaratamiz. Ayol ishli bo‘lib, kayfiyati yaxshi bo‘lsa, oilasi ham baxtli bo‘ladi», — dedi davlat raxbari.

17 iyun 2021, 12:33

Metro Plaza Toshkentdagi «Gazetalar ishlab chiqarish majmuasi» ni xususiylashtiradi

Toshkent markazidagi gazeta ishlab chiqarish majmuasi binosini sotib olish bo‘yicha tenderda Metro Plaza kompaniyasi g‘olib bo‘ldi. Asoschilar orasida aka-uka Mamasaidovlar va Mirodil Fazilov bor.

17 iyun 2021, 09:50

DXXning sobiq binosini TIV rahbari o‘g‘lining kompaniyasi sotib oldi

Tashqi ishlar vaziri o‘g‘li Doniyor Kamilov asoschisi sifatida ko‘rsatilgan Metropol Group kompaniyasi 210 mlrd so‘mga «Sayilgoh»da joylashgan Davlat xavfsizlik xizmatining sobiq binosini xususiylashtirmoqda.

16 iyun 2021, 17:06

Buxorodagi byudjet tashkilotlaridan biri deyarli 65 mlrd so‘mlik davlat xaridlarini tendersiz amalga oshirgan

Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasi «Buxoro yo‘llardan muntazam foydalanish» unitar korxonasi 2019 yilda 31,4 mlrd va 2020 yilda 33,4 mlrd so‘mlik davlat xaridlarini auksion va tendersiz amalga oshirganligini aniqladi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting