8 avgust, shanba COVID-19 Ob-havo Zira Vakansiyalar

Iqtisodiyot

21 mart 2020, 23:58

Toshkentda jamoat transporti qatnovi to‘xtatiladi

22 mart kunidan Toshkentda jamoat transporti qatnovi to‘xtatiladi. Shahar bo‘ylab dezinfeksiya qilingan taksilar qatnaydi.

21 mart 2020, 20:11

JB O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash uchun 500 mln dollar ajratdi

Jahon banki O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga 500 mln dollar ajratdi. Loyiha qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining sifati va assortimentini yaxshilaydi va mahalliy ishlab chiqaruvchilarning ichki va tashqi bozorlarda ishtirokini oshiradi.

20 mart 2020, 15:57

Toshkentda yer narxining minimal qiymatlari belgilandi

Toshkent hokimi qarori bilan poytaxtda bo‘sh turgan yer uchastkalarining boshlang‘ich narxlari belgilandi.

20 mart 2020, 11:04

Xalqaro yo‘lovchi tashuvlari 40 kunga to‘xtatildi

Xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha avtobus, temir yo‘l va havo transportida yo‘lovchi tashish 40 kunga to‘xtatildi.

19 mart 2020, 20:10

Koronavirus pandemiyasi oqibatlarini yumshatishga qaratilgan jamg‘arma tashkil etiladi

Prezident farmoni bilan koronavirus pandemiyasi oqibatlarini yumshatishga qaratilgan Inqirozga qarshi jamg‘arma tuzilib, davlat byudjetidan 10 trln so‘m ajratiladi.

19 mart 2020, 16:07

O‘zsanoatqurilishbank rahbari o‘zgardi

Milliy bank rahbarining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Saxi Annaklichev O‘zsanoatqurilishbank boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlandi.

18 mart 2020, 19:16

Koronavirus pandemiyasining O‘zbekistonga salbiy ta’siri bo‘lishi tabiiy — Shavkat Mirziyoyev

O‘zbekiston prezidenti neft narxining pasayishi, xorij valyutalarining qadrsizlanishi, xorijiy turistlar sonining kamayishi mamlakat iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini bildirdi.

18 mart 2020, 12:51

Mikrokredit va mikroqarz miqdorlari oshirildi

Qarz oluvchiga tadbirkorlik faoliyati uchun mikrokredit va mikroqarz miqdorlari oshirildi.

13 mart 2020, 16:39

Hozirgi sharoitda avtomobillar narxini ko‘tarish to‘g‘ri emas — prezident

UzAuto Motors avtomobillari narxini ko‘tarishi «iqtisodiy jihatdan kerakdir, lekin hozirgi sharoitda to‘g‘ri emas», dedi Shavkat Mirziyoyev. Prezident avvaliga xalqning xarid qobiliyatini oshirish kerakligini ma’lum qildi.

13 mart 2020, 10:07

Antimonopoliya qo‘mitasi UzAuto Motors mashinalari narxi oshganini tanqid qildi

Antimonopoliya qo‘mitasi UzAuto Motors avtomobillari narxlari bo‘yicha tahlil o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Qo‘mita chet el mashinalarini olib kirganlik uchun boj miqdorini kamaytirishni so‘radi.

13 mart 2020, 09:46

YeI O‘zbekiston agrosektorini qo‘llab-quvvatlash uchun 40 mln yevro ajratdi

Yevropa Ittifoqi 2020−2030 yillarda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi strategiyasini amalga oshirishga ko‘maklashish uchun 40 mln yevro ajratdi.

13 mart 2020, 09:35

«O‘zavtosanoat» rahbari — avtomobillar narxining ko‘tarilishi, tannarxlarning pasayishi va majburiyatlar haqida

«O‘zavtosanoat» rahbari Shavkat Umurzoqovning so‘zlariga ko‘ra, so‘m devalvatsiyasi, xom-ashyo narxining ko‘tarilishi va past marjaga qaramay, kompaniya avtomobillar narxlarining o‘sishini to‘xtatib turgan edi. U ishlab chiqaruvchi avtomobillar narxini pasaytirish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajargani — dollarlarda aksariyat modellar 2017 va 2018 yildagiga qaraganda arzonroq ekanini ta’kidladi.

12 mart 2020, 18:17

Oltin-valyuta zaxiralari 30 milliard dollardan oshdi

Mart oyiga kelib O‘zbekistonning sof oltin-valyuta zaxiralari yil boshidagiga qaraganda 1,3 mlrd dollarga ko‘payib, 30,5 milliard dollarga yetdi.

12 mart 2020, 17:46

Prezident «Hazorasp» erkin iqtisodiy zonasiga bordi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga tashrifi davomida «Hazorasp» EIZdagi Develop Textile xorijiy korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

11 mart 2020, 15:55

UzAuto Motors bilan shartnoma imzolagan xaridorlar uchun narxlar o‘zgarmaydi

UzAuto Motors xaridorlar bilan 4 martga qadar tuzilgan shartnomalar bo‘yicha avtomobillar narxi o‘zgarishsiz qolishini bildirdi. Shuningdek, «O‘zavtosanoat» yaqin kelajakda mas’ul davlat organlari tomonidan ko‘rib chiqiladigan O‘zbekiston bozoriga olib kiriladigan xorijiy avtomobillarga bojxona to‘lovlarini kamaytirish tashabbusi bilan chiqdi.

10 mart 2020, 18:01

Prezident 2021-yildan g‘alla yetishtirish bo‘yicha davlat buyurtmasini bekor qildi

2021-yil hosilidan boshlab davlat tomonidan g‘allaga xarid narxini belgilash amaliyotidan to‘liq voz kechiladi.

10 mart 2020, 09:37

Qozog‘iston Milliy banki qayta moliyalash stavkasini 12 foizga oshirdi

Neft narxi tushib ketgani ortidan moliya tizimi barqarorligi uchun xatarlar kuchaygani munosabati bilan Qozog‘iston Milliy banki qayta moliyalash stavkasini 9,25 foizdan 12 foizga qadar oshirdi.

10 mart 2020, 09:09

Hukumat jahon bozorlaridagi vaziyatning O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’sirini muhokama qildi

O‘zbekiston hukumati xalqaro moliya va tovar bozorlaridagi vaziyatning mamlakatdagi makroiqtisodiy barqarorlikka salbiy ta’sirini kamaytarish bo‘yicha choralarni ishlab chiqmoqda. So‘m kursi hozircha barqaror deb baholanmoqda.

9 mart 2020, 20:32

Neft narxi keskin pasaydi, rubl arzonlashdi — jahon birjalaridagi qulashlar

Brent neft narxi 35 AQSH dollari atrofida bo‘lib turibdi, rubl so‘nggi to‘rt yil ichida keskin arzonlashdi, jahon birjalari qulashni boshladi. Buning sabablari va oqibatlari — «Gazeta.uz» sharhida.

9 mart 2020, 17:13

Raqamli Anor Bank tashkil etilmoqda

Markaziy bank Anor Bank raqamli bankini tashkil etishga dastlabki ruxsatnomani berdi. Ta’sischilar yarim yil ichida ustav kapitalini shakllantirishlari kerak.