29 yanvar, chorshanba

Iqtisodiyot

Yangi tahrirdagi Soliq kodeksi amalga kiritildi 

1 yanvardan soliq imtiyozlari faqat Soliq kodeksi bilan taqdim etiladi. Ayrim soliqlar bo‘yicha imtiyozlar faqat belgilangan soliq stavkasini kamaytirish, lekin ko‘pi bilan 50 foizga kamaytirish tarzida va ko‘pi bilan uch yil muddatga berilishi mumkin.

UzAuto Motors kompaniyasi Onix avtomobilini ishlab chiqarishga tayyorlanmoqda 

UzAuto Motors kompaniyasi Сhevrolet Onix va boshqa yangi modellarni ishlab chiqarishga tayyorgarlik ko‘rilayotganini ma’lum qildi.

«Navoiyazot» negizida yangi majmua ishga tushirildi 

Prezident Navoiyda polivinilxlorid (PVX), kaustik soda va metanol ishlab chiqarish majmuasining ishga tushirilishida ishtirok etdi. Majmua mahalliy korxonalarni xom ashyo bilan ta’minlab, har yili 40 mln dollarni mahsulotlarni eksport qiladi.

Boyitilmagan un va tuz importi taqiqlanadi 

2020-yil aprelidan boshlab boyitilmagan birinchi navli un va tuz importi taqiqlanadi.

O‘zbekistonning tashqi qarzi 21,5 mlrd dollarga yetdi 

To‘qqiz oy yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonning jami tashqi qarzi 24 foizga o‘sib, 21,5 mlrd dollarni tashkil etdi. Qarzdorlik asosan davlat sektori hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Tahoe, Traverse, Trailblazer va Equinox narxlari ma’lum qilindi 

UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet Tahoe, Traverse, Trailblazer va Equinox avtomobillari narxlarini e’lon qildi. Trailblazer va Equinox uchun shartnomalarni tuzish 27 dekabrdan boshlandi.

Germaniya va Rossiya mutaxassislari aeroportlarni rivojlantirish ustida ish olib boradilar 

Germaniyaning Airport Research Center kompaniyasi va Rossiya Fuqaro aviatsiyasi innovatsion markazi O‘zbekiston aeroportlarini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqadi.

Investorlarning natsionalizatsiya va ekspropriatsiyadan himoyalanishi kafolatlandi 

Prezident investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Chet ellik va mahalliy investorlarning natsionalizatsiya va ekspropriatsiyadan himoyalanishi kafolatlandi.

UzAuto to‘rtta yangi modelni taqdim etdi (+foto) 

UzAuto kompaniyasi Chevrolet`ning to‘rtta — Tahoe, Traverse, Trailblazer va Equinox modellarini taqdim etdi. Trailblazer savdosi 26 dekabrdan, Traverse, Tahoe va Equinox esa 2020 yildan boshlanadi.

Yer osti yo‘llari va avtoturargohlarda savdo qilishni taqiqlash taklif etilmoqda 

Davlat soliq qo‘mitasi yer osti yo‘llari, ko‘priklar, avtomobil yo‘llarining qatnov qismlarida va avtoturargohlarda cavdo qilishni taqiqlashni taklif etdi.

Jizzaxda O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonasi tashkil etildi 

Sharof Rashidov tumanida zamonaviy agrologistika kompleksini barpo etish maqsadida MCHJ shaklidagi «BMB-NRC Agrologistics» O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonasi tashkil etildi.

Koreyaning Kobea Group kompaniyasi O‘zbekistondagi birinchi kripto-birjani ochadi 

Janubiy Koreyaning Kobea Group kompaniyasiga O‘zbekistondagi birinchi kripto-birjani ochishga litsenziya berildi.