Prezident qarori bilan O‘zbekiston va «Gazprom EP Interneshnl B.V.» o‘rtasida Ustyurt mintaqasidagi Jel koni bo‘yicha imzolangan mahsulot taqsimotiga oid Bitim va 1-son Qo‘shimcha bitim tasdiqlanadi.
Hukumat qarori bilan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzurida eksperiment tariqasida Xorijiy investorlarga ko‘maklashish guruhi tashkil etildi.
Import bojxona bojlarini qayta ko‘rib chiqish taklif qilinmoqda. «Nol» bojxona boji stavkasi qo‘llaniladigan tovar pozitsiyalari ulushining 62,7 foizdan 40,1 foizgacha kamayishi kutilmoqda.
To‘lov qobiliyatini yo‘qotgan eski namunadagi 50, 100 so‘mlik tanga va banknotlarni Markaziy bank hududiy boshqarmalarining hisob-kitob kassa markazlarida almashtirish mumkin.
Xorijiy davlatla tomonidan O‘zbekistonda yetishtirilgan anor va qovun eksportiga taqiq qo‘yilishiga sabab bo‘lgan hasharotlarga qarshi keng miqyosda kurashiladi.