Iqtisodiyot

27 dekabr 2019, 10:02

Tahoe, Traverse, Trailblazer va Equinox narxlari ma’lum qilindi

UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet Tahoe, Traverse, Trailblazer va Equinox avtomobillari narxlarini e’lon qildi. Trailblazer va Equinox uchun shartnomalarni tuzish 27 dekabrdan boshlandi.

26 dekabr 2019, 18:17

Germaniya va Rossiya mutaxassislari aeroportlarni rivojlantirish ustida ish olib boradilar

Germaniyaning Airport Research Center kompaniyasi va Rossiya Fuqaro aviatsiyasi innovatsion markazi O‘zbekiston aeroportlarini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqadi.

26 dekabr 2019, 15:10

Investorlarning natsionalizatsiya va ekspropriatsiyadan himoyalanishi kafolatlandi

Prezident investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Chet ellik va mahalliy investorlarning natsionalizatsiya va ekspropriatsiyadan himoyalanishi kafolatlandi.

26 dekabr 2019, 02:13

UzAuto to‘rtta yangi modelni taqdim etdi (+foto)

UzAuto kompaniyasi Chevrolet`ning to‘rtta — Tahoe, Traverse, Trailblazer va Equinox modellarini taqdim etdi. Trailblazer savdosi 26 dekabrdan, Traverse, Tahoe va Equinox esa 2020 yildan boshlanadi.

25 dekabr 2019, 17:21

Yer osti yo‘llari va avtoturargohlarda savdo qilishni taqiqlash taklif etilmoqda

Davlat soliq qo‘mitasi yer osti yo‘llari, ko‘priklar, avtomobil yo‘llarining qatnov qismlarida va avtoturargohlarda cavdo qilishni taqiqlashni taklif etdi.

24 dekabr 2019, 15:04

Jizzaxda O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonasi tashkil etildi

Sharof Rashidov tumanida zamonaviy agrologistika kompleksini barpo etish maqsadida MCHJ shaklidagi «BMB-NRC Agrologistics» O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonasi tashkil etildi.

23 dekabr 2019, 17:35

Koreyaning Kobea Group kompaniyasi O‘zbekistondagi birinchi kripto-birjani ochadi

Janubiy Koreyaning Kobea Group kompaniyasiga O‘zbekistondagi birinchi kripto-birjani ochishga litsenziya berildi.

23 dekabr 2019, 14:58

2020-yil bahorigacha Gruziyaga poyezd orqali yuk tashishni boshlash rejalashtirilmoqda

O‘zbekiston 2020-yil bahoriga qadar Ozarbayjon va Gruziyaga tranzit poyezdlari harakatini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.

20 dekabr 2019, 17:46

«O‘zbekneftgaz» va Janubiy Koreya kompaniyasi laboratoriya tashkil etdi

Janubiy Koreya kompaniyasi birlan hamkorlikda neft-gaz sohasida quvurlar sifatini putur yetkazmasdan nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekistonda yagona laboratoriya tashkil etildi.

19 dekabr 2019, 13:35

JICA va O‘zbekiston hamkorlik dasturini kelishib oldi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Tokioda JICA rahbari Sinichi Kitaoku bilan uchrashdi. 3,5 mlrd dollardan ziyodroq qiymatdagi yangi hamkorlik dasturi kelishib olindi.

18 dekabr 2019, 11:31

O‘zbekistonda uchta golf klubi tashkil etiladi

Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov O‘zbekistonning uchta viloyatida jahon talablariga javob beruvchi golf klublari ochilishini ma’lum qildi.

17 dekabr 2019, 20:15

OTB Sergelidagi maktablar qurilishida maslahatchilik qiladi

Osiyo taraqqiyot banki Toshkentning Sergeli tumanida maktablar qurilishiga xususiy hamkorlarni jalb qilishda XTVga maslahatchisi sifatida yordam beradi.

17 dekabr 2019, 19:16

Poytaxtdagi bilbordlar egalariga ularni tartibga keltirish topshirildi

Reklama agentliklari — Toshkentdagi reklama konstruksiyalari egalariga — 26 dekabrga qadar bilbordlarni tartibga keltirish va ularni tashkilot nomi va aloqa raqamlari bilan ta’minlash topshirildi.

16 dekabr 2019, 13:10

O‘zbekistonda birinchi Hilton mehmonxonasi ochildi

Toshkentda birinchi Hilton mehmonxonasi ochildi. O‘zbekistonning boshqa shaharlarida ham ushbu brend ostidagi mehmonxonalar ochilishi mumkin.

16 dekabr 2019, 12:56

«Xayriya mablag‘larini nazorat qilish mexanizmi mavjud emas» — DSQ rahbari

Senator tadbirkorlarga soliqqa tortiladigan bazadan xayriya uchun mablag‘lar ajratish imkoniyatini berishni taklif qildi. DSQ rahbari nazorat mexanizmi yo‘qligi uchun bu soliqqa tortiladigan bazaning qisqarishi va byudjetga tushumlar kamayishiga olib kelishi mumkinligini ma’lum qildi.

14 dekabr 2019, 13:10

Senat yangi tahrirdagi Soliq kodeksini ma’qulladi

Senatorlar yangi tahrirdagi Soliq kodeksini ma’qulladi. Iqtisodiyotga tushadigan soliq yuki kamaytiriladi, soliqlar soni esa maqbullashtiriladi.

14 dekabr 2019, 12:46

Senat davlat boji to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi

«Davlat boji to‘g‘risida"gi qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi. U avval Soliq kodeksiga kiritilgan davlat bojlarini umumlashtirdi.

12 dekabr 2019, 20:20

YATTlar uchun daromad solig‘ining qat’iy belgilangan miqdori pasaytiriladi

2020 yildan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun daromad solig‘ining qat’ay belgilangan miqdori hozirgidan 25−50 foizgacha pasaytiriladi.

12 dekabr 2019, 14:48

Benzin, alkogol va sigaretlar aksiz solig‘i miqdori oshirilmoqda

O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobil yoqilg‘isi, alkogol va sigaretlar aksiz solig‘i 2020 yildan oshirilmoqda.

12 dekabr 2019, 09:36

Turizm qo‘mitasi besh kunlik o‘quv haftasini joriy etishni taklif qildi

Turizm qo‘mitasi barcha ta’lim muassasalarida besh kunlik o‘quv haftasiga o‘tish hamda yozgi ta’til muddatini qisqartirish hisobiga qishgi ta’tilni uzaytirishni taklif qildi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting