Iqtisodiyot

26 avgust 2020, 15:47

O‘zbekistonda ilk raqamli bank — Anor Bank ro‘yxatdan o‘tkazildi

Markaziy bank O‘zbekistondagi ilk raqamli bankni — Anor Bank ro‘yxatdan o‘tkazib, unga bank faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berdi.

24 avgust 2020, 21:40

2021 yil 1 yanvardan qator litsenziya va ruxsatnomalar bekor qilinadi

2021 yil 1 yanvardan boshlab 70 ta litsenziya va 35 ta ruxsatnoma bekor qilinib, 115 ta litsenziya va ruxsatnomani olish tartib-taomillari soddalashtiriladi. Vakolatli organlarga litsenziya berishda ayrim harakatlarni amalga oshirish taqiqlandi.

24 avgust 2020, 12:33

Xorijda ishlab chiqarilgan alohida tovar va xizmatlar vaqtincha davlat xaridlarida ishtirok etmaydi

Prezident qaroriga ko‘ra, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 1 noyabrdan xorijda ishlab chiqarilgan alohida tovarlar va xizmatlar davlat xaridlarida ishtirok etishi vaqtinchalik taqiqlanadi va chegaralanadi. Shuningdek, 5236 ta amaldagi standartlar bekor qilinadi.

24 avgust 2020, 11:53

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

AQSH milliy valyutasining rasmiy kursi 16 so‘mga qimmatlab, jami 10 262 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa bir oz arzonladi.

21 avgust 2020, 18:55

Dehqonobod kaliy zavodi 855,5 mln so‘m kompensatsiya to‘laydigan bo‘ldi

Dehqonobod kaliy zavodi atrof-muhitga keltirgan zarari uchun qo‘shimcha 855,5 mln so‘m miqdorida kompensatsiya to‘laydigan bo‘ldi.

21 avgust 2020, 18:22

Elektr energiyasini hisobga olish yagona markazi ishga tushirildi

Poytaxtda elektr energiyasini hisobga olish tizimi ma’lumotlarini qayta ishlash markazi ochildi. Uning vazifasi — ko‘p tarifli abonentlar hisobini yuritish, qarzdor iste’molchilarni tarmoqdan avtomat ravishda uzish va ularni takror ulash kabilardan iborat.

20 avgust 2020, 18:40

Xorijda ishlayotgan o‘zbekistonliklarning yarmidan ko‘prog‘i norasmiy mehnat qilmoqda

Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan o‘zbekistonliklar soni 2 mln nafardan ko‘proqni tashkil etib, ularning yarmidan ziyodrog‘i norasmiy ishlaydi.

19 avgust 2020, 18:47

Oltin-valyuta zahiralari $34,7 mlrd ga yetdi

Avgust oyiga qadar O‘zbekistonning yalpi oltin-valyuta zaxiralari hajmi yil boshidan beri 5,6 mlrd dollarga ko‘payib, 34,7 mlrd dollarga yetdi.

19 avgust 2020, 16:24

Dilshod Ikromov Uzcard rahbari bo‘ldi

Ilgari Markaziy bankning Axborot texnologiyalari departamenti direktori bo‘lib ishlagan Dilshod Ikromov Axror Mahmudov o‘rniga Uzcard kompaniyasining rahbari bo‘ldi.

19 avgust 2020, 13:13

UzAuto Motors avtomobillari narxi arzonlashtiriladi

UzAuto Motors avtomobillar narxlarini 3 mln so‘mdan 19 mln so‘mgacha asossiz oshirgani aniqlandi. Kompaniyaga narxlarning asossiz oshirilgan qismlarini bekor qilish va avtomobillarni kamaytirilgan narxlarda sotish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

18 avgust 2020, 23:06

Hojatxonasi yo‘q AYOQSHlarga neft mahsulotlari va gaz yetkazib berish to‘xtatilishi mumkin

1 sentyabrdan hojatxonalar bilan ta’minlanmagan AYOQSHlarga neft mahsulotlari va gaz yetkazib berish to‘xtatilishi, ular litsenziyasi bekor qilinishi mumkin. Ular ushbu talabni 1 martga qadar bajarishlari kerak edi, biroq muddat uzaytirildi.

18 avgust 2020, 09:24

Aholi tomonidan sotilgan valyuta hajmi $2,5 mlrd ga yetdi

Yanvar-iyul oylarida aholi tomonidan banklarga 2,5 mlrd dollar sotildi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 50 foizga ko‘p. Sotib olingan valyutalar hajmi esa 2 mlrd dollarga teng.

17 avgust 2020, 12:19

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi deyarli 15 so‘mga qimmatlab, jami 10 246 so‘m etib belgilandi. Bu AQSH milliy valyutasining uchinchi hafta oshishi. Yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.

14 avgust 2020, 19:07

Bo‘stonliqda «Bildirsoy-Chimyon-Nanay» xalqaro kurorti tashkil etiladi

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida fransuz kompaniyasi konsorsiumi bo‘yicha «Bildirsoy-Chimyon-Nanay» xalqaro kurorti tashkil etiladi. Loyihaning umumiy qiymati 480 mln dollar bo‘lib, shundan 280 mln dollari to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar hisoblanadi.

14 avgust 2020, 10:39

Davlat byudjetidan 706 mlrd so‘m optimallashtiriladi

Koronavirusga qarshi kurashish uchun zahira yaratish maqsadida 2020 yildagi davlat byudjetidan 706 mlrd so‘m mablag‘ni maqbullashtirish taklif etildi. Hukumat qarori loyihasiga ko‘ra, byudjet tashkilotlari xodimlariga rejalashtirilgan moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi hamda direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lovlar hisoblanishi oktyabr-dekabr oylari uchun to‘xtatib turiladi.

12 avgust 2020, 19:43

Hududlarda «sanoat klasterlari» tashkil etiladi

Prezident bosh vazir o‘rinbosariga har bir hududda «sanoat klasterlari» tashkil etish bo‘yicha topshiriq berdi. Xususan, Namanganda to‘qimachilik, Navoiyda qurilish materiallari, Toshkent viloyatida farmatsevtika, poytaxtda elektronika va mebel bo‘yicha «sanoat klasterlari»ni tashkil etish mumkinligi ta’kidlandi.

12 avgust 2020, 17:25

Yanvar-iyun oylarida 1 trln so‘mlik bitimlarga oldindan rozilik berildi

Yarim yil davomida Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga sub’ektlarni qo‘shib yuborish, qo‘shib olish yoki ularning aksiyalarini olish bo‘yicha bitimlarga oldindan rozilik berish bo‘yicha jami 64 ta murojaat kelib tushgan. Umumiy hajmi 1 trln so‘mga teng bo‘lgan ushbu bitimlarning 47,3 foizi xorijiy investorlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

12 avgust 2020, 10:55

Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasining daromad va xarajatlari ma’lum qilindi

Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi hisobiga 10 trln so‘m kelib tushdi, jamg‘arma xarajatlari esa 7,8 trln so‘mga teng bo‘ldi. Eng ko‘p mablag‘ — jami 4,56 trln so‘m ijtimoiy soha va iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash sohasiga yo‘naltirildi.

11 avgust 2020, 22:16

Kambag‘al va ishsiz aholini kasb-hunarga o‘rgatish tizimi joriy etiladi

O‘zbekistonda kambag‘al va ishsizlarni kasb-hunarga va tadbirkorlikka o‘qitish tizimi joriy etiladi. Bu tizim viloyat, tuman (shahar) va mahallalar darajasidagi kasb-hunarga o‘qitish muassasalari hamda nodavlat kasb-hunarga o‘qitish muassasalarini o‘z ichiga oladi.

11 avgust 2020, 18:40

Xorijga hech qanday hujjatlarsiz olib chiqish mumkin bo‘lgan naqd valyuta miqdori oshadi

1 sentyabrdan boshlab O‘zbekistondan ruxsatnomasiz 100 mln so‘mgacha (9750$), deklaratsiyasiz esa 70 mln so‘mgacha (6800$) ekvivalentidagi naqd chet el valyutasini olib chiqish va mamlakatga olib kirish mumkin bo‘ladi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting