Iqtisodiyot

8 iyun 2020, 16:34

O‘zbekistonda pandemiya vaqtida ishsizlar soni qariyb 2 mln kishiga yaqinlashdi

Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov koronavirus pandemiyasi paytida O‘zbekistonda ishsizlik darajasi qariyb 2 million kishiga yetganini ma’lum qildi. Chegaralar yopilgani tufayli 550 mingga yaqin mehnat muhojirlari boshqa davlatlarga ishlash uchun keta olishmagan.

8 iyun 2020, 12:01

Dollarning rasmiy kursi uchinchi hafta ko‘tarilmoqda

Dollarning rasmiy kursi qariyb 5 so‘mga qimmatladi va 10 153 so‘m etib belgilandi. Bu dollar kursining uchinchi hafta davomida o‘sishi.

6 iyun 2020, 03:12

Farg‘onada yoshlar bandligi masalasi qanday hal etilmoqda?

Farg‘ona viloyatida ro‘yxatga olingan 49,2 ming nafar ishsiz yoshlarning 28 mingga yaqin yanvar-may oylarida ish bilan ta’minlandi. Jumladan, 2600 kishiga 10−30 sotixdan yer ajratib berildi, pandemiya sababli xorijdan qaytgan 4700 kishi esa qishloq xo‘jaligi, qurilish va boshqa sohalarga ishga joylashtirildi.

6 iyun 2020, 02:56

Prezident Farg‘ona viloyatida ishga tushirilgan bir qator yangi loyihalar bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida bir qator loyihalarni ko‘zdan kechirdi. Shuningdek, viloyatda qambag‘al aholi bilan ishlash tizimi bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar bilan ham tanishdi.

4 iyun 2020, 12:18

Yanvar-aprel oylarida 2,5 mlrd dollar xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilgan

Yanvar-aprel oylarida 1,7 mlrd dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va 831 mln dollar xorijiy kreditlar o‘zlashtirilgan. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning umumiy investitsiyalar hajmidagi ulushi 26% gacha o‘sdi. Ushbu davrda Rossiya, Xitoy, Germaniya va Janubiy Koreya O‘zbekistonga eng ko‘p investitsiya kiritgan davlatlar bo‘ldi.

3 iyun 2020, 22:48

Yana 235 mingdan ortiq oilaga moddiy yordam ajratiladi

Pandemiya 450 mingga yaqin oilalar daromadiga jiddiy ta’sir qilishi mumkin, deya ta’kidlandi prezident raisligidagi yig‘ilishda. Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qabul qilingan qarorlar doirasida yil yakuniga qadar qo‘shimcha 235 mingdan ziyod oilaga moddiy yordam ajratilishi qayd etildi.

3 iyun 2020, 22:35

1 oktyabrgacha minimal iste’mol savatchasining huquqiy asoslari ishlab chiqiladi

Prezident tomonidan 1 oktyabrgacha tirikchilik uchun zarur eng kam miqdor va minimal iste’mol savatchasining huquqiy asoslarini ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi. Kambag‘allik chegarasi va mezonlarining jahon amaliyotida tan olingan 4 ta hisoblash usuli Farg‘ona viloyatining Toshloq tumani misolida sinovdan o‘tkazilishi belgilandi

3 iyun 2020, 21:55 1

Yengil avtomobillarni olib kirish uchun aksiz solig‘i bekor qilinadi

1 avgustdan boshlab yengil avtomobillarni olib kirish uchun aksiz solig‘i bekor qilinadi. Hozir yengil avtomobillarning importi uchun 30 foiz aksiz solig‘ini to‘lash kerak (Rossiya, Ukraina va Qozog‘iston olib kelinadigan avtomobillar uchun 2 foiz).

3 iyun 2020, 17:47

YUNVTOning 66-mintaqaviy yig‘ilishi Samarqandda bo‘lib o‘tishi mumkin

O‘zbekiston tashabbusi bilan o‘tkazilgan “Qayta tiklanish yo‘li” onlayn konferensiyasida YUNVTOning bosh kotibi 2021 yili tashkilotning navbatdagi 66-mintaqaviy komissiya yig‘ilishi Samarqandda bo‘lib o‘tishi mumkinligi haqida ma’lum qildi.

3 iyun 2020, 17:44

Davlat bojidan tushgan mablag‘larni to‘liq byudjetga o‘tkazish rejalashtirilmoqda

Davlat bojini to‘lashdan tushadigan mablag‘lar 100 foiz miqdorda Davlat byudjetiga o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda tegishli qonun loyihasi Moliya vazirligi tomonidan e’lon qilindi. Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, hozirda davlat bojining ba’zi turlari bo‘yicha mablag‘larning 85 foizigacha qismi byudjet tashkilotlarning byudjetdan tashqari jamg‘armalariga o‘tkaziladi.

3 iyun 2020, 13:29

“Qishloq xo‘jaligi Markaziy Osiyo iqtisodiyoti uchun ustuvor ahamiyatga ega”

Jahon banki qishloq xo‘jaligi COVID-19 pandemiyasi davrida Markaziy Osiyo mamlakatlarining iqtisodiyotini barqarorlashtirishga qodir deb hisoblaydi. Pandemiya sababli oziq-ovqat xavfsizligi sohasida qanday muammolar yuzaga kelishi va qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash uchun nimalarga e’tibor berish kerakligi to‘g‘risida JBning qishloq xo‘jaligi bo‘yicha yetakchi iqtisodchisi Sergiy Zorya xulosalari.

3 iyun 2020, 09:37

Bo‘stonliqda kredit mablag‘larini o‘zlashtirish holati aniqlandi

Bo‘stonliqda qoramol xarid qilish uchun ajratilgan kredit mablag‘larini o‘zlashtirish holati aniqlandi. Holat yuzasidan prokuratura tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

3 iyun 2020, 09:05

Samarqand viloyatida chiqindilarni qayta ishlaydigan klaster quriladi

Janubiy koreyalik sarmoyador Samarqand viloyatining Jomboy tumanida qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha klaster tashkil etadi. Loyiha 35 mln dollarga baholanmoqda.

2 iyun 2020, 11:00

«O‘zagrosug‘urta» bir oy ichida qariyb 5 mlrd so‘mlik sug‘urta tovonini to‘ladi

«O‘zagrosug‘urta» tomonidan so‘nggi bir oy ichida tabiiy ofatlar uchun to‘langan sug‘urta tovoni qariyb 5 mlrd so‘mni tashkil qildi. Xususan, kompaniya mirzaobodlik tadbirkorning baliqchilik xavzasi va binolariga yetkazilgan zarar bo‘yicha 138 mln so‘mlik sug‘urta qoplamalarini to‘liq amalga oshirdi.

1 iyun 2020, 16:55

Import qilinadigan tez yordam avtomobillari bojxona bojidan ozod qilindi

Prezident qaroriga binoan, 2022 yil 1 yanvargacha tez yordam avtomobillari import bojxona bojidan ozod qilindi. Ta’kidlanishicha, ushbu imtiyoz nodavlat tibbiyot tashkilotlariga ham tegishli.

1 iyun 2020, 16:49

«O‘zbekneftgaz» Ai-80 markali benzindan voz kechishni rejalashtirmoqda

«O‘zbekneftgaz» Ai-80 markali benzin ishlab chiqarishdan butunlay voz kechishni rejalashtirmoqda. Uning o‘rniga Ai-91, Ai-93, Ai-95 markali yuqori oktanli benzin ishlab chiqarish va Yevro-5 talablariga javob beradigan dizel yoqilg‘isini ishlab chiqarishga o‘tish kutilmoqda.

1 iyun 2020, 11:13

Dollarning rasmiy kursi ikkinchi hafta ko‘tarilmoqda

Dollarning rasmiy kursi 9 so‘mga qimmatladi va 10 148 so‘m etib belgilandi. Bu dollar kursining ikkinchi hafta davomida o‘sishi.

30 may 2020, 14:39

Navoiyda inqirozga qarshi kurashishga ajratilgan pullar talon-toroj qilindi

Navoiy viloyat sanitariya va epidemiologik osoyishtalik markazining mansabdor shaxslari inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasiga ajratilgan 222,3 mln so‘mni talon-toroj qilgani aniqlandi.

29 may 2020, 15:52

Investitsiya vazirligi “O‘zbekneftgaz” taklifiga izoh berdi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi “O‘zbekneftgaz” AJning neft mahsulotlari importiga aksiz solig‘ini 20% ga oshirish bo‘yicha taklifiga izoh berdi. Unga ko‘ra, mazkur taklif Tarif va notarif tartibga solish kengashining Kotibiyatiga taqdim etilmagan va xalqaro majburiyatlar va amaliyotga mos kelmasligi sababli ko‘rib chiqilishi va qo‘llanilishi mumkin emasligi ta’kidlangan.

29 may 2020, 12:03

1 iyundan O‘zbekistonda ichki turizm qayta yo‘lga qo‘yiladi

1 iyundan «yashil» va «sariq» toifadagi hududlar o‘rtasida ichki turizm qayta yo‘lga qo‘yiladi. Turizm sohasiga yondosh tashkilotlarga (turoperatorlar, mehmonxonalar va boshqalar) o‘z faoliyatini boshlashga ruxsat etildi va ularga davlat tomonidan bir qator imtiyozlar, preferensiyalar va ko‘shimcha ko‘maklar ko‘rsatiladi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting