2 aprel, payshanba

Iqtisodiyot

Yo‘llarni ta’mirlash uchun yangi texnikalar xarid qilindi 

Mamlakatdagi yo‘l-qurilish korxonalari uchun 100 dan ziyod texnikalar xarid qilindi. Yaqin oylarda yana 100 donadan ortiqroq mashina yetkazib beriladi.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» Navro‘zga chegirmalar e’lon qildi 

«O‘zbekiston temir yo‘llari» 18−22 mart kunlariga mamlakat ichidagi qatnovlarga chegirmalar e’lon qildi.

Yil oxirigacha 1000 dan ziyod yangi bankomatlar o‘rnatiladi 

Yil oxirigacha O‘zbekiston bo‘ylab naqd so‘m va dollar olish uchun 1000 dan ziyod bankomatlar o‘rnatiladi.

«O‘zagroeksport» gilos hosilini to‘liq sotib olishga tayyor 

Bog‘ egalari gilos hosilini to‘liq holatda «O‘zagroeksport» kompaniyasiga sotishlari mumkin.

«O‘zbekiston havo yo‘llari» o‘z loukasterini yaratadi 

«O‘zbekiston havo yo‘llari» o‘z loukasterini yaratadi. Sho‘’ba kompaniyasi joriy yildan ish boshladi.

MAK ichki qatnovlarga bayram chegirmalarini e’lon qildi 

«O‘zbekiston havo yo‘llari» Navro‘z bayrami kunlari (18−22 mart) ichki qatnovlarga 30−50 foiz chegirma e’lon qildi.

Bank xizmatlari iste’molchilari huquqlarini himoya qilish xizmati tashkil etildi 

Markaziy bank tizimida Bank xizmatlari iste’molchilari huquqlarini himoya qilish xizmati tashkil etildi.

O‘zbekiston uchun Gruziya orqali yuk tashish ikki barobarga arzonlashdi 

Gruziya O‘zbekistonga mamlakat bo‘ylab barcha turdagi yuklarni tashish narxlariga 50 foizlik chegirma joriy etdi.

Mehnat migratsiyasi agentligi 3500 nafardan ortiq kishini chet elga ishlashga jo‘natdi 

2017 yilda 3500 nafardan ortiq o‘zbekistonlik Janubiy Koreya, Rossiya va Yaponiyaga tashkiliy ravishda ishlashga jo‘natildi.

Yana uchta aeroportda «Ochiq osmon» rejimi joriy etiladi 

Qarshi aeroportidan tashqari Andijon, Nukus va Navoiy havo bandargohlarida ham «Ochiq osmon» rejimi joriy etiladi.

O‘zbekiston yevrobondlarga mablag‘ kiritishga tayyorgarlik ko‘rmoqda 

O‘zbekiston suveren kredit reytingi olgan taqdirda yevroobligatsiyalarga 300 mln dollargacha miqdorda mablag‘ kiritishni rejalashtirmoqda.

Prezident mahalliylashtirish dasturlari ijrosini tanqid ostiga oldi 

Prezident importni qisqartirish rejasining bajarilishini tanqid ostiga olib, qator sohalar rahbarlari mahalliylashtirish haqida o‘ylamasdan xorijdan mahsulotlar tashiyotganini qayd etdi.