Iqtisodiyot

6 fevral 2019, 18:20

Iste’molchilarga energiya yetkazib berish 50 foizlik oldindan haq to‘lash asosida ham amalga oshiriladi

Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste’mol qilish sohasida to‘lov intizomini yanada mustahkamlash to‘g‘risidagi prezident farmoniga o‘zgartirish kiritildi.

6 fevral 2019, 13:54

1-martdan biznes yuritishdagi bir qator jarayonlar soddalashtiriladi

1-martdan O‘zbekistonda biznes yuritishdagi bir qator jarayonlar soddalashtiriladi. 2022-yilgacha Jahon bankining Doing Business reytingida 20-o‘ringa chiqish maqsadi qo‘yildi.

6 fevral 2019, 11:00

Peugeot zavodi tayyor, texnologik jihatdan esa — hali yo‘q — “O‘zavtosanoat”

Peugeot Citroёn Automotive avtomobil zavodi deyarli tayyor, texnologik jihatdan esa — yo‘q, deya ma’lum qildi “O‘zavtosanoat” raisi o‘rinbosari Azizbek Shukurov.

6 fevral 2019, 10:56

«Biznes yuritish» yillik hisobotida O‘zbekiston reytingi yaxshilanadi

«Biznes yuritish» yillik hisobotida O‘zbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi.

5 fevral 2019, 23:52

GM Uzbekistan yangi Cobalt avtomobilini ishlab chiqarishdan voz kechdi

O‘zbekistonda yangi Cobalt avtomobilini ishlab chiqarish rejasi bekor qilindi. Captiva o‘rniga ikkita yangi model ishlab chiqarish mo‘ljallanmoqda.

5 fevral 2019, 17:30

Odil Temirov «O‘zkimyosanoat» rahbari bo‘ldi

«O‘zbekneftgaz» boshqaruvi raisi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Odil Temirov «O‘zkimyosanoat» rahbari bo‘ldi.

5 fevral 2019, 15:35

Ochilboy Ramatov «O‘zbekiston temir yo‘llari» rahbari lavozimini tark etdi

16 yil «O‘zbekiston temir yo‘llari» kompaniyasini boshqargan Ochilboy Ramatov lavozimini tark etdi. Uning o‘rniga Xusnutdin Xasilov rahbar vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

5 fevral 2019, 13:49

Onlayn-auksion savdolarida 19 milliard 786 million so‘mlik bo‘sh yer uchastkalari sotildi

«E-IJRO AUKSION» onlayn-auksion savdolarida 2389 ta bo‘sh yer uchastkalari 90 milliard 264 million 500 ming so‘m miqdordagi auksion savdolariga chiqarildi.

5 fevral 2019, 13:42

AES qurilishi uchun Tuzkon yaqinida uchta, To‘dako‘l yaqinida esa to‘rtta maydoncha o‘rganilmoqda

AES uchun Tuzkon ko‘li va To‘dako‘l suv ombori yaqinidagi yettita maydonchada muhandislik qidiruv ishlari olib borilmoqda.

5 fevral 2019, 13:29

Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

Hukumat qarori bilan Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

5 fevral 2019, 12:40

Ikki inspeksiya va bir agentlik Energetika vazirligi tarkibiga o‘tkazildi, bir AJ tugatildi

Prezident farmoni bilan Atom energetikasini rivojlantirish agentligi va yana ikki inspeksiya Energetika vazirligi tarkibiga o‘tkazildi.

5 fevral 2019, 11:09

O‘zbekiston ilk yevrobondlarni fevralda chiqaradi

O‘zbekiston fevralda 500 mln dollarlik ilk yevroobligatsiyalarini chiqaradi. 7−14 fevral kunlari Nyu-York, Boston va Londonda roud-shoular bo‘lib o‘tadi.

5 fevral 2019, 09:46

«O‘zbekenergo» va «O‘zbekneftgaz» restrukturizatsiya qilinadi

Energetika vazirligi «O‘zbekenergo» va «O‘zbekneftgaz» kompaniyalarini restrukturizatsiya qilish bo‘yicha loyihalarni ishlab chiqadi.

4 fevral 2019, 17:37

Pensiyalarni hisoblovchi elektron baza tashkil etiladi

Endilikda pensiyaga chiqayotgan shaxs ish haqi haqidagi turli ma’lumotnomalarni Pensiya jamg‘armasiga topshirishiga hojat qolmaydi.

4 fevral 2019, 13:47

Bir yilda jismoniy shaxslar banklarga 2,7 mlrd dollar, eksportchilar esa 4,1 mlrd dollar sotdi

Eksportdan kelib tushgan valyuta mablag‘larining banklarga sotilgan hajmi 2 baravar ko‘payib, 4,1 mlrd dollarni tashkil etdi.

2 fevral 2019, 16:37

Ish haqi miqdori va mehnat faoliyati to‘g‘risida arxiv ma’lumotnomalarini olish osonlashdi

YaIDX portali orqali mehnat faoliyatini tasdiqlash va ish haqi miqdorini tasdiqlash to‘g‘risidagi arxiv ma’lumotnomalarini olish mumkin.

2 fevral 2019, 09:56

Bankrotlik jarayoni soddalashtiriladi

Prezident bankrotlik jarayonini soddalashtirish va sud boshqaruvlari faoliyatini yaxshilash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.

1 fevral 2019, 11:59

Ravshan G‘ulomov Ahmet Demir bayonotiga izoh berdi

Iqtisodiyot va sanoat vazirining birinchi o‘rinbosari Ravshan G‘ulomov turk ishbilarmoni Ahmet Demirning «Chorsu» mehmonxonasini rekonstruksiyadagi sansalorliklar to‘g‘risidagi bayonotiga izoh berdi.

1 fevral 2019, 10:31

«Asaka» banki boshqaruvining yangi raisi tayinlandi

Hukumat qaroriga muvofiq Nodirbek Saydullayev «Asaka» aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvining raisi etib tayinlandi.

31 yanvar 2019, 23:33

«Kompaniyaning qachon tashkil topgani muhim emas» — hokim Tashkent City investorlari haqida

Vazirliklar vakillari va Toshkent hokimi Tashkent City loyihasidagi yosh xorij kompaniyalari ishtiroki borasida izoh berar ekan, bu dunyo amaliyotida odatiy holat ekanini ta’kidladi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting