Iqtisodiyot

13 fevral 2020, 08:13

«Samarqand — Toshkent — Sankt-Peterburg» avtobus reysi yo‘lga qo‘yiladi

25 fevraldan «Samarqand — Toshkent — Sankt-Peterburg» yo‘nalishida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Chipta narxi Samarqanddan — 840 ming so‘m, Toshkentdan — 800 ming so‘m.

12 fevral 2020, 22:48

Qurilish loyihalarini ekspertiza qilish tartiblari o‘zgaradi

Qurilish loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish tartiblari o‘zgarmoqda. Endilikda tenderda ishtirok etish va boshqa maqsadlarda quruvchi korxonalar reytingi tuziladi.

12 fevral 2020, 15:51

YeTTB korzinka.uz aksiyalar paketini sotib oldi

YeTTB korzinka.uz supermarketlar tarmog‘ining aksiyalar paketini sotib oldi. Riteyler do‘konlari sonining deyarli uch baravarga ko‘payishi kutilmoqda.

12 fevral 2020, 14:38

O‘zbekiston aeroportlari tender asosida boshqaruvga topshiriladi

Chet el kompaniyalari O‘zbekiston aeroportlarni boshqarishga tender orqali jalb qilinadi, deya ma’lum qildi transport vaziri Rossiyaning «Novaport» kompaniyasi bilan rejalashtirilgan hamkorlik atrofidagi vaziyatga izoh berarkan.

11 fevral 2020, 18:47

Bank tizimida ipoteka ta’tili joriy etiladi

Bank qonunchiligiga «ipoteka ta’tili» tartibini joriy etish ko‘zda tutilmoqda. Qarzdor ipoteka kreditlarini to‘lashni kechiktirish huquqiga ega bo‘ladi.

11 fevral 2020, 11:27

Qariyb 1000ta yosh oila imtiyozli kredit stavkasida uy-joyli bo‘ladi

Hukumat qaroriga muvofiq 1064ta uy-joy uchun ariza topshirgan yosh oilalar ipoteka kreditini so‘ndirishda imtiyozga ega bo‘ladi. 2020 yildan boshlab, ushbu imtiyoz shartlari qisman o‘zgargan.

10 fevral 2020, 12:22

Navoiyda shamol elektr stansiyasini arab sarmoyadorlari qurmoqchi

Arabistonlik sarmoyadorlar Sirdaryoda energetika kollejini tashkil etish, yangi bug‘-gaz qurilmasini qurish hamda Navoiy viloyatida shamol elekrostansiyasini ochish ustida ish olib bormoqda.

8 fevral 2020, 13:43

«Dori-Darmon» byudjetdan ssuda berish muddatini uzaytirishni so‘radi

2018 yilda «Dori-Darmon» dorixonalar tarmog‘i uch yil muddatga 150 mlrd so‘m miqdorida 2 foizli byudjetdan ssuda olgan edi. Kompaniya ssuda muddatini uzaytirishni so‘radi.

7 fevral 2020, 12:54

2019-yilda ipoteka kreditlari hajmi 66,6 foizga o‘sdi

Banklar 2019-yilda qariyb 8 trln so‘mlik ipoteka kreditlari ajratdi. Kreditlarning asosiy qismi — 83 foizdan oshig‘i — imtiyozli asosda taqdim etilgan.

7 fevral 2020, 12:15

Prezident uglevodorodlar qazib olish hajmini oshirish bo‘yicha topshiriqlar berdi

Neft-gaz, elektr energiyasining barqaror ta’minotida xalqimiz, tadbirkorlarimiz talabini to‘la qanoatlantira olmayapmiz, dedi prezident. U joriy yilda tabiiy gaz va suyuq uglevodorodlar qazib olish hajmini oshirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

7 fevral 2020, 10:26

Uzhealth CRM tizimini ishlab chiqishni tendersiz o‘tkazish rejalashtirilmoqda

Shifokor va provizorlarning yagona ma’lumotlar bazasini ishlab chiqaruvchisini tender o‘tkazmasdan belgilash taklif etilmoqda. 2021 yil 1 yanvardan vrachlar va provizorlar Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasidan ro‘yxatdan o‘tmasdan turib ishlay olmasliklari mumkin.

6 fevral 2020, 20:48

O‘zbekistonning AQSH «qora ro‘yxati»dan chiqish shartlari ma’lum qilindi

AQSH elchisi O‘zbekistonga savdo imtiyozlari, turli davlat kreditlari berilmayotganiga sharh berdi. Uning aytishicha, O‘zbekistonning «qora ro‘yxat»dan chiqib ketish yo‘llari bor.

6 fevral 2020, 12:47

Equinox avtomobilini yetkazib berish koronavirus sababli kechiktirilishi mumkin

UzAuto Motors Xitoydagi koronavirus epidemiyasi natijasida Chevrolet Equinox avtomobilini yetkazib berish kechiktirilishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

5 fevral 2020, 13:41

2020-yil tub burilish yili bo‘ladi — Uzbekistan Airways va Uzbekistan Airports

2020-yil fuqaro aviatsiyasi sohasida tub burilish yili bo‘ladi, deya umid bildirdi Uzbekistan Airways va Uzbekistan Airports kompaniyalari. Ular avvallari bu soha monopoliya tamoyillari asosida rivojlangani, tariflar yuqori, xizmatlar sifatsiz bo‘lganini tan oldi.

5 fevral 2020, 10:18

Topinvest.uz sayti faoliyatining qonuniyligi to‘g‘risida ma’lumot berildi

Kapital bozorini rivojlantirish agentligi o‘zini AQSH birjalarida faoliyat olib boruvchi professional treyderlar jamoasi sifatida taqdim etayotgan Topinvest.uz sayti haqida izoh berdi.

5 fevral 2020, 09:43

Prezident ishtirokida klasterlar faoliyatini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Klaster tashkil etilmagan paxta maydonlarida fermerlar ishtirokida kooperatsiyalar faoliyati yo‘lga qo‘yilishi belgilandi. Bunda o‘sha hududlardagi paxta tozalash zavodlari fermerlarga kooperatsiya tashkil etish uchun beriladi, qo‘shilgan qiymatdan tushgan daromad kooperatsiya a’zolari — fermerlar o‘rtasida taqsimlanadi.

5 fevral 2020, 08:04

Piskentda yangi sinov laboratoriyasi ishga tushadi

Tez orada Piskent tumanida avtomobillarni elektromagnit moslashuvchanlikka baholash laboratoriyasi qurib bitkaziladi. Shuningdek, 8ta hududiy laboratoriyalar modernizatsiyalashtiriladi.

4 fevral 2020, 23:33

Bank mijozlari masofadan turib identifikatsiya qilinishi mumkin

Mijozlar bank xizmatlaridan foydalanish, xususan bank hisob varag‘iga ega bo‘lish uchun shaxsan bankka kelishi shart bo‘lmaydi. Markaziy bank ana shu yangilik ustida ish olib bormoqda.

4 fevral 2020, 13:19

Kapital bozorini rivojlantirish to‘g‘risidagi qonunni ishlab chiqishga 1 mln dollar yo‘naltiriladi

AQSH hukumati O‘zbekistonga kapital bozorini rivojlantirish uchun ajratishni rejalashtirayotgan 1 mln dollarlik texnik yordam «Kapital bozori to‘g‘risida», «Kapital bozori regulyatori to‘g‘risida» va «Kompaniyalar to‘g‘risida"gi qonun loyihalarini ishlab chiqishga mutaxassislar jalb etishga yo‘naltiriladi.

3 fevral 2020, 23:35

Kredit siyosatida o‘zgarishlar kutilmoqda

Markaziy bank raisi o‘rinbosarining o‘tgan yili iqtisodiyotning o‘sishidan ko‘ra unga ikki barobar ko‘p hajmda kreditlar berilganini ma’lum qildi. Shunga muvofiq, u joriy yildagi kredit siyosatida ehtimoliy o‘zgarishlarga munosabat qildi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting