Iqtisodiyot

10 mart 2021, 16:25

O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlarini qayerga eksport qilmoqda?

2020 yil yakuniga ko‘ra, O‘zbekistondan eksport qilingan to‘qimachilik mahsulotlari xajmi 1,86 mlrd dollarni tashkil etdi, bu oltindan tashqari barcha eksport hajmining 20 foizini tashkil etadi. Tekstil masulotlari eksporti hajmining 70% dan ortig‘i (qiymat jihatidan) Rossiya, Xitoy va Qirg‘izistonga to‘g‘ri keladi.

9 mart 2021, 19:22

OAV: Janubiy Afrika Respublikasida ta’qib qilinayotgan aka-uka Guptalar O‘zbekistonda

JARda korrupsiyada ayblanib, ta’qib qilinayotgan va AQSH moliya vazirligi tomonidan sanksiyalar qo‘llanilgan aka-uka Guptalar hozirda O‘zbekistonda, deb yozmoqda Hindistonning Zee Business nashri. Avvalroq OAV Guptani O‘zbekistonda yirik loyihalarni amalga oshirayotgan Jalan oilasi bilan bog‘lagan edi. Murari Jalanning vakillari uning aka-uka Guptalar bilan biznes aloqalari yo‘qligini ta’kidlashmoqda.

9 mart 2021, 16:26

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi 7 so‘mga qimmatladi va jami 10 497 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, rubl kursi ham biroz ko‘tarildi, yevro esa arzonladi.

9 mart 2021, 12:05

«Muruntov» dunyodagi eng yirik oltin qazib olish koni deya tan olindi

«Muruntov» oltin konida 2020 yilda 56,7 tonnaga yaqin oltin qazib olingan. Konning resurs-zaxiralari 4 ming tonna deya baholanmoqda.

9 mart 2021, 11:31

O‘zbekiston Yaponiyadan ¥15 mlrd va $195 mln miqdorida kreditlar olishni rejalashtirmoqda

Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi O‘zbekistonga 15 mlrd yapon yenasi va 195 mln dollarga ikkita kredit ajratishga tayyor. Ushbu mablag‘lar koronavirus pandemiyasining salbiy oqibatlariga qarshi kurashish va shaffof bozor iqtisodiyotiga o‘tishni qo‘llab-quvvatlash uchun ishlatilishi rejalashtirilgan.

9 mart 2021, 11:03

Artashes Davtyan «Beeline Uzbekistan» rahbari etib tayinlandi

«Yandeks.Lavka»da bo‘lim boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan Artashes Davtyan 15 martdan boshlab «Beeline Uzbekistan» bosh direktori sifatida ish boshlaydi.

9 mart 2021, 08:25

Elektromobillar 2025 yilga kelib ishlab chiqarilishi mumkin — «O‘zavtosanoat»

«O‘zavtosanoat» elektromobillarni 2025 yilga kelib ishlab chiqarishni reja qilmoqda. Biroq, bu hali tahmin. Kompaniya mutaxassisining fikricha, «elektromobilni ekologiyaga ham foydasi bor, lekin ekologiyaning buzilishiga 80 foiz sabab gaz bilan ko‘mirni yoqishdan kelib chiqadi».

8 mart 2021, 12:40

COVID-19, ayollar va pandemiyadan keyin O‘zbekistonning tiklanishida ularning o‘rni

O‘zbekiston koronavirus pandemiyasi oqibatida yuzaga kelgan jiddiy iqtisodiy inqirozni boshdan kechirmoqda. Ayollar va erkaklar orasidagi tenglik pandemiya tugaganidan keyin iqtisodiyotni tezlik bilan tiklash hamda kuchli va farovon jamiyat qurish uchun asosiy omildir, deb yozishadi Jahon bankining ekspertlari Odri Saks va Uilyam Zeyts o‘z maqolalarida.

6 mart 2021, 18:26

UzAuto Motors xodimlarning ish haqqidan noroziligi bo‘yicha munosabat bildirdi

UzAuto Motors Transport tashuvlari boshqarmasi haydovchilari ish haqi keskin kamayganidan va undan ushlab qolinayotganidan shikoyat qildilar. Kompaniya ish haqi bo‘yicha qarzdorlik yo‘qligini ta’kidlab, xodimlarning ish haqidan kredit to‘lovlari ushlab qolinganligini va sud qaroriga asosan majburiy undiruv amalga oshirilganini ma’lum qildi.

5 mart 2021, 16:47

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi 12 so‘mga qimmatladi va jami 10 490 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa biroz arzonladi.

5 mart 2021, 12:43

OPEK+ qaroridan so‘ng neft 67 dollargacha qimmatladi

OPEK+ mamlakatlari neft qazib olish bo‘yicha cheklovlarni aprel oyigacha cho‘zishini ma’lum qilgach, neft narxi barrel uchun 67 dollargacha ko‘tarildi.

5 mart 2021, 12:00

Qozog‘istonning SCAT aviakompaniyasi O‘zbekistonda muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi

Qozog‘istonning SCAT aviakompaniyasi 8 martdan boshlab Aktaudan Urganchgacha muntazam aviaqatnovlar amalga oshirishni boshlaydi.

5 mart 2021, 11:26

Samarqanddan Urganch, Farg‘ona va Namangan shaharlariga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

Uzbekistan Airways 28 martdan boshlab Samarqanddan Urganch, Farg‘ona va Namangan shaharlariga kundalik reyslar yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi.

4 mart 2021, 15:09

Buxoroda muhtoj oilalarga biznes uchun 1000 ta konteyner ajratiladi

Buxoroda yordamga muhtoj oilalar uchun 1000 ta konteyner ajratiladi, ularni biznes ob’ekti sifatida ishlatish va aholiga xizmat ko‘rsatish mumkin bo‘ladi. Modulli bloklar 24 mln so‘mga baholanmoqda, ularni imtiyozli kredit asosida sotib olish mumkin. Bundan avval, prezidentga bunday konteynerlardan qanday foydalanilayotganining namunalari ko‘rsatilgan edi.

4 mart 2021, 10:53

«Tashmore» da dam olish maskani barpo etiladi

O‘rta Chirchiq tumani hududida joylashgan, xalq tilida «Tashmore», ya’ni «Toshkent dengizi» deb ataluvchi Tuyabo‘g‘iz suvomborida dam olish maskani bunyod etilishi rejalashtirilmoqda. Loyihaning birinchi bosqichida xitoylik investor tomonidan 2,5 mln AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritilishi ko‘zda tutilgan.

3 mart 2021, 22:47

«Davlat bojini to‘lash yoki to‘lamasligimizni hozir ayta olmayman» — «O‘zavtosanoat» raisi o‘rinbosari

«O‘zavtosanoat» raisi o‘rinbosari Azizbek Shukurov UzAuto Motors kompaniyasi inomarka xorij avtomobillari importi vaqtida bojxona boji to‘lash yoki to‘lamasligini ayta olmadi. Biroq, kompaniya «mavjud qonun doirasida faoliyat olib borishini» ta’kidladi. UzAuto Motors rahbari Rustam Rajabov ST-1 sertifikatiga ega bo‘lgan Lada, Hyundai va boshqa avtomobillarni Rossiyadan import qiluvchilar bilan teng shartlarda faoliyat yuritmoqda.

3 mart 2021, 17:33

Qimmat Equinox hisobiga arzon Spark va Nexia sotuvidagi yo‘qotishlar qoplanadi — «O‘zavtosanoat»

Qimmatbaho — Equinox, Malibu va Tahoe — avtomobillaridan tushgan daromad arzon — Spark va Nexia modellaridan tushgan zararni qoplaydi, deya ma’lum qildi «O‘zavtosanoat» rahbari o‘rinbosari. Uning aytishicha, o‘tgan yili kompaniya arzon mashinalardan 550 mlrd so‘m yo‘qotgan.

3 mart 2021, 16:36

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket beshinchi bor arzonlamoqda

Dollarning rasmiy kursi 12 so‘mga arzonladi va jami 10 487 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa biroz ko‘tarildi.

3 mart 2021, 12:58

2020 yilda O‘zbekistonda aholi daromadi keskin kamaygan

70 foiz respondentlar 2020 yilda o‘z daromadlarining keskin kamayganini ta’kidlagan bo‘lsa, faqatgina 15 foizi daromadlarining oshganligini ma’lum qilgan. 37,4 foiz respondentlar jamg‘armasi yo‘qligini, shuningdek, 23,6 foiz respondentlar jamg‘armalari o‘rtacha 1 oygacha yetishini aytishgan.

3 mart 2021, 11:34

UzAuto Motors transport vositalarining yetkazib berish muddati ko‘chiriladi

UzAuto Motors ishlab chiqarilgan transport vositalarini yetkazib berishni keyinga qoldirishni rejalashtirmoqda. Buning sababi yarimo‘tkazgichlarning global tanqisligi, yetkazib berishdagi uzilishlar tufayli dunyodagi bir qancha zavodlarning yopilishi deyilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting