15 dekabr, yakshanba

Iqtisodiyot

Soliq kodeksiga qanday o‘zgartishlar kiritilmoqda? 

Oliy Majlis deputatlari yangi tahrirdagi Soliq kodeksini qabul qildi.

Cinema City Sollywood: Samarqandda Hollywood nusxasi quriladi (video, foto) 

Samarqand viloyatida Hollywood nusxasidagi kino olish shaharchasi — Cinema City Sollywood quriladi. 45 mln dollarlik loyiha dam olish va istirohat bog‘lari, akvapark va boshqalarni o‘z ichiga oladi.

O‘zbekistonda bukmekerlik faoliyatiga ruxsat berildi 

O‘zbekiston prezidenti 2021 yildan bukmekerlik idoralarini ochishga ruxsat beruvchi farmonni imzoladi.

Toshkent viloyatidagi gaz quyish stansiyalarida 30,4 mlrd so‘mlik gaz talon-taroj qilindi 

Toshkent viloyatidagi avtomobillarga gaz quyish stansiyalarida gaz hisoblash uskunalariga ta’sir ko‘rsatish orqali 30,4 mlrd so‘mlik gaz talon-taroj qilingani aniqlandi.

Humo terminallari Mastercard orqali to‘lovlarni qabul qilishni boshladi 

Dekabrdan Mastercard kartalari egalari Humo terminallari orqali to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin.

«Milliy bank» aksionerlik jamiyati shaklida qayta tashkil etildi 

«Milliy bank» unitar korxonadan aksionerlik jamiyati shaklida qayta tashkil etildi. Asosiy faoliyat turi bilan bog‘liq bo‘lmagan aktivlari sotiladi.

O‘zbekistonda monopol korxonalar soni ikki barobar qisqardi — Sodiq Safoyev 

Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev davlatning iqtisodiyotga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashuvini qisqartirish kerakligini bildirdi.

Forbes O‘zbekistonda ham nashr etiladi 

Qozog‘istonlik tadbirkor, Forbes Kazakhstan va Forbes Georgia noshiri Armanjan Baytasov Forbes Uzbekistan jurnali chop etilishini ma’lum qildi. Ilk sonning mart oyida nashr etilishi kutilmoqda.

DSP importiga aksiz solig‘ini joriy etish taklif qilinmoqda 

2020 yildan bir kub metr yog‘och-qirindili plitalar hamda ularning muqobil turlariga 25 dollar miqdorida aksiz solig‘i joriy etish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni esa soliqlar va bojlardan ozod qilish taklif etilmoqda.

«KamAZ» Samarqand viloyatida ishlab chiqarish quvvatini ikki barobarga oshirdi 

«KamAZ» Samarqand viloyatida yangi yig‘ish liniyasini ochib, ishlab chiqarish quvvatini ikki barobarga oshirdi.

SamAuto Isuzu D-Max pikaplarini ishlab chiqarishni boshladi 

SamAuto zavodida Isuzu D-Max pikaplarini ishlab chiqarish boshlandi. Yangi model uchta modifikatsiya va yetti rangda savdoga chiqariladi, narxlar 270−380 mln so‘m atrofida bo‘ladi.

Naqd pul tushumiga ega korxonalar onlayn-kassalardan foydalanishga o‘tadi 

2022 yildan tadbirkorlik sub’ektlari aholidan naqd pul olishda onlayn nazorat-kassa apparatlari va virtual kassalardan foydalanishga o‘tadi.