21 noyabr, payshanba

Iqtisodiyot

Orenburg viloyatida o‘zbek mahsulotlari uchun xab quriladi 

Orenburg viloyatida O‘zbekiston meva-sabzavot mahsulotlari ulgurji-taqsimlash markazini qurish rejalashtirilmoqda.

Fuqarolarga mikroqarz berish bilan bog‘liq qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi 

«Iqtisodiy munosabatlar va tadbirkorlik rivojlantirilishiga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qonun ko‘rib chiqildi.

Sirdaryoda piyodani o‘limiga sababchi bo‘lib, voqea joyidan qochib ketgan shaxs ushlandi 

Sirdaryo tumanida 25 sentyabr kuni noma’lum haydovchi aniqlanmagan avtomashina bilan piyoda R.X.ni urib yuborib, o‘limiga sababchi bo‘lib, voqea joyidan ketib qolgandi.

Pensiya ta’minoti tizimi yanada takomillashtirildi 

Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Bojxona hududiga keladigan tovarlar va transport vositalarini rasmiylashtirish soddalashtiriladi 

Bojxona hududiga keladigan tovarlar va transport vositalarini rasmiylashtirishda bojxona tartibotlarini soddalashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.

Hindiston kompaniyasi O‘zbekistonda onkologik dori vositalarini ishlab chiqaradi 

Hindistonning Beta Drugs kompaniyasi O‘zbekistonda onkologik preparatlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi. Zavodning yillik quvvati 72 million tabletka va kapsulani tashkil etadi.

Jamg‘arib boriladigan pensiyaning umumiy miqdori 2,9 trillion so‘mdan oshdi 

«Xalq banki» filiallarida pensiya ta’minoti tizimi ishtirokchilari soni 11,3 millionga yetib, ulardagi mablag‘lar miqdori 2,9 trillion so‘mdan oshgan.

Davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonun 113,2 mlrd so‘mni iqtisod qildi 

Davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonun qabul qilinganidan so‘ng davlat byudjetidan 113,2 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ iqtisod qilindi.

Poytaxtdagi 606,5 mingdan ziyod ob’ekt mol-mulk va yer soliqlarini to‘lab ulgurdi 

Toshkentda mol-mulk va yer solig‘ini to‘lashi lozim bo‘lgan 629 mingdan ortiq ob’ektning asosiy qismi to‘lovlarni amalga oshirdi, so‘nggi muddat — 15 oktyabr.

Operatorlar xalqaro internet-kanallariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanish imkoniga ega bo‘ladi 

2020 yilgacha telekom-operatorlar xalqaro internet-kanallariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Markaziy bank qayta moliyalash stavkasini oshirdi 

Markaziy bank qayta moliyalash stavkasini yillik 14 foizdan 16 foizgacha oshirdi.

Yarim yil davomida pul o‘tkazmalari hajmi 2,3 mlrd dollarni tashkil etdi 

Yarim yil davomida O‘zbekistonga yuborilgan xalqaro pul o‘tkazmalari hajmi 2,3 mlrd dollarni tashkil etdi.