Iqtisodiyot

12 sentabr 2019, 17:46

QQS stavkasini 15 foizga tushirish rejalashtirilmoqda

Qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasini amaldagi 20 foizdan 15 foizgacha tushirish rejalashtirilmoqda. Bu Davlat budjetiga tushumlarni taxminan yiliga 10 trln so‘mga kamaytirishi hisob-kitob qilinmoqda.

12 sentabr 2019, 15:20

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi tashkil etiladi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzurida Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi tashkil etiladi. U reklama bozorini tartibga soladi va tovarlar xaridi ustidan nazorat o‘rnatadi.

11 sentabr 2019, 22:38

Prezident QQS stavkasini kamaytirish bo‘yicha topshiriq berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev videoselektor yig‘ilishida O‘zbekistonda o‘rta biznes toifasini joriy etish, QQS stavkasini kamaytirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

11 sentabr 2019, 17:14

Yaponiyaning kompaniyasi O‘zbekistonning tarixiy shaharlarida turizm rivojiga hissa qo‘shmoqchi

Yaponiyaning «JTB Sorroration» kompaniyasi Buxoro, Xiva, Samarqand shaharlarida turizmni yanada rivojlantirishga hissa qo‘shib, soha istiqbolini o‘rganish va zarur tavsiyalarni ishlab chiqishi rejalashtirilmoqda.

10 sentabr 2019, 11:41

Paxta hosilini terish uchun narxlar belgilandi

2019 yilgi paxta hosilini mashina va qo‘lda terish uchun narxlar belgilandi.

10 sentabr 2019, 11:18

«To‘qqiz yil avval to‘qimachilik ko‘rgazmasi 6 kvadrat metr joyni egallardi, bu yil esa butun „O‘zekspomarkaz“ maydonini egalladi» — «O‘zto‘qimachisanoat» uyushmasi raisi

«O‘zto‘qimasanoat» uyushmasi raisi Ilhom Haydarov 9−13 sentyabr kunlari o‘tkaziladigan «Global to‘qimachilik kunlari Toshkent 2019» ko‘rgazmasi haqida ma’lumot berdi.

9 sentabr 2019, 14:51

Toshkentdan Kiyevga charter reyslari ochiladi

5 oktyabrdan «Toshkent — Kiyev — Toshkent» yo‘nalishi bo‘yicha haftalik charter reysi ochiladi. Ikki shahar o‘rtasida samolyotlar qatnovi 2015 yil may oyidan buyon amalga oshirilmayotgan edi.

9 sentabr 2019, 14:28

Qishloq xo‘jaligini isloh qilish bo‘yicha O‘zbekiston — Xitoy konferensiyasi o‘tkaziladi

Toshkentda «Qishloq xo‘jaligini isloh qilishda Xitoy Xalq Respublikasi tajribasi va uni O‘zbekiston Respublikasida qo‘llash imkoniyati» mavzusida o‘zbek-xitoy konferensiyasi bo‘lib o‘tadi.

9 sentabr 2019, 13:33

Bank sohasida ruxsat berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritildi

Bank faoliyati sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritildi.

8 sentabr 2019, 20:16

Xitoyga qovun eksport qilinadigan bo‘ldi

O‘zbekistonning to‘rtta viloyatidan Xitoyga qovun eksport qilinadi.

8 sentabr 2019, 13:52

MUIC direktori yana o‘zgardi

Timur Azamatov yetti oy o‘tib Mirzo Ulugbek Innovation Center direktori lavozimini tark etdi. Uning o‘rnini Doniyor Junaydullayev egalladi.

8 sentabr 2019, 13:30

Ilk bor o‘tkaziladigan chek lotoreyasi uchun 1 mlrd so‘m ajratiladi

Oktyabrda Toshkentda ilk bor chek asosidagi yutuqli o‘yinlar o‘tkaziladi. Uning o‘tkazilishi uchun 1 mlrd so‘m ajratiladi.

8 sentabr 2019, 12:42

AES quriladigan maydoncha MAGATE talablariga mos keladi

Atom elektr stansiyasi qurilishi uchun tanlangan Tuzkondagi maydoncha MAGATEning qurilishni so‘roq ostida qoldirishi mumkin bo‘lgan 15 ta noqulay omildan 14 tasidan holi ekani aniqlandi.

6 sentabr 2019, 13:28

O‘zbekiston orqali Afg‘onistondan ilk konteyner poyezdi Xitoyga yo‘l oldi

Afg‘onistondan O‘zbekiston hududi orqali yarim qayta ishlangan talk mineral toshi ortilgan ilk konteyner poyezdi Xitoyga yo‘l oldi.

6 sentabr 2019, 12:33

Inflyatsion kutilmalari yuqoriligicha qolmoqda — MB

Ikkinchi chorakda aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining inflyatsion kutilmalari yuqori darajada qolayotgani so‘mning kuchsizlangani hamda ish haqlari va kommunal to‘lovlarning oshirilishi bilan izohlandi.

6 sentabr 2019, 09:55

Chet el valyutasida davromad oluvchi YATTlar va fermer xo‘jaliklari mablag‘larni faqat milliy valyutada yechib oladigan bo‘ldi

Ayrim hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi natijasida chet el valyutasida davromad oluvchi YATTlar, shuningdek fermer xo‘jaliklari o‘z hisobvaraqlaridagi mablag‘larni faqat milliy valyutada yechib olishi belgilandi.

5 sentabr 2019, 12:05

«Nukus» erkin iqtisodiy zonasi tashkil etildi

Prezident farmoni bilan «Nukus-farm» erkin iqtisodiy zonasi «Nukus» erkin iqtisodiy zonasiga aylantirildi.

4 sentabr 2019, 13:17

“Rosatom” 2020-yildan AES maydonchasidagi ishlarni boshlashni rejalashtirmoqda

“Rosatom” O‘zbekistonda 2020-yil boshidan atom elektr stansiyasi qurilish maydonchasida ishlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda, deya ma’lum qildi korporatsiya rahbari Aleksey Lixachyov.

3 sentabr 2019, 14:18 1

«O‘zbekiston temir yo‘llari» chiptalar sotiladigan saytini yangiladi

«O‘zbekiston temir yo‘llari» chiptalar sotiladigan saytini yangiladi. Internet orqali sotib olingan chipta kassadan olingan chiptaga qaraganda arzonroq bo‘ladi.

2 sentabr 2019, 23:21

Andijonda Rossiya, Turkiya, BAA va Janubiy Koreyaga parvozlarni amalga oshiruvchi aeroport quriladi

Andijonda kuniga 15 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatishga qodir aeroport qurish rejalashtirilmoqda. Vodiydan Rossiya, Turkiya, BAA va Janubiy Koreyaga parvozlar amalga oshiriladi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting