9 avgust, yakshanba COVID-19 Ob-havo Zira Vakansiyalar

Iqtisodiyot

22 aprel 2019, 17:17

AQSH kompaniyasi 300 million dollar investitsiya kiritgan holda Jizzaxda soya loviyasi yetishtiradi

«American soybean corporation» kompaniyasi Jizzaxda hozirda yaroqsiz va foydalanilmayotgan yerlarda soya ekishni rejalashtirmoqda.

22 aprel 2019, 13:58

Aholining umumiy daromadi 8,6 foizga o‘sdi — Statistika qo‘mitasi

Birinchi chorakda O‘zbekiston aholisining umumiy daromadi 8,6 foizga o‘sib, 64,9 trln so‘mni tashkil etdi. Aholi jon boshiga real daromadlar 1,7 mln so‘mga yetdi.

20 aprel 2019, 08:11

Janubiy Koreya tajribasiga tayangan holda startap ekotizimi yo‘lga qo‘yiladi

Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan Koreya Respublikasining Kichik va o‘rta biznes hamda startaplar vazirligi memorandum imzoladi.

19 aprel 2019, 18:31

2019 yilning 1-choragida O‘zbekistonga 1,4 million sayyoh keldi

2019 yilning birinchi choragida O‘zbekistonga 1,4 millionga yaqin sayyoh kelgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 972,3 ming kishiga ko‘p deganidir.

19 aprel 2019, 11:54

Respublika bo‘yicha 172 ming gektar yerga sabzavot ekiladi

Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.

19 aprel 2019, 11:04

Qo‘shrabotning 77 ta qishlog‘iga 36 million dollar kredit evaziga ichimlik suvi yetkaziladi

Qo‘shrabot tumanida 77 ta qishloq aholi punktida 158 ta ichimlik suv inshooti, 408,1 kilometr suv tarmog‘i qurilib rekonstruksiya qilinadi.

19 aprel 2019, 10:46

Davlat soliq qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

Hukumat qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

19 aprel 2019, 08:52

«Molochnaya kuxnya» ishi: tadbirkorlar va DSENM «hayvon qabristonlari» haqida bahslashmoqda

«Molochnaya kuxnya» va Novopharma Plus kompaniyalari o‘zining yopib qo‘yilishiga qarshi chiqdi. Sanepidemnazorat ushbu kompaniyalarning hududi yaqinida go‘yoki uchta hayvon qabristoni topilgani bois ularning faoliyatini to‘xtatishni talab qilmoqda. «Gazeta.uz» muxbiri jonivorlar ko‘milgan deb aytilayotgan joyda bo‘ldi va tomonlarning fikrlarini o‘rgandi.

18 aprel 2019, 20:11

Nima uchun O‘zbekistonda Mastercard va Visa keng tarqalmagan

Markaziy bank raisi o‘rinbosari Mastercard va Visa to‘lov tizimlari O‘zbekistonda keng qo‘llanilmasligining uch sababini sanab o‘tdi.

18 aprel 2019, 08:57

Toshkent hokimiyati fabrikadan olib qo‘yilgan yer uchun 2,7 mlrd so‘m tovon puli to‘laydi

Toshkent hokimiyati Tumaris qandolatchilik fabrikasidan yer uchastkasi olib qo‘yilgani uchun 2,7 mlrd so‘m tovon puli to‘laydi.

18 aprel 2019, 08:26

2028 yilgacha qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash 60 foizga yetkaziladi

Prezident 2028 yilgacha qattiq maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish strategiyasini tasdiqladi. Ushbu muddatgacha 100 foiz aholi qamrab olinib, qayta ishlash 60 foizga yetkaziladi.

18 aprel 2019, 08:01

Airbus O‘zbekistonga 34 ta vertolyot yetkazib bermoqchi

Fransiyaning Airbus korporatsiyasi O‘zbekistonga 34 ta vertolyot yetkazib berish maqsadi to‘g‘risidagi maktubni imzoladi.

17 aprel 2019, 22:27

Samarqand davlat soliq inspeksiyasiga yangi boshliq tayinlandi

Nodir Namozov Samarqand shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

17 aprel 2019, 18:00

Humo kartalari 1 maydan chiqarila boshlanadi

1 maydan Humo kartalarini chiqarish boshlanadi. Hozirda MB va boshqa banklar xodimlari milliy to‘lov tizmi infratuzilmalarini sinovdan o‘tkazmoqda.

17 aprel 2019, 13:46

Toshkent — non shahri

Propiska bekor qilinsa, Toshkentda maoshlar pasayib ketadimi? Bu qaror aholi daromadlarining o‘sishiga olib keladi, stereotiplar va mahalliychilikka zarba beradi hamda jamiyatga boshqa naflar keltiradi, deb yozadi iqtisodchilar Behzod Hoshimov va Nuriddin Ikromov.

17 aprel 2019, 13:13

2023-yildan elektr energiyasi tariflari uch yilga muzlatiladi

O‘zbekistonda 2023-yildan elektr energiyasi tariflarini eng kamida uch yilga muzlatish rejalashtirilmoqda. Tariflarni shakllantirish prinsiplari belgilandi.

17 aprel 2019, 11:08

DSP ishlab chiqaruvchilar ma’lum turdagi bojxona to‘lovlaridan ozod etiladi

Hukumat qarori bilan DSP ishlab chiqaruvchilar olib kiriladigan xom ashyo va asbob-uskunalar uchun bojxona to‘lovlaridan ozod etilishi belgilandi.

17 aprel 2019, 10:42

Zominda 136 million yevrolik sement zavodi quriladi

Zomin tumanida 136 million 700 ming yevrolik sement zavodi, 12 million dollarlik temir-beton mahsulotlari tayyorlanadigan zavod qurilmoqda.

16 aprel 2019, 23:29

Iqtisodiy sudlar da’vogarlar foydasiga 2,3 trln so‘m undirish haqida qaror qabul qildi

Iqtisodiy sudlar birinchi chorakda tadbirkorlarni huquqiy himoya qilishga oid 7405 ta ishni ko‘rib chiqib, ular foydasiga 247,6 mlrd so‘m undirib berdi.

16 aprel 2019, 23:16

DSQda Xalqaro valyuta fondidan maslahatchi tayinlandi

O‘zbekiston DSQda Xalqaro valyuta jamg‘armasidan doimiy maslahatchi tayinlandi. Soliq xizmatida korrupsiyaga barham berish uning asosiy vazifalaridan.