19 yanvar, yakshanba

Iqtisodiyot

2020 yilgi «Fuqarolar uchun byudjet» loyihasi e’lon qilindi 

Moliya vazirligi 2020 yilgi «Fuqarolar uchun byudjet» loyihasini e’lon qildi. Davlat daromadlari — 128,4 trln so‘m, xarajatlar — 131,1 trln so‘m.

Bank-moliya akademiyasi O‘zmilliybank tasarrufiga o‘tkazildi 

Prezident qaroriga muvofiq, Bank-moliya akademiyasi O‘zmilliybank tasarrufiga o‘tkazilib, u akademiyaning ta’sischisi etib belgilandi.

Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, soliq-byudjet siyosati va 2020 yilga mo‘ljallangan parametrlar ko‘rib chiqildi 

Shavkat Mirziyoyev makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, soliq-byudjet siyosati, davlat byudjetining joriy yilda kutilayotgan ijrosi va 2020 yilga mo‘ljallangan parametrlar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

YeTTB O‘zbekistondagi ikkinchi idorasini ochdi 

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Andijonda O‘zbekistondagi ikkinchi idorasini ochdi. U asosan kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlaydi.

«InnoWeek — 2019»: 96,5 million dollarga teng kelishuvlar imzolandi 

«InnoWeek — 2019» innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida o‘tkazilayotgan Xalqaro innovatsion-investitsiya forumida investorlar bilan 96,5 million dollarlik shartnomalar imzolandi.

Farhod Salomov Xalq banki raisi bo‘ldi 

Xalq banki raisi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Farhod Salomov bank boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlandi. Dilmurod Nuritdinov uning birinchi o‘rinbosari bo‘ldi.

Istanbuldan Buxoro va Samarqandga charter reyslar yo‘lga qo‘yiladi 

Turkiyaning «Atlasglobal Airlines» aviakompaniyasi Istanbuldan Buxoro va Samarqandga charter reyslarni yo‘lga qo‘yadi.

«Hyundai» mashinalari 2020 yildan boshlab Namangan konveyeridan chiqa boshlaydi 

2020 yilning birinchi yarim yilligidan boshlab Namangandagi «Hyundai» zavodidan kichik yuk mashinasi, mikroavtobus hamda avtobuslar ishlab chiqarila boshlaydi.

O‘zbekistonda Carrefour super- va gipermarketlari ochiladi 

Toshkentda Carrefour xalqaro brendining supermarket va gipermarketlari tarmog‘i ochiladi.

«Yormok» konidan tabiiy gazning sanoat oqimi olindi 

Qashqadaryodagi «Yormok» konidan tabiiy gazning sanoat oqimi olindi

Pensiya tayinlash uchun taqdim etiladigan hujjatlar soddalashtirildi 

Pensiya ta’minoti tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

350 dan ortiq neft va gaz quduqlarida ta’mirlash ishlari amalga oshirildi 

«O‘zbekneftgaz» korxonalari tomonidan 350 tadan ortiq neft va gaz quduqlarida ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. 2019 yilning oxirigacha 207 ta neft va gaz quduqlarida ta’mirlash mo‘ljallangan.