8 avgust, shanba COVID-19 Ob-havo Zira Vakansiyalar

Iqtisodiyot

13 may 2020, 20:15

Samolyot va poyezd qatnovlari qisman tiklanadi

O‘zbekistonda Toshkent bilan Nukus, Urganch va Termiz o‘rtasidagi aviaqatnovlar, shuningdek, ayrim viloyatlarda poyezdlar harakatini qayta tiklash rejalashtirilmoqda. Xizmat ko‘rsatishga bosqichma-bosqich ruxsat beriladi. Shaharlarda shaxsiy avtomobilda harakatlanish cheklovlarini olib tashlash masalasi o‘rganilmoqda.

13 may 2020, 17:05

“O‘zbekneftgaz” AI-92 markali benzin narxini 500 so‘mga arzonlashtirdi

UNG yoqilg‘i quyish shoxobchalarida 15 may kunidan boshlab Ai-92 markali benzin narxi yana 500 so‘mga arzonlashtirildi va 5000 so‘m qilib belgilanadi.

13 may 2020, 16:56

Buxoro viloyatida kuchli shamol yetkazgan zarar 141,6 mlrd so‘mni tashkil etmoqda

Buxoro viloyatida 27 aprel kuni sodir bo‘lgan kuchli shamol natijasida ko‘rilgan zarar 141,6 milliard so‘mni tashkil etmoqda. Aholi turar joylari va ijtimoiy soha ob’ektlariga yetkazilgan zararni bartaraf etishda jami 32 530 nafar quruvchilar va maxsus texnika jalb etilgan. Viloyatda elektr energiyasi, tabiy gaz va ichimlik suvi ta’minoti tiklangan.

13 may 2020, 14:27

YeTTB: 2020-yilda O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti 1,5 foizni tashkil etadi

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) koronavirus pandemiyasi tufayli 2020-yili O‘zbekiston YAIM 1,5 foizga o‘sishini, 2021-yilda esa 6,5 foizga qayta ko‘tarilishini prognoz qilmoqda.

13 may 2020, 11:06

2025 yilgacha qator banklarda davlat ulushi xususiylashtiriladi

Prezident qaroriga binoan, O‘zbekistonda 2020−2025 yillarga mo‘ljallangan bank tizimini isloh qilish strategiyasi tasdiqlandi. Unga ko‘ra, 2025 yilgacha bir qator banklarda davlat ulushi xususiylashtiriladi va tijorat banklarini transformatsiya qilish hamda bank ishining zamonaviy standartlarini bo‘yicha loyiha ofisi tashkil etiladi.

12 may 2020, 12:28

O‘zbekistonda hududlar qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining muayyan turlarini yetishtirishga ixtisoslashtiriladi

Prezident qaroriga binoan, O‘zbekistonda hududlar qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining muayyan turlarini yetishtirishga ixtisoslashtiriladi. Eksperiment tariqasida 2020−2022 yillar davomida Jizzax viloyatining jami 116,3 ming gektar qo‘shimcha yer maydonlari qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashtiriladi.

11 may 2020, 18:19 1

Tezkor mobil internet qamrovini 90 foizga yetkazish vazifasi qo‘yildi

Prezident ijtimoiy ob’ektlarni yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlash, tezkor mobil internet qamrovini yil yakunigacha 90 foizga yetkazish hamda 30 million dollarlik «data sentr» qurish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Eng zarur bo‘lgan davlat xizmatlari tezkor ravishda elektron shaklga o‘tkaziladi.

11 may 2020, 12:18

AQSHda ishsizlik “Buyuk Depressiya” darajasiga yetishi taxmin qilinmoqda

AQSHda ishsizlik darajasi 1930 yillardagi “Buyuk Depressiya” davridan beri eng yuqori ko‘rsatkichga yetmoqda — 14,7 foiz. Donald Trampning ikki yuqori darajali iqtisodiy maslahatchilari AQSHda koronavirus pandemiyasi davom etavergan holda ishsizlik darajasi ko‘tarilashi va iyun oyida ishsizlik ko‘rsatgichi 20 foizgacha yuqorilashi mumkinligini ma’lum qilishdi.

11 may 2020, 11:15

Dollar kursi yana o‘sishni boshladi

Ikki haftadan beri arzonlashayotgan AQSH dollari yana o‘sishni boshladi. Markaziy bank xorijiy valyutalarning 12 maydan yangi kursini e’lon qildi.

8 may 2020, 17:33

Aprel oyida so‘m 5,8 foizga qadrsizlandi

Yanvar-aprel oylarida Markaziy bankning valyuta intervensiyalari hajmi 1,5 mlrd AQSH dollariga teng bo‘lib, uning uchdan bir qismi (507 mln AQSH dollari) aprel oyiga to‘g‘ri keldi. Pul o‘tkazmalari hajmi pasayib, o‘tgan oyda milliy valyuta 5,8 foizga qadrsizlandi.

8 may 2020, 17:22

Eksport qiluvchilarga transport xarajatlari qisman kompensatsiya qilib beriladi

Prezident qaroriga binoan, eksport qiluvchi korxonalarga mahsulotlarni eksport qilishda avtomobil, havo va temir yo‘l transportida tashish xarajatlarini qisman kompensatsiya qilishga subsidiyalar taqdim etiladi. Shuningdek, ularning qarzdorligi mavjudligini tekshirish amaliyoti 2021 yil 1 yanvarga qadar bekor qilinadi.

8 may 2020, 16:29

AQSH Sardoba suv ombori falokatidan aziyat chekkan oilalarga yordam beradi

AQSH hukumati Sardoba suv ombori o‘pirilishining oqibatlarini bartaraf etish uchun 100 ming dollar ajratadi. Ushbu mablag‘ suv ombori o‘pirilishi natijasida o‘z uylaridan ko‘chirilgan muhtoj oilalarga oziq-ovqat va boshqa zarur vositalarni tarqatish uchun O‘zbekistonga mazkur inqirozdan qutulish va qayta tiklanishda yordam berishga yo‘naltiriladi.

8 may 2020, 14:13

Birinchi chorakda O‘zbekistonga 1,2 mln sayyoh keldi

Yanvar-martda O‘zbekistonga kelgan sayyohlar soni 12 foizga kamayib, 1,2 mln kishini tashkil etdi. Ularning aksariyati (87,9 foizi) qarindoshlarining ziyoratiga, 9,3 foizi esa sayohat uchun tashrif buyurdi.

7 may 2020, 21:50

Surxondaryo, Andijon va Navoiyda 110 mingta oila kambag‘allikdan chiqariladi

Prezident Surxondaryoda 55 mingta, Andijonda 41 mingta, Navoiy viloyatida 14 mingta oilani kambag‘allikdan chiqarish lozimligini ta’kidladi. Buning uchun qo‘shimcha turtki berilishi kerak bo‘lgan uchta yo‘nalish ko‘rsatib o‘tildi.

7 may 2020, 15:31

To‘qimachilik sanoatini qo‘llab-quvvatlash uchun kechiktirib bo‘lmaydigan choralar belgilandi

Koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan inqirozning to‘qimachilik sanoatiga salbiy ta’sirini yumshatish uchun kechiktirib bo‘lmaydigan choralar, jumladan, soliq va bojxona imtiyozlari belgilandi.

7 may 2020, 14:48

Koronavirusga qarshi kurashayotgan 16 ming tibbiyot xodimi rag‘batlantirildi

Koronavirusga qarshi kurash tadbirlariga respublika bo‘yicha 16 mingga yaqin tibbiyot xodimi jalb qilinib, ularga qariyb 55 mlrd so‘m miqdorida maxsus rag‘batlantirish va qo‘shimcha kunlik to‘lovlar to‘lab berildi.

7 may 2020, 12:36

O‘zbekistonda kartoshkachilik klasterlari va kooperatsiyalari tashkil etiladi

Prezident qaroriga binoan, O‘zbekistonda kartoshkachilik klasterlari va kooperatsiyalari tashkil etiladi, tumanlar hamda hududlar kartoshka yetishtirishga ixtisoslashtiriladi, kartoshkachilik sohasiga oid bir qator yangiliklar va imtiyozlar joriy etiladi. 2023 yil 1 iyulgacha chetdan olib kirilayotgan urug‘lik kartoshka bojxona bojidan ozod etiladi.

5 may 2020, 18:25

Senat: Andijonda byudjet mablag‘laridan maqsadsiz foydalanilgan

Andijon viloyatida mahalliy byudjetga qo‘shimcha manbalar hisobidan qariyb 112,4 mlrd so‘mlik manbasiz va maqsadsiz xarajatlarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi. To‘plangan materiallar viloyat prokuraturasiga taqdim etildi.

5 may 2020, 16:27

Sardoba suv omborini kim qurgan?

“O‘zbekiston temir yo‘llari” qoshidagi “O‘ztemiryo‘lqurilishmontaj” korxonasi Sardoba suv ombori qurilishida bosh pudratchi bo‘lgan. 10 dan ortiq kompaniya esa — subpudratchi. Gidroinshoot qiymati 1,3 trln so‘mni (404 mln dollar) tashkil etgan.

5 may 2020, 13:55

Pandemiya sharoitida fors-major

Qanday qilib tadbirkor o‘z faoliyatini amalga oshirish paytida yengib bo‘lmas kuch (fors-major) holatlarini isbotlay oladi va fors-major holatlarida majburiyatlarni bajarmasa bo‘ladimi? Koronavirus pandemiyasi munosabati bilan tadbirkorlik sub’ektlari uchun eslatma.