1 iyun, dushanba COVID-19 Ob-havo Zira Vakansiyalar

Iqtisodiyot

15 may 2020, 14:59

Qurilish vazirligi Land Cruiser avtomashinasini tanlovlarsiz sotib olishni mo‘ljallamoqda

Qurilish vazirligi narxi 1,4 mlrd so‘mdan boshlanadigan Land Cruiser 200 avtomashinasini istisno tariqasida tanlovlarsiz sotib olishni rejalashtirmoqda. Moliya vazirligi bu haqdagi farmoyish loyihasi yuzasidan munosabat bildirdi.

15 may 2020, 11:00

«O‘zagrosug‘urta» karantin davrida va tabiiy ofatlardan ko‘rilgan zararlar uchun 4 mlrd so‘m to‘lab berdi

«O‘zagrosug‘urta» AJ karantin vaqtida hamda tabiiy ofatdan ko‘rilgan zararlar uchun 4 milliard so‘mdan oshiq to‘lovlarni amalga oshirdi. Shundan 2,5 milliarddan ortiq to‘lov Buxorodagi kuchli shamoldan zarar ko‘rganlarga to‘landi.

14 may 2020, 18:08

Jahon banki Markaziy Osiyoga 370 mln dollar ajratdi, asosiy qismi O‘zbekistonga

Jahon banki koronavirusga qarshi kurash doirasidagi chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Markaziy Osiyo davlatlariga 370 mln dollar ajratdi. Shundan O‘zbekistonga davlat byudjetini qo‘llab-quvvatlash uchun 200 mln, sog‘liqni saqlash milliy tizimini yaxshilash va kam ta’minlangan aholini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 95 mln, hamda tezkor tibbiy yordam tizimini isloh qilishga 17 mln dollar taqdim etilgan.

14 may 2020, 16:41

Navoiyda Xitoyning Oshan avtomobillarini yig‘ish yo‘lga qo‘yiladi

«Navoiy» EIZ hududida Xitoyning Oshan avtomobillarini yig‘ishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Eron-O‘zbekiston qo‘shma korxonasining yillik quvvati 30 ming donani tashkil etadi.

14 may 2020, 13:18

Oybek Tursunov Uzcard ta’sischisi bo‘ldi

Oybek Tursunov Uzcard ustav fondidagi 75 foiz ulushga ega bo‘ldi. Oldinroq bu ulush kompaniya direktori Axror Maxmudovga tegishli edi.

14 may 2020, 09:00

UzAuto Trailer «KAMAZ» texnikalariga aksiya e’lon qildi

UzAuto Trailer kompaniyasi 30 foizdan 60 foizgacha birlamchi badal bilan muddatli to‘lovga «KAMAZ» texnikalarining butun assortimentini taklif qilmoqda.

13 may 2020, 20:53

Prezident biznes va aholini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi choralarni e’lon qildi

Kichik biznes va fermer xo‘jaliklariga ijtimoiy soliq stavkasining tushirilishi, yer va mol-mulk solig‘idan ozod qilish, bojxona to‘lovlarini 120 kungacha kechiktirib to‘lashga ruxsat berish, nafaqa oluvchilar sonini ko‘paytirish, Toshkent shahrida aholiga yakka tartibda uy-joy qurish va ta’mirlash uchun kredit berish tajribasini joriy etish va boshqa choralar. Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlarni va aholini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi choralarni e’lon qildi.

13 may 2020, 20:37

Pensiya va oyliklar naqd pulda beriladi

Aholi murojaatlarini hisobga olib, ish haqi, nafaqa va pensiyalarning, karantin qoidalariga to‘liq amal qilgan holda, naqd pulda tarqatilishi belgilandi.

13 may 2020, 20:15

Samolyot va poyezd qatnovlari qisman tiklanadi

O‘zbekistonda Toshkent bilan Nukus, Urganch va Termiz o‘rtasidagi aviaqatnovlar, shuningdek, ayrim viloyatlarda poyezdlar harakatini qayta tiklash rejalashtirilmoqda. Xizmat ko‘rsatishga bosqichma-bosqich ruxsat beriladi. Shaharlarda shaxsiy avtomobilda harakatlanish cheklovlarini olib tashlash masalasi o‘rganilmoqda.

13 may 2020, 17:05

“O‘zbekneftgaz” AI-92 markali benzin narxini 500 so‘mga arzonlashtirdi

UNG yoqilg‘i quyish shoxobchalarida 15 may kunidan boshlab Ai-92 markali benzin narxi yana 500 so‘mga arzonlashtirildi va 5000 so‘m qilib belgilanadi.

13 may 2020, 16:56

Buxoro viloyatida kuchli shamol yetkazgan zarar 141,6 mlrd so‘mni tashkil etmoqda

Buxoro viloyatida 27 aprel kuni sodir bo‘lgan kuchli shamol natijasida ko‘rilgan zarar 141,6 milliard so‘mni tashkil etmoqda. Aholi turar joylari va ijtimoiy soha ob’ektlariga yetkazilgan zararni bartaraf etishda jami 32 530 nafar quruvchilar va maxsus texnika jalb etilgan. Viloyatda elektr energiyasi, tabiy gaz va ichimlik suvi ta’minoti tiklangan.

13 may 2020, 14:27

YeTTB: 2020-yilda O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti 1,5 foizni tashkil etadi

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) koronavirus pandemiyasi tufayli 2020-yili O‘zbekiston YAIM 1,5 foizga o‘sishini, 2021-yilda esa 6,5 foizga qayta ko‘tarilishini prognoz qilmoqda.

13 may 2020, 11:06

2025 yilgacha qator banklarda davlat ulushi xususiylashtiriladi

Prezident qaroriga binoan, O‘zbekistonda 2020−2025 yillarga mo‘ljallangan bank tizimini isloh qilish strategiyasi tasdiqlandi. Unga ko‘ra, 2025 yilgacha bir qator banklarda davlat ulushi xususiylashtiriladi va tijorat banklarini transformatsiya qilish hamda bank ishining zamonaviy standartlarini bo‘yicha loyiha ofisi tashkil etiladi.

12 may 2020, 12:28

O‘zbekistonda hududlar qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining muayyan turlarini yetishtirishga ixtisoslashtiriladi

Prezident qaroriga binoan, O‘zbekistonda hududlar qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining muayyan turlarini yetishtirishga ixtisoslashtiriladi. Eksperiment tariqasida 2020−2022 yillar davomida Jizzax viloyatining jami 116,3 ming gektar qo‘shimcha yer maydonlari qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashtiriladi.

11 may 2020, 18:19 1

Tezkor mobil internet qamrovini 90 foizga yetkazish vazifasi qo‘yildi

Prezident ijtimoiy ob’ektlarni yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlash, tezkor mobil internet qamrovini yil yakunigacha 90 foizga yetkazish hamda 30 million dollarlik «data sentr» qurish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Eng zarur bo‘lgan davlat xizmatlari tezkor ravishda elektron shaklga o‘tkaziladi.

11 may 2020, 12:18

AQSHda ishsizlik “Buyuk Depressiya” darajasiga yetishi taxmin qilinmoqda

AQSHda ishsizlik darajasi 1930 yillardagi “Buyuk Depressiya” davridan beri eng yuqori ko‘rsatkichga yetmoqda — 14,7 foiz. Donald Trampning ikki yuqori darajali iqtisodiy maslahatchilari AQSHda koronavirus pandemiyasi davom etavergan holda ishsizlik darajasi ko‘tarilashi va iyun oyida ishsizlik ko‘rsatgichi 20 foizgacha yuqorilashi mumkinligini ma’lum qilishdi.

11 may 2020, 11:15

Dollar kursi yana o‘sishni boshladi

Ikki haftadan beri arzonlashayotgan AQSH dollari yana o‘sishni boshladi. Markaziy bank xorijiy valyutalarning 12 maydan yangi kursini e’lon qildi.

8 may 2020, 17:33

Aprel oyida so‘m 5,8 foizga qadrsizlandi

Yanvar-aprel oylarida Markaziy bankning valyuta intervensiyalari hajmi 1,5 mlrd AQSH dollariga teng bo‘lib, uning uchdan bir qismi (507 mln AQSH dollari) aprel oyiga to‘g‘ri keldi. Pul o‘tkazmalari hajmi pasayib, o‘tgan oyda milliy valyuta 5,8 foizga qadrsizlandi.

8 may 2020, 17:22

Eksport qiluvchilarga transport xarajatlari qisman kompensatsiya qilib beriladi

Prezident qaroriga binoan, eksport qiluvchi korxonalarga mahsulotlarni eksport qilishda avtomobil, havo va temir yo‘l transportida tashish xarajatlarini qisman kompensatsiya qilishga subsidiyalar taqdim etiladi. Shuningdek, ularning qarzdorligi mavjudligini tekshirish amaliyoti 2021 yil 1 yanvarga qadar bekor qilinadi.

8 may 2020, 16:29

AQSH Sardoba suv ombori falokatidan aziyat chekkan oilalarga yordam beradi

AQSH hukumati Sardoba suv ombori o‘pirilishining oqibatlarini bartaraf etish uchun 100 ming dollar ajratadi. Ushbu mablag‘ suv ombori o‘pirilishi natijasida o‘z uylaridan ko‘chirilgan muhtoj oilalarga oziq-ovqat va boshqa zarur vositalarni tarqatish uchun O‘zbekistonga mazkur inqirozdan qutulish va qayta tiklanishda yordam berishga yo‘naltiriladi.