21 yanvar, seshanba

Iqtisodiyot

«O‘zbekneftgaz» ilk bor gaz eksporti hajmini ma’lum qildi 

«O‘zbekneftgaz» ilk bor gaz eksporti tafsilotlarini e’lon qildi. Joriy yilda kompaniya xorijga yetkazib berilayotgan gaz hajmini 15 mlrd kub metrga oshirishni rejalashtirmoqda.

O‘zbekiston zaxiralardagi oltin ulushini kamaytirib, obligatsiyalar sotib oladi +1

Markaziy bank AQSH g‘aznachilik vekseli hamda boshqa davlatlar, jumladan Xitoyning qarz majburiyatlarini xarid qilishni rejalashtirmoqda, mamlakat zaxiralaridagi oltin ulushi esa qisqaradi.

Proteksionizm: O‘zbekiston uchun kerakmi? 

Proteksionizmning tariflar, kvotalar, subsidiyalar, sertifikatlash, milliy mahsulotlardan foydalanish talablarini joriy qilish, ma’muriy to‘siqlar, antidemping va valyuta kurslarini boshqarish kabi usullari keng qo‘llaniladi.

«O‘zbekiston pochtasi» rahbari o‘zgardi, kompaniya katta zarar ko‘rdi 

«O‘zbekiston pochtasi» kompaniyasiga Yevgeniy Birger o‘rniga Alisher Fayzullayev rahbar bo‘ldi. O‘tgan yili kompaniya 27,8 mlrd so‘m zarar ko‘rdi, 2017 yildagi sof foydasi esa 274,3 mln so‘mni tashkil etgan edi.

AQSH kompaniyasi Jizzaxda yana bir sement zavodi qurishga 300 million sarflamoqchi 

AQSHning «Alfa Eco Corporation» MCHJ kompaniyasi Jizzax viloyati Zafarobod, Forish, Baxmal tumanlarining birida sement zavodi qurmoqchi.

Uchta konda sanoat miqyosidagi gaz oqimlari olindi 

«O‘zbekneftgaz» Qoraqalpog‘istonda ikkita, Farg‘ona vodiysida bitta konda sanoat miqyosidagi gaz oqimlari olinganini ma’lum qildi.

Energiyadan ratsional foydalanish bo‘yicha davlat dasturi ishlab chiqilmoqda 

O‘zbekistonda energiyadan ratsional foydalanish, issiqxona gazlarini chiqarishni kamaytirish va ifloslanish darajasini minimallashtirish bo‘yicha davlat dasturi qabul qilinadi.

O‘zbekiston bu yil yana yevrobondlar chiqarishi mumkin 

O‘zbekiston bu yil yana dollarda yevrobondlar chiqarishi mumkin, deya ma’lum qildi Markaziy bank rahbari Mamarizo Nurmuratov Bloomberg agentligiga.

Toshkentdan Qarshiga samolyotlar qatnovi yana tiklanadi 

«O‘zbekiston havo yo‘llari» Toshkentdan Qarshiga samolyotlar qatnovini qayta tiklamoqda. Andijonga esa hozircha parvozlar yo‘lga qo‘yilmaydi.

Import kiyimlarni sertifikatlash taklif qilinmoqda 

Import kiyimlar va boshqa kiyim-kechak mahsulotlarini sertifikatlash taklif qilinmoqda. Tegishli markirovkasiz mahsulotlarni sotishga yo‘l qo‘ymaslik rejalashtirilmoqda.

Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini berish uchun elektron auksion o‘tkaziladi 

Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziyalar berish uchun elektron auksion o‘tkazish tartibi belgilandi.

1381 ta AYOQSH tadbirkorlarga auksion orqali sotiladi 

Prezident qarori bilan neft-gaz tarmog‘ini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha respublika ishchi komissiyasi tuzildi.