Iqtisodiyot

12 oktabr 2021, 17:54

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 18,01 so‘mga ko‘tarilib, 10 684,01 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham ko‘tarildi, rubl kursi esa pasaydi.

12 oktabr 2021, 16:12

Pandemiya va vaksinatsiyaning kechikishi. Fitch — O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun xatarlar haqida

Fitch O‘zbekistonning suveren reytinglarini «BB-» darajasida barqaror bashorat bilan saqlab qoldi. Reyting agentiligining kutilmalariga ko‘ra, 2021 yilda mamlakat iqtisodiyoti 6,2%ga, inflyatsiya 9,8%ga va davlat qarzi YAIMning 42%gacha o‘sadi. Shu bilan birga, pandemiya va vaksinatsiya jarayonini amalga oshirish bo‘yicha kechikishlar O‘zbekistonga salbiy ta’sir qilishi mumkin.

12 oktabr 2021, 14:17

Fitch: O‘zbekiston banklari aktivlarining sifat ko‘rsatkichlari pasaymoqda va kelgusida yanada yomonlashishi kutilmoqda

O‘zbekiston bank sektorida aktivlar sifatining yomonlashishi xavfi ortib bormoqda, deya qayd etdi Fitch. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilda aktivlarning sifat ko‘rsatkichlari pasaygan va bundan keyin ham yomonlashishi kutilmoqda. Bunga sabab — kredit ta’tillari muddati nihoyasiga yetganligi va ko‘p sonli kreditlar uchun imtiyozli davrlar yakunlanganligi.

12 oktabr 2021, 11:44

Onix savdolari 2022 yil yakunidan boshlanadi

UzAuto Motors Onix avtomobilini seriyalari ishlab chiqarish sinov tugagach boshlanishini, sotuvlar esa 2022 yilning oxiri — 2023 yil boshidan amalga oshirilishini ma’lum qildi.

12 oktabr 2021, 00:02

Misdan olinadigan daromadlarni ko‘paytirish bo‘yicha takliflar ilgari surildi

O‘zbekiston mis mahsulotlarini sotishdan 2,5 milliard dollar daromad oladi, bu metalning qariyb 60 foizi xomashyo sifatida eksport qilinadi. Elektr transport vositalari va elektrotexnika ishlab chiqarishni ko‘paytirish hisobiga 2030 yilga borib global talabning 40 foizga o‘sishi kutilmoqda. Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi OKMK mis klasteri bazasida elektromobillarni quvvatlash shoxobchalari hamda elektromobillar va elektr avtobuslar ishlab chiqarishni o‘zlashtirishni tavsiya qildi.

11 oktabr 2021, 16:10

Dollarning rasmiy kursi pasaydi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 14,37 so‘mga pasayib, 10 666 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham pasaydi, rubl kursi esa ko‘tarildi.

10 oktabr 2021, 19:22

Yevropada gaz narxlari keskin pasaydi. FT buni Putinning energetika masalalari yuzasidan qilgan chiqishi bilan izohladi

7 oktabr kuni gaz fyucherslari narxi keskin — 22 foizga pasayib, ming kubometr uchun 1000 dollardan kamroqni tashkil qildi. Financial Times nashri gaz narxlari qulashini Rossiya prezidenti Vladimir Putinning energetika masalalari yuzasidan qilgan chiqishi bilan bog‘lamoqda. RT nashriga ko‘ra, ekspertlar Yevropa gaz bozoridagi vaziyat vaqt o‘tishi bilan muvozanatga kelishi mumkinligiga ishonch bildirmoqda.

8 oktabr 2021, 18:44

Yanvar-sentabr oylarida onlayn-auksionlar orqali 221,1 mlrd so‘mlik «chiroyli» avtoraqamlar sotilgan

2021 yilning 9 oyi davomida onlayn-auksion orqali jami 221,1 mlrd so‘m qiymatda 105,6 mingdan ziyod «chiroyli» raqamlar xarid qilingan. Eng qimmat sotilgan avtoraqamning narxi 441,5 mln so‘mni tashkil qilgan. Shuningdek, tovar-xom ashyo birjasidagi savdolar bo‘yicha boshqa ma’lumotlar ham taqdim etildi.

8 oktabr 2021, 16:13

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 2,48 so‘mga ko‘tarilib, 10 680,37 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.

8 oktabr 2021, 12:55

Qozog‘iston O‘zbekiston bilan chegaradagi bojxona postini modernizatsiya qildi

Qozog‘istonda O‘zbekiston bilan chegarada «Bauirjan Konisbayev» (O‘zbekiston tomonidan «Yallama» bilan tutash) bojxona posti modernizatsiya qilindi. Hozircha bu yerdan faqat yuk mashinalari o‘tmoqda.

8 oktabr 2021, 09:28

Yana 270 ta radar o‘rnatish joyi kimoshdi savdosiga qo‘yildi

Onlayn kimoshdi savdosiga yana 270 ta radar va kamera o‘rnatish joylari chiqarildi. Eng ko‘p uchastka Toshkent viloyatida, eng kami — Xorazmda.

7 oktabr 2021, 17:37

OTB O‘zbekistonda moliyaviy bozorlarni rivojlantirish uchun 100 mln dollar ajratadi

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonda raqobatbardosh moliyaviy bozorlarni rivojlantirish uchun 100 mln dollarlik kreditni ma’qulladi. Kredit mablag‘lari mamlakatda moliyaviy bozorlar uchun qulay muhit yaratishda zarur bo‘lgan davlat siyosati, qonunchilik hamda institutsional islohotlarni qo‘llab-quvvatlash uchun yo‘naltirilishi ko‘zda tutilmoqda.

7 oktabr 2021, 16:10

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 6,85 so‘mga ko‘tarilib, 10 677,89 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.

7 oktabr 2021, 10:46

O‘zbekiston Rossiyadan 1 mln gektar yer maydonini ijaraga olmoqchi

O‘zbekiston Rossiya hududidan 1 mln gektar yer maydonini qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun ijaraga olmoqchi. Bunga O‘zbekistondagi suv resurslari tanqisligi sabab ekanligi aytilmoqda. Ijara yerlaridan olingan hosil O‘zbekistonning ichki bozoridagi talabni qondirishga yo‘naltiriladi. O‘tgan yilning dekabr oyida prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlarga Rossiya hududida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishni taklif qilgan edi.

7 oktabr 2021, 10:18

Tabiiy gaz importchilari bojxona bojini to‘lashdan ozod qilindi

Tabiiy gazni eksportga realizatsiya qilishda aksiz solig‘i stavkasining nol foiz miqdorida belgilangani, tabiiy gaz importchilarining bojxona bojidan ozod qilinayotgani, geologiya-qidiruv va izlanish ishlarining qator soliq va to‘lovlardan ozod qilinayotgani va boshqa yangiliklar — prezident yer qa’ridan foydalanuvchilarni soliqqa tortish bo‘yicha yangi farmonni imzoladi.

6 oktabr 2021, 21:50

Jahon banki 2021 yilda O‘zbekistonda YAIM o‘sishi prognozini yaxshiladi

Jahon banki O‘zbekistonning YAIM o‘sishi bo‘yicha prognozini qaytadan ko‘rib chiqdi va uni 4,8 foizdan 6,2 foizga oshirdi. Iqtisodiy faollikning tiklanishiga ichki investitsiyalar, xalqaro savdo va pul o‘tkazmalarining tiklanishi sabab bo‘lmoqda.

6 oktabr 2021, 16:55

Dollarning rasmiy kursi pasaydi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 17,02 so‘mga pasayib, 10 671,04 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham pasaydi.

6 oktabr 2021, 15:25

Yevropada energiya inqirozi: gaz narxining keskin o‘sishi sabablari va oqibatlari

Yevropada tabiiy gaz narxlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan olti baravarga o‘sdi. 5 oktabr kuni tabiiy gaz fyucherslari narxi ming kub metr uchun qariyb 1200 dollarga yetdi. Yaqinlashayotgan isitish mavsumida gaz tanqisligi xavfi xonadonlarni isitish, elektr energiyasi ta’minoti va sanoat ishlab chiqarishga jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin. Yevropa gaz bozorida naxrlarning rekord darajada ko‘tarilishining sabablari va buning oqibatlari haqida «Gazeta.uz» maqolasida.

6 oktabr 2021, 13:07

O‘zbekiston va Turkmaniston elektr energiya yetkazib berish bo‘yicha qo‘shimcha kelishuv imzoladi

Turkmanistondan O‘zbekistonga elektr energiyasi yetkazib berish haqidagi kelishuv yana bir yilga uzaytirildi. Umumiy hajmlar va narxlar oshkor qilinmadi, ammo ITSV rahbarining birinchi o‘rinbosari Laziz Qudratovning so‘zlariga ko‘ra, tariflar avvalgi darajada saqlanib qolgan.

6 oktabr 2021, 10:03

O‘zbekiston «quruqlik portlari» to‘g‘risidagi bitimga qo‘shildi

O‘zbekiston xalqaro yuklarni tashishni soddalashtirishga mo‘ljallangan «Quruqlik portlari» to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimga qo‘shildi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting