21 fevral, juma

Iqtisodiyot

Toshkent-Kazan yo‘nalishida xalqaro avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi 

«Toshkent — Kazan — Toshkent» xalqaro avtobus yo‘nalishi masofasi 2651 km bo‘lib, yo‘nalishga sarflanadigan vaqt 43 soatni tashkil etadi.

Fransiya Bo‘stonliqda sayyohlik zonalarini obodonlashtirish bilan shug‘ullunadi 

Fransuz kompaniyalari konsorsiumi Chorvoq suv omboridagi sayyohlik zonalarini obodonlashtirish bo‘yicha loyihani ishlab chiqadi.

Bojxona jarayonlari soddalashtiriladi 

Bojxonada yo‘laklar tizimi joriy etiladi, Tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchisining tovar va transport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvi uchun sarflaydigan vaqti bojxona postlari xodimlari faoliyati samaradorligining asosiy ko‘rsatkichi hisoblanadi.

«Agrobank»: ham xorijiy tajriba, ham zamonaviy strategiya sari dadil qadamlar 

«Agrobank» ilg‘or xorijiy bank tajribalarni joriy etish uchun xorijdan malakali mutaxassislarni jalb etadi.

MB oltin va kumush tangalarni muomalaga chiqardi 

O‘zbekiston Markaziy banki 1994−2009 yillarda chiqarilgan oltin va kumush esdalik tangalarini sotuvga qo‘ydi.

Investitsiya va boshqaruv kompaniyalarini tashkil qilish amaliyoti kengaytiriladi 

Prezidentning «Tadbirkorlik va innovatsiyalar sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmoni qabul qilindi.

Onlayn-auksionlarda bo‘sh turgan 151 ta davlat mulki ob’ekti 10,2 mlrd so‘mga sotildi 

Onlayn-auksionlarda 151 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ekti 55,3 mlrd so‘m investitsiya kiritish sharti bilan 10,2 mlrd so‘mga sotildi.

MB iqtisodiyotni rivojlantirishning ikki ssenariysini taqdim etdi 

MB yaqin uch yilda O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning bazaviy va qaltis ssenariysini taqdim etdi.

O‘zbekiston banklarni xususiylashtirishga tayyorlanmoqda 

O‘zbekistonda banklarni xususiylashtirish bo‘yicha maxsus dastur tayyorlanmoqda. Hozirda bank sektorida davlat ulushi 86 foizni tashkil etmoqda.

Kreditorlarning huquqiy himoyasi kuchaytiriladi 

Prezident kreditorlarning huquqiy himoyasini kuchaytirish, tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan qarorni imzoladi.

Neft gazlarini utilizatsiya qilishda elektr toki ishlab chiqariladi 

Italiyaning Turboden S.p.A. kompaniyasi O‘zbekistonda yo‘ldosh neft gazlari utilizatsiyasi jarayonida elektr toki ishlab chiqaradi.

«O‘ztransgaz» rahbari vazifasidan ozod etildi 

«O‘ztransgaz» raisi Sharifjon Tursunov vazifasidan ozod qilindi. U mazkur lavozimda olti oydan kamroq vaqt ishladi.