12 avgust, chorshanba COVID-19 Ob-havo Zira Vakansiyalar

Iqtisodiyot

8 may 2020, 14:13

Birinchi chorakda O‘zbekistonga 1,2 mln sayyoh keldi

Yanvar-martda O‘zbekistonga kelgan sayyohlar soni 12 foizga kamayib, 1,2 mln kishini tashkil etdi. Ularning aksariyati (87,9 foizi) qarindoshlarining ziyoratiga, 9,3 foizi esa sayohat uchun tashrif buyurdi.

7 may 2020, 21:50

Surxondaryo, Andijon va Navoiyda 110 mingta oila kambag‘allikdan chiqariladi

Prezident Surxondaryoda 55 mingta, Andijonda 41 mingta, Navoiy viloyatida 14 mingta oilani kambag‘allikdan chiqarish lozimligini ta’kidladi. Buning uchun qo‘shimcha turtki berilishi kerak bo‘lgan uchta yo‘nalish ko‘rsatib o‘tildi.

7 may 2020, 15:31

To‘qimachilik sanoatini qo‘llab-quvvatlash uchun kechiktirib bo‘lmaydigan choralar belgilandi

Koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan inqirozning to‘qimachilik sanoatiga salbiy ta’sirini yumshatish uchun kechiktirib bo‘lmaydigan choralar, jumladan, soliq va bojxona imtiyozlari belgilandi.

7 may 2020, 14:48

Koronavirusga qarshi kurashayotgan 16 ming tibbiyot xodimi rag‘batlantirildi

Koronavirusga qarshi kurash tadbirlariga respublika bo‘yicha 16 mingga yaqin tibbiyot xodimi jalb qilinib, ularga qariyb 55 mlrd so‘m miqdorida maxsus rag‘batlantirish va qo‘shimcha kunlik to‘lovlar to‘lab berildi.

7 may 2020, 12:36

O‘zbekistonda kartoshkachilik klasterlari va kooperatsiyalari tashkil etiladi

Prezident qaroriga binoan, O‘zbekistonda kartoshkachilik klasterlari va kooperatsiyalari tashkil etiladi, tumanlar hamda hududlar kartoshka yetishtirishga ixtisoslashtiriladi, kartoshkachilik sohasiga oid bir qator yangiliklar va imtiyozlar joriy etiladi. 2023 yil 1 iyulgacha chetdan olib kirilayotgan urug‘lik kartoshka bojxona bojidan ozod etiladi.

5 may 2020, 18:25

Senat: Andijonda byudjet mablag‘laridan maqsadsiz foydalanilgan

Andijon viloyatida mahalliy byudjetga qo‘shimcha manbalar hisobidan qariyb 112,4 mlrd so‘mlik manbasiz va maqsadsiz xarajatlarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi. To‘plangan materiallar viloyat prokuraturasiga taqdim etildi.

5 may 2020, 16:27

Sardoba suv omborini kim qurgan?

“O‘zbekiston temir yo‘llari” qoshidagi “O‘ztemiryo‘lqurilishmontaj” korxonasi Sardoba suv ombori qurilishida bosh pudratchi bo‘lgan. 10 dan ortiq kompaniya esa — subpudratchi. Gidroinshoot qiymati 1,3 trln so‘mni (404 mln dollar) tashkil etgan.

5 may 2020, 13:55

Pandemiya sharoitida fors-major

Qanday qilib tadbirkor o‘z faoliyatini amalga oshirish paytida yengib bo‘lmas kuch (fors-major) holatlarini isbotlay oladi va fors-major holatlarida majburiyatlarni bajarmasa bo‘ladimi? Koronavirus pandemiyasi munosabati bilan tadbirkorlik sub’ektlari uchun eslatma.

4 may 2020, 20:19

Energiya samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi

Prezident uch smenada ish tashkil etgan tadbirkorlarga kechki smena uchun elektr tarifini 1,5 baravar kamaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

4 may 2020, 14:29

Pandemiyadan so‘ng iqtisodiy tiklanish uchun o‘rtacha 3−12 oy kerak bo‘ladi

Markaziy bank karantin davri tugaganidan so‘ng iqtisodiy tiklanish qancha davom etishi mumkinligi bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganib chiqdi. Unga ko‘ra, pandemiyadan eng ko‘p zarar ko‘rgan sohalarni tiklashga o‘rtacha 3−12 oy kerak bo‘ladi. Bunda, turizm, xizmatlar va chakana savdo hamda yo‘lovchi tashish sohalarida iqtisodiy faollik nisbatan sekin tiklanishi kutilmoqda.

4 may 2020, 12:48

Markaziy bank: 2020 yilda YAIMning o‘sishi 1,5 foizga tushadi

Markaziy bank koronavirus pandemiyasi sababli 2020 yilda mamlakat yalpi ichki maxsulotining o‘sish sur’atlari ko‘zlangan 5,2−5,5 foizdan 1,5−2,5 foizgacha pasayishini kutmoqda. Shuningdek, transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi o‘tgan yilga nisbatan 30−35 foizga qisqarishi prognoz qilinmoqda.

4 may 2020, 11:26

O‘zbekistonda elektr energiya bilan ta’minlash strategiyasi qabul qilindi

Hukumat tomonidan 2030 yilgacha mamlakatni elektr energiya bilan ta’minlash strategiyasi qabul qilindi. Unga ko‘ra, 2030 yilgacha elektr energiya ishlab chiqarishni 5900 MVt dan 29200 MVt gacha ko‘paytirish, tabiiy gaz sarfini qisqartirish hamda elektr energiyani uzatishda yo‘qotishlarni sezilarli darajada kamaytirish rejalashtirilgan.

1 may 2020, 19:44

Ipoteka kreditlari muddati 15 yildan 20 yilgacha uzaytiriladi

Aholiga ajratiladigan ipoteka kreditlari, shu jumladan bugungi kunga qadar ajratilgan ipoteka kreditlari muddati 15 yildan 20 yilgacha uzaytiriladi. Shaharlarda 2 va undan ko‘p xonali kvartiralar uchun dastlabki badalning 10 foizi davlat tomonidan qoplab beriladi.

1 may 2020, 19:37

Uzcard onlayn-omonatlar uchun yana to‘lov olishni boshladi

Uzcard onlayn-omonatlar bo‘yicha banklardan 0.25 foiz miqdorida to‘lov olishni boshladi. Ushbu xizmatni ommalashtirish maqsadida 2018 yil sentyabr oyidan to‘lov olish to‘xtatilgan edi, lekin ba’zilar ushbu imtiyozdan soliq to‘lashni chetlab o‘tish maqsadida foydalanishmoqda, deya ta’kidladi Uzcard rahbari.

1 may 2020, 13:42

Turkiy kengash davlatlari xalqaro transport yo‘lagida o‘zaro imtiyozlar berishga kelishib oldi

Turkiy kengash davlatlari transport vazirlari Transkaspiy xalqaro transport yo‘lagi orqali yuk tashishda o‘zaro imtiyozlar berishga kelishib oldi.

1 may 2020, 12:46

JB koronavirus ta’sirini yumshatish uchun O‘zbekistonga 200 mln dollar ajratadi

Jahon banki O‘zbekistonga koronavirus pandemiyasi oqibatlarini yumshatish uchun qo‘shimcha 200 mln dollar ajratadi. Mablag‘lar sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya tizimini mustahkamlashga, shuningdek, iqtisodiy tarmoqlarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.

30 aprel 2020, 20:57

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi jahon inqiroziga izoh berdi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hozirda kuzatilayotgan iqtisodiy inqiroz inson sog‘ligi inqiroziga bog‘liqligini ta’kidladi. Bundan tashqari, ushbu inqiroz bir vaqtning o‘zida talab va taklifning qisqarishi bilan izohlanishi aytilmoqda. Kasallik tarqalishiga bog‘liq yuqori darajadagi noaniqliklar qaror qabul qilish uchun katta qiyinchiliklar keltirib chiqarayotganligi aytilmoqda.

30 aprel 2020, 17:40

JB firibgarlik qilgan o‘zbek kompaniyasiga sanksiyalar joriy qildi

Jahon banki O‘zbekistonning Mega-Mebiko kompaniyasini firibgarlik uchun o‘z loyihalarida ishtirok etishdan 30 oyga chetlashtirdi.

29 aprel 2020, 21:27

Fermer va dehqonlarga hududlararo harakatlanishga ruxsat berildi

Shavkat Mirziyoyev dehqon va fermerlarga viloyatlar va tumanlar o‘rtasida harakatlanishga ruxsat berishni topshirdi. IIV ularning avtomobillarini postlarda kutib olib, yarmarka va savdo nuqtalariga qadar kuzatib boradi. Prezident vaziyat yaxshilanishi bilan 10 maydan so‘ng karantin bosqichma-bosqich yumshatilishini ma’lum qildi.

29 aprel 2020, 12:03

Barcha qishloqlar va mahallalarni yuqori tezlikdagi internetga ulash belgilandi

2020−2021 yillarda barcha qishloq va mahallalarni yuqori tezlikdagi internetga ulash hamda zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlaridan barcha hududlarda foydalanish imkoniyatini ta’minlash belgilandi. Davlat organlari va tashkilotlaridagi barcha xat hamda yuridik hujjatlar faqat pochta orqali yetkazib beriladi.