Iqtisodiyot

25 avgust 2021, 16:42

7 oy ichida o‘tgan uch yildagidan 2,3 barobar ko‘p elektromobil import qilindi

Yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonga 432 ta yoki o‘tgan yildagi umumiy ko‘rsatkichdan 2,3 barobar ko‘proq elektromobil import qilindi. Ular asosan Xitoydan olib kirildi.

25 avgust 2021, 16:24

O‘zbekistonning Afg‘onistondagi iqtisodiy loyihalari va mamlakatlar o‘rtasidagi savdo ko‘rsatkichlari

Afg‘oniston O‘zbekiston uchun eng yirik savdo bozorlaridan biri hisoblanadi. 2020 yilda O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasi 779 mln dollarni, 2021 yilning yanvar-iyun oylarida — 351,9 mln dollarni tashkil qilgan. «Gazeta.uz» ikki davlat o‘rtasidagi import va eksport tarkibi hamda O‘zbekistonning Afg‘onistondagi loyihalari haqida ma’lumotlar taqdim etadi.

25 avgust 2021, 14:22

Umumiy ovqatlanish korxonalari yil oxirigacha yer va mol-mulk solig‘idan ozod qilinadi

Prezident qarori bilan 2021 yil 1 sentyabrdan 31 dekabrgacha umumiy ovqatlanish korxonalari yer va mol-mulk solig‘idan ozod qilinadi. 15 avgust holatiga ko‘ra mavjud qarzdorlikni, soliq bo‘yicha jarimalarni 2022 yil 1 yanvardan 1 iyulga qadar foizlarni undirmasdan teng miqdorlarda kechiktirib (bo‘lib-bo‘lib) to‘lashi mumkin. Shuningdek, qaror bilan 2023 yil 1 sentyabrgacha turistik (mehmonxona) yig‘imini hisoblash va to‘lash to‘xtatiladi.

25 avgust 2021, 12:00

Moliya vazirligi byudjet intizomini buzgan va kamomadga yo‘l qo‘ygan vazirliklar ro‘yxatini e’lon qildi

Moliya vazirligi tomonidan 6 oy davomida o‘tkazilgan 3480 ta nazorat tadbirlarida 372,7 mlrd so‘mlik byudjet intizomini buzish, pul va tovar-moddiy boyliklari kamomadi aniqlangan. Shundan eng ko‘p qonunbuzilish Xalq ta’limi, Maktabgacha ta’lim, Sog‘liqni saqlash va Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirliklari hamda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasiga to‘g‘ri kelmoqda.

25 avgust 2021, 11:21

Prezident qimmatbaho metallar va toshlar to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

Prezident “Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar to‘g‘risida"gi qonunni imzoladi. Hujjat xususiy sektorga qimmatbaho metallar aylanmasi sohasida ochiq ishlash imkoniyatini beradi va bu sohada yashirin iqtisodiyotning oldini olishga xizmat qilishi kerak.

24 avgust 2021, 16:23

Dollarning rasmiy kursi biroz pasaydi

Dollarning rasmiy kursi 6,79 so‘mga pasaydi va jami 10 634,35 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham pasaydi, rubl kursi esa biroz ko‘tarildi.

24 avgust 2021, 12:27

Fuqarolarning iqtisodiy holati, ijtimoiy kayfiyati jarimalar miqdori oshishiga tayyor emas — XDP

Xalq demokratik partiyasi O‘zbekistonda 1 sentyabrdan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar miqdori oshishiga munosabat bildirdi. Qayd etilishicha, oylik oshirilishi bilan bir vaqtda bazaviy hisoblash miqdori va to‘lanadigan jarimalar hajmi oshishi jamoatchilik orasida savollar tug‘diryapti. «BHMning oshishi tor doiradagi qatlamga manfaatli bo‘lishi mumkin, ammo jarimalar oshishi barchaga birdek qiyinchilik tug‘dirishi mumkin», — deyiladi partiya munosabatida.

24 avgust 2021, 12:12

Surxondaryoda tadbirkorlikni rivojlantirish va bandlikni ta’minlash uchun 200 mln dollar ajratiladi

Surxondaryo viloyatida kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni rag‘batlantirish, aholi bandligini ta’minlash maqsadida Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan 150 mln dollar mablag‘ ajratiladi. Shuningdek, xalqaro moliya institutlaridan jalb qilinayotgan qarz mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha 50 mln dollar hududda issiqxona xo‘jaligini rivojlantirishga yo‘naltiriladi.

23 avgust 2021, 20:14

O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish hajmi qariyb 44 ming donaga kamaydi

O‘zbekistonda 7 oy ichida 124,9 ming dona — o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 25,9 foizga kam avtomobil ishlab chiqarildi. Nexia va Spark modellarini ishlab chiqarishda eng ko‘p tushish qayd etildi.

23 avgust 2021, 16:14

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi 0,54 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 641,14 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.

23 avgust 2021, 14:36

Bu Andersson Uzauto Motors bosh direktori bo‘ldi

Shvetsiyalik Bu Andersson UzAuto Motors bosh direktori etib tayinlandi. Ilgari u «Gruppa GAZ», «AvtoVAZ «prezidenti va Yazaki`ning Yevropa bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishlagan.

23 avgust 2021, 12:17

Prezident tadbirkorlar bilan uchrashuvda e’lon qilgan eng muhim o‘zgarishlar

Shavkat Mirziyoyev 20 avgust kuni tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Unda kreditlar endi faqat so‘mda berilishi, mikromoliya tashkilotlari uchun yengilliklar, biznes uchun soliq yukini kamaytirish, yer sotish va xususiylashtirish, infratuzilma yaratish, eksportyorlarni qo‘llab-quvvatlash, transport-logistika tizimini rivojlantirish va tadbirkorlikka oid tartiblarni soddalashtirish yo‘nalishlarida qator yangiliklar e’lon qilindi. «Gazeta.uz» ushbu uchrashuvda ta’kidlangan barcha muhim o‘zgarishlarni taqdim etadi.

20 avgust 2021, 21:38

«Eksportga yuborgan mashinamizni ichki bozorga nisbatan 30−40 foizga arzonroq sotar edik» — prezident

O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar eksportga ichki bozorga nisbatan 30−40 foiz arzonroqqa sotilgan, deya ta’kidladi prezident. Uning so‘zlariga ko‘ra, kelgusida raqobat muhitining shakllanishi, Toshkent, Namangan va Jizzax viloyatlarida yangi zavodlar qurilishi natijasida avtozavod o‘z faoliyatini tubdan qayta ko‘rib chiqishiga to‘g‘ri keladi.

20 avgust 2021, 17:21

Dollarning rasmiy kursi dushanbadan ko‘tariladi

To‘rt kun ketma-ket pasayishdan so‘ng, dollarning rasmiy kursi 8,60 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 640,60 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari pasayishda davom etmoqda.

20 avgust 2021, 16:59

Prezident 20 avgustni «Tadbirkorlar kuni» deb e’lon qilishni taklif etdi

Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan uchrashuvni har yili o‘tkazish kerakligini ta’kidlab, 20 avgustni mamlakatda «Tadbirkorlar kuni» deb e’lon qilishni taklif qildi.

20 avgust 2021, 16:29

Yuk mashinalari importiga imtiyozlar joriy qilinmoqda

2025 yilga qadar O‘zbekistonga ayrim turdagi yuk mashinalarini olib kirganda bojxona boji, utilizatsiya va avtotransport yig‘imlarining nol stavkalari qo‘llaniladi.

20 avgust 2021, 14:45

5000 va 10 000 so‘mlik kupyuralarning yangi dizayni e’lon qilindi

5000 so‘m va 10 000 so‘m nominaldagi yangi banknotalar 26 avgustdan muomalaga chiqariladi. Markaziy bank ularning dizaynini e’lon qildi. 2013 yil va 2017 yil namunasidagi banknotalar to‘lov qobiliyatini yo‘qotmaydi.

20 avgust 2021, 12:51

“Soliq idoralari qo‘llayotgan ayrim jarimalar soni ortgani meni xavotirga solmoqda” — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev soliq idoralari qo‘llayotgan ayrim jarimalar soni va miqdorining ortgani uni xavotirga solayotganini ta’kidladi. Soliq ma’murchiligini soddalashtirish, soliq idoralarining nazorat funksiyalarini takomillashtirish yuzasidan, jiddiy choralarni amalga oshirish zarurligi aytildi.

20 avgust 2021, 11:53

«Inflyatsiya darajasini joriy yilda 10 foizga, kelgusi ikki yilda 5 foizga tushirishni reja qilganmiz» — prezident

Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan muloqotda hamma arzon kredit olishni xohlashini, biroq foizni sun’iy pasaytirish bozordagi muvozanatga salbiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidladi. «Lekin, kredit foiz stavkalarini sun’iy pasaytirsak, pul bozoridagi muvozanat buziladi. Shuning uchun, iqtisodiyotga arzon kredit beramiz deb, makroiqtisodiy barqarorlikni unutib qo‘ymasligimiz lozim», — dedi davlat rahbari.

20 avgust 2021, 11:41

Banklarga beriladigan kreditlar muddatini cheklash amaliyoti bekor qilinadi

Prezident tadbirkorlarga kreditni milliy valyuta — “so‘m"da va biznes vakillari uchun maqbul foizlarda berish tizimi yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi. 1 oktyabrdan ilgari 1 mln dollargacha xorijiy valyutada olingan 6 mingga yaqin tadbirkorning jami 1 mlrd dollarga yaqin kreditlari milliy valyutaga o‘tkazib berilishi aytildi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting