Iqtisodiyot

3 mart 2017, 09:15

VimpelCom nomi VEON bo‘ldi, Beeline brendi o‘zgarmaydi

VimpelCom xoldingi nomining o‘zgarishi O‘zbekistonga taalluqli emas — Unitel kompaniyasi Beeline brendi ostida ishlashda davom etadi.

2 mart 2017, 12:36

Mo‘ynoq turizm markaziga aylanadi

Prezident imzolagan Mo‘ynoqni rivojlantirish dasturida tumanda iqtisodiyot va turizmni rivojlantirish bo‘yicha tadbirlar belgilangan.

2 mart 2017, 12:23

Ko‘chmas mulklar bilan bog‘liq bitimlarni notarial tasdiqlash tartibi soddalashtirildi

O‘zbekistonda ko‘chmas mulklar bilan bog‘liq bitimlarni notarial tasdiqlashda turli ma’lumotnomalarni talab qilish amaliyotiga chek qo‘yiladi.

2 mart 2017, 11:02

2017-yilda 2,5 mlrd dollarlik loyihalar yakuniga yetkaziladi

Joriy yildagi investitsion dastur qariyb 170 ta loyihani ishga tushirishni ko‘zda tutadi.

1 mart 2017, 14:26

2017-yilda xorijiy investitsiyalar hajmi 4,5 mlrd dollarga yetishi mumkin

4,5 mlrd dollarga teng rekord darajadagi xorijiy qo‘yilmalar qariyb 200 ta loyihaga yo‘naltiriladi.

27 fevral 2017, 14:33

MAK apreldan Dushanbega parvozlarni amalga oshirishni boshlaydi

O‘zbekiston Milliy aviakompaniyasi Toshkentdan Dushanbega reyslarni apreldan amalga oshirishni boshlaydi.

23 fevral 2017, 19:14

Qozog‘istonda Ravon Nexia yig‘iladi

Qozog‘istonda mart oyidan GM Uzbekistan avtomobillarini yig‘ish boshlanadi.

23 fevral 2017, 10:40

O‘zbekistondagi turizm muammolari rasman e’tirof etildi

Ma’muriy to‘siqlar, rivojlanmagan infratuzilma va servis, qimmat tariflar va kadrlar yetishmasligi — turizm rivojlanishiga xalal berayotgan asosiy sabablardan.

22 fevral 2017, 15:28

«Somon Eyr»: «Dushanbe-Toshkent» reysi yaqin vaqtlarda amalga oshiriladi

Dushanbedan Toshkentga birinchi doimiy reys «Somon Eyr» tomonidan hujjatlarning o‘z vaqtida jo‘natilmagani sababli amalga oshmadi.

21 fevral 2017, 22:25

Toshkentda 5000−6000 dona to‘lov terminallari yetishmasligi ma’lum qilindi

Soliq organlari inventarizatsiyadan o‘tkazgan to‘rt kun ichida Toshkentda 1700 terminal yetishmasligi ma’lum bo‘ldi.

21 fevral 2017, 12:31

O‘zbekistonda 10 ming so‘mlik banknotalar muomalaga chiqariladi

O‘zbekiston Markaziy banki 10 ming so‘mlik banknotalarni muomalaga chiqaradi.

20 fevral 2017, 22:48

Dollarning rasmiy kursi qariyb 50 so‘mga qimmatlashadi

Seshanbadan dollarning rasmiy kursi birvarakayiga 47,52 so‘mga qimmatlaydi. So‘nggi haftada o‘sish taxminan 15 so‘mni tashkil etgan edi.

20 fevral 2017, 18:42

Qattiq qazilma konlarini o‘zlashtirishga investitsiyalar hajmi oshiriladi

O‘zbekistonda 70 foizdan ortiq qattiq qazilma konlari qayta ishlashga jalb qilinmagan.

20 fevral 2017, 17:27

Tallimarjon IESda ikkinchi BGU blokini ishga tushirish ishlari yakunlandi

Tallimarjon IESda ikkinchi bug‘-gaz uskunasini ishga tushirish ishlari yakunlandi.

20 fevral 2017, 11:12

Dori vositalarini chakana sotishni litsenziyalash hokimiyatlar tomonidan amalga oshiriladi

Dori vositalarini sotishni litsenziyalashdagi o‘zgarishlar narxlarning ko‘tarilishiga qarshi kurashga qaratilgan.

17 fevral 2017, 15:55

Tohirjon Jalilov “O‘zavtosanoat” raisi o‘rinbosari lavozimiga qaytdi

2010−2016-yillarda “O‘zavtosanoat” raisi o‘rinbosari bo‘lgan Tohirjon Jalilov o‘z lavozimiga qaytdi.

16 fevral 2017, 19:06

Kichik tadbirkorlikni rivojlantirish kafolat jamg‘armasi tashkil etildi

Kichik tadbirkorlikni rivojlantirish kafolat jamg‘armasi bank kreditlarini olishda yetishmayotgan kafillik muammosini hal etadi.

16 fevral 2017, 18:12

Savdo va xizmat ko‘rsatish ob’yektlariga terminallarsiz ishlash taqiqlandi

1-martdan chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida hisob terminallarsiz ishlash taqiqlanib, narxlarni sun’iy oshirganlik uchun jarima belgilandi.

16 fevral 2017, 11:19

Pensionerlar nafaqa pulini qanday shaklda olishni o‘zlari tanlashi mumkin

Pensiya to‘lash shaklini (naqd yoki kartaga) tanlash uchun nafaqaxo‘rlar pensiya jamg‘armasi bo‘limiga murojaat qilishlari lozim.

15 fevral 2017, 21:44

Mintaqaviy avtomobil yo‘llarini rivojlantirish dasturi qabul qilindi

Prezident 2017−2018-yillarda mintaqaviy avtomobil yo‘llarini rivojlantirish dasturini tasdiqladi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting