9 aprel, payshanba

Iqtisodiyot

«Ikkinchi Toshkent». To‘ytepa O‘zbekistonning birinchi «aqlli» shahri bo‘ladi 

Poytaxt viloyati ma’muriy markazi bo‘lgan To‘ytepa shahri qaytadan quriladi. Loyihada Janubiy Koreya arxitektorlari ishtirok etmoqda.

«O‘zbekenergo» va KEPCO o‘zaro tushunish to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi 

«O‘zbekenergo» va Koreya elektroenergetika korporatsiyasi (KEPCO) energetika sohasining barcha sohalari bo‘yicha hamkorlik qilishni rejalashtirmoqda.

Andijon viloyatida sement zavodi quriladi 

Andijon viloyatida yiliga 1,2 mln tonna sement ishlab chiqarish quvvatiga ega zavod 2019 yilda ishga tushadi.

Prezident soliq tizimini isloh qilish bo‘yicha ekspert komissiyasini tashkil etdi 

Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi ekspert komissiyasi O‘zbekiston soliq tizimini rivojlangan davlatlar tajribalariga muvofiq tarzda yuritish bo‘yicha takliflarni tayyorlaydi.

«O‘ztreyd» Mozori Sharifda savdo uyini ochadi 

«O‘ztreyd» kompaniyasi Mozori Sharifda o‘zbek-afg‘on savdo uyini ochadi.

«Toshkent-Samarqand» temir yo‘l tarmog‘i joylashgan hudud obodonlashtiriladi 

«Toshkent-Samarqand» temir yo‘l uchastkasi bo‘ylab joylashgan 3078 ta uy rekonstruksiya va kapital ta’mirlanadi.

Hisoblagichsiz gaz iste’molchilariga ikki barobarlik tarif haqidagi qaror bekor qilindi 

1 oktyabridan hisoblagich bo‘lmagan iste’molchilarga gaz yetkazib berganlik uchun ikki barobar oshirilgan tarif joriy etilishi to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi.

«Navoiy» EIZdagi 10 ta yangi kompaniya 70 mln dollarlik sarmoya kiritadi 

«Navoiy» erkin iqtisodiy zonasida qariyb 70 mln dollarlik sarmoya kirituvchi 10ta yangi korxona ochildi.

Prezident dori-darmon bo‘yicha navbatdagi qarorni imzoladi 

«O‘zmedeksport» korxonasiga ijtimoiy ahamiyatga molik dori vositalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha import xaridlarini amalga oshirishga ruxsat berildi. SSV o‘z ijtimoiy dorixonalar tarmog‘ini yaratadi.

Iqtisodiyot vazirligi biznes muhitni yaxshilash to‘g‘risidagi takliflarni jamlamoqda 

Tadbirkorlar Iqtisodiyot vazirligiga O‘zbekistonda biznes muammolarini hal etish bo‘yicha o‘z takliflarini taqdim etishlari mumkin.

YeI O‘zbekistonda bog‘dorchilikni rivojlantirishga 21,5 mln yevro ajratadi 

O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi bog‘dorchilikni rivojlantirish bo‘yicha 21,5 mln yevrolik loyihani amalga oshiradi.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston aviareyslar sonini oshiradi 

Toshkentda Bishkekka aviareyslar sonini oshirish hamda O‘zbekiston poytaxti va boshqa shaharlaridan Tomchiga (Issiqko‘l) reyslar ochish muhokama qilindi.