12 avgust, chorshanba COVID-19 Ob-havo Zira Vakansiyalar

Iqtisodiyot

21 dekabr 2018, 14:58

2019-yilda Toshkentga 2 milliard 700 million dollar miqdorida investitsiya kiritiladi

Shavkat Mirziyoyev “Steel property construction” qo‘shma korxonasining ishlab chiqarish quvvatlarini ko‘zdan kechirdi.

21 dekabr 2018, 14:24

Eksportni qo‘llab-quvvatlash milliy tizimi yaratiladi

O‘zbekistonda Eksportni qo‘llab-quvvatlash milliy tizimi hamda Eksportni rag‘batlantirish agentligi tashkil etiladi.

21 dekabr 2018, 10:12

«O‘zagroservis» korxonalari moliyaviy sog‘lomlashtiriladi

«O‘zagroservis» AJ korxonalarini moliyaviy sog‘lomlashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.

20 dekabr 2018, 23:47

«Inflyatsiyani targetlashga o‘tish butun iqtisodiyotni demonopolizatsiya qilishni taqozo etadi»

Inflyatsiyani targetlashga o‘tish uchun alohida sohani emas, balki butun iqtisodiyotni demonopolizatsiya qilish lozim, dedi MB departamenti rahbari Behzod Hamroyev.

20 dekabr 2018, 20:39

Operatorning aybi bilan to‘lov tizimidagi uzilishlar uchun sanksiyalar joriy etiladi

«To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida"gi qonun loyihasida belgilangan «to‘lov» qonunchiligi talablarini buzganligi uchun MBning operatoriga nisbatan sanksiyalarni qo‘llash tartibi mavjud.

20 dekabr 2018, 20:32

Yangi soliq kodeksi soliqqa tortish bo‘yicha barcha tartib, mexanizm va uslublarni to‘liq qamrab olishi kerak — prezident

Shavkat Mirziyoyev raisligida yangi qabul qilingan soliq siyosati konsepsiyasini amaliyotga to‘liq tatbiq qilish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

20 dekabr 2018, 17:55

Onlayn-auksionlarda 1955 ta bo‘sh yer uchastkalari sotildi

«E-IJRO AUKSION» savdolarida 1955ta bo‘sh yer uchastkalari 596 mlrd. 585 mln. so‘m investitsiya kiritish, 7668 dan ortiq yangi ish o‘rinlarini yaratish sharti bilan 13 mlrd. 813mln. 600 ming so‘mga sotildi.

20 dekabr 2018, 17:13

Oltin-valyuta zaxiralari 25,29 mlrd dollargacha kamaydi

O‘zbekistonning sof oltin-valyuta zaxiralari bir oy davomida 425 mln dollarga kamayib, 25,29 mlrd dollarni tashkil etdi.

20 dekabr 2018, 14:48

MB soliq qarzini plastik kartalaridan so‘zsiz undirish yuzasidan e’tiroz bildirdi

Jismoniy shaxslardan soliq qarzdorligini ularning bank kartalaridan so‘zsiz undirish tartibi bo‘yicha qonuniy va shaffof mexanizm mavjud emasligi sababli Markaziy bank loyihaga e’tiroz bildirdi.

20 dekabr 2018, 14:40

«O‘zbekiston iqtisodiyoti uzoq vaqt egri ko‘zgular mamlakatida yashadi» — Alisher Usmonov

Alisher Usmonov Forbes jurnaliga bergan intervyusida O‘zbekistondagi o‘zgarishlar, prezident Shavkat Mirziyoyev va mamlakatga investitsiya kiritish rejalari haqida so‘zladi.

20 dekabr 2018, 12:22

2019-yilga mo‘ljallangan investitsiya dasturi qabul qilindi

Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilga mo‘ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori imzolandi.

20 dekabr 2018, 11:26

«O‘zbekenergo»: O‘zbekistonda 1,8 milliard kVt. soat elektr energiyani tejash mumkin

«O‘zbekenergo» tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida O‘zbekistondagi har bir xonadonda bir yilda o‘rtacha 400 kVt. soatgacha elektr energiyasini tejash imkoniyati borligi aytildi.

20 dekabr 2018, 11:08

Soliqdan qarzdor jismoniy shaxsning plastik kartasi 10 kunga blokirovka qilinishi mumkin

QHTBT portalida Jismoniy shaxslarning bank plastik kartalaridan soliq qarzini so‘zsiz hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasi muhokama qilinmoqda.

19 dekabr 2018, 22:34

YeTTB poytaxtdagi kafe va restoranlar tarmog‘iga 2 mln dollarlik kredit ajratadi

YeTTB Toshkentdagi kafe va restoranlar tarmog‘ini boshqaruvchi kompaniyalar guruhiga biznesni kengaytirish uchun 2 mln dollar kredit ajratishni tasdiqladi.

19 dekabr 2018, 16:41

«Odamlar narxlar o‘sishiga o‘rganib qoldi» — MB

«Tadbirkorlar ham, aholi ham narxlar faqat o‘sadi, deb o‘ylaydi», — dedi MB departamenti rahbari. Aholi kutayotgan inflyatsiya darajasini pasaytirish rejalashtirilmoqda.

19 dekabr 2018, 15:43

Uchta shaharda kompleks rivojlantirish loyihasi amalga oshiriladi

Jahon banki Kogon, Chortoq va Yangiyo‘lda shahar infratuzilmasini rivojlantirish loyihasini qo‘llab-quvvatlaydi.

19 dekabr 2018, 11:59

O‘zbekistonda Niderlandiya agrotexnologiyalar markazi ochiladi

Niderlandiya agrotexnologiyalar markazida yerga ishlov berish, chorvachilik va pishloqlar ishlab chiqarish bo‘yicha golland texnologiyalaridan foydalaniladi.

18 dekabr 2018, 21:28

Uzbekistan Peugeot Citroyon Automotive loyihasi konsepsiyasi qayta ko‘rib chiqiladi

«O‘zavtosanoat» va PSA Groupe avtozavod loyihasini qayta ko‘rib chiqadi. Zavodni 10 dekabrda ishga tushirish rejalashtirilgan edi.

18 dekabr 2018, 20:42

Tashqi savdo saldosi minus 6,016 mlrd dollarni tashkil etdi

Yanvar-noyabr oylarida O‘zbekistonda tashqi savdo saldosi minus 6,016 mlrd dollarni tashkil etdi.

18 dekabr 2018, 19:08

Bojxona ombori, erkin ombor va boj olinmaydigan savdo do‘koni uchun yangi talablar tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasining «Bojxona ombori, erkin ombor va boj olinmaydigan savdo do‘koni faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizomlarni tasdiqlash haqida"gi qarori qabul qilindi.