Iqtisodiyot

26 iyun 2020, 15:47

Uzcard ga nisbatan olib borilayotgan o‘rganishlar bo‘yicha ma’lumot berildi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi “Yagona umum respublika protsessing markazi” (Uzcard) MCHJga nisbatan olib borilayotgan o‘rganishlarda tegishli ma’lumotlar to‘liq taqdim etilmagani sababli o‘rganish muddati cho‘zilayotganini ma’lum qildi.

26 iyun 2020, 15:00

UzAuto Trailer «KAMAZ» texnikasini foydali shartlarda xarid qilish uchun aksiya e’lon qildi

UzAuto Trailer kompaniyasi 1 avgustga qadar davom etadigan «3 tasi 1 da» aksiyasini e’lon qildi. Unga ko‘ra, kompaniya «KAMAZ» rusumli barcha texnikalarini foydali shartlarda va katta chegirmalar bilan sotib olishni taklif etmoqda.

26 iyun 2020, 12:54

Volkswagen va Škoda avtomobillari O‘zbekiston bozoriga chiqadi

2020−2021 yillarda O‘zbekistonga Volkswagen va Škoda avtomobillarini tayyor holatda olib kirish, 2022 yildan to‘liq ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda. Volkswagen Caddy savdosi iyuldan boshlanadi.

25 iyun 2020, 13:28

OTB O‘zbekistonga $500 mln imtiyozli kredit ajratadi

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga 500 mln AQSH dollari miqdoridagi imtiyozli kredit mablag‘larini ajratish bo‘yicha qarorni ma’qulladi. Ushbu mablag‘lar koronavirus pandemiyasi va global inqirozning mamlakat iqtisodiyotiga bo‘lgan salbiy ta’sirini kamaytirish choralarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.

24 iyun 2020, 15:32

«O‘z milliy valyutasida qarz oluvchi mamlakatlar kamroq xatarga yo‘liqadi» — Otabek Nazirov

«Tashqi qarzlardan voz kechish kerak emas, ammo ularni milliy valyutada va iloji boricha xo‘jalik sub’ektlari tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri jalb qilish ma’qul» — Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktori Otabek Nazirov monetar siyosatda miqdoriy yumshatish instrumentini qo‘llash ma’qul ekanini bildirdi.

24 iyun 2020, 12:59

Deputatlar kapital amnistiyasi to‘g‘risidagi qonunni qabul qilishni taklif etishdi

Qonunchilik palatasi deputatlari “xufiyona iqtisodiyot"ni legallashtrish uchun kapital amnistiyasi to‘g‘risidagi qonunni qabul qilishni taklif etishdi. Shuningdek, parlament a’zolari mamlakatda fuqarolar daromadlarini majburiy deklaratsiya qilish tizimini joriy etishni qo‘llab-quvvatladilar.

23 iyun 2020, 17:20

IFC “Ipoteka-banki"ni xususiylashtirish uchun O‘zbekistonga $35 mln ajratadi

Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) “Ipoteka-banki” ning xususiylashtirilishini qo‘llab-quvvatlash hamda O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznesni kreditlash ko‘lamini kengaytirish uchun 35 mln dollar ekvivalentida, milliy valyutadagi zayomni taqdim etadi.

23 iyun 2020, 11:37

Noshirlik va matbaa faoliyatlarini boshlash tartibi belgilandi

1 iyuldan boshlab noshirlik faoliyati uchun litsenziya, matbaa faoliyati uchun ruxsatnoma talab etilmaydi. Tadbirkor noshirlik yoki matbaa faoliyatini boshlaganidan keyin 10 kun ichida Davlat xizmatlari markazlari orqali AOKAga xabarnoma yuborishi kifoya bo‘ladi.

22 iyun 2020, 16:52

Coca-Cola Uzbekistan kompaniyasi xususiylashtiriladi

Coca-Sola Uzbekistan kompaniyasi ommaviy savdo asosida xususiylashtirilishi rejalashtirilmoqda. Hozirda kompaniyaning 57,1 foiz ulushi davlatga tegishli.

22 iyun 2020, 11:27

Dollarning rasmiy kursi deyarli 21 so‘mga ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi qariyb 20,86 so‘mga qimmatladi va 10172 so‘m etib belgilandi.

20 iyun 2020, 17:16

Ayrim soliq imtiyozlari bekor qilinadi

Prezident farmoniga binoan 2021 yil 1 yanvardan boshlab yosh oilalarning ipoteka kreditlarini to‘lashga yo‘naltirilgan mablag‘lari daromad solig‘idan ozod qilinmaydi.

20 iyun 2020, 15:55

O‘zbekiston hududida koronavirusga chalingan chet ellik sayyohlarga 3000 dollar to‘lanadi

O‘zbekistonda chet ellik sayyohlar koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan taqdirda, ularga 3000 dollar tovon puli to‘lab beriladi.

20 iyun 2020, 11:37

Turkiyalik mutaxassis Uzbekistan Airways rahbarining o‘rinbosari etib tayinlandi

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi boshqaruv raisi o‘rinbosari etib turkiyalik mutaxassis Orxan Sivrikaya tayinlandi. 2017 yildan beri u aviakompaniyaning strategik rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi edi.

19 iyun 2020, 22:58

Andijon aeroportiga Bobur nomi berildi

Prezident qarori bilan Andijon xalqaro aeroportiga Zahiriddin Muhammad Bobur nomi berildi.

19 iyun 2020, 16:58

May oyida UZCARD va HUMO kartalari orqali 10 trln so‘mdan ortiq to‘lovlar amalga oshirildi

Markaziy bank O‘zbekistondagi faoliyat yuritayotgan to‘lov tizimlari haqidagi tahliliy ma’lumot taqdim etdi. Unga ko‘ra, may oyida UZCARD va HUMO to‘lov tizimlari orqali 10 trln so‘mdan ortiq to‘lovlar amalga oshirilgan. Shuningdek, mamlakatda naqd pulsiz tranzaksiyalarning hajmi 22,6 foizga ortdi.

19 iyun 2020, 11:10

«O‘zbekistonda 300 mingga yaqin ehtiyojmand xonadon mavjud» — Tanzila Narbayeva

O‘zbekistondagi 7 milliondan ortiq xonadonning 300 mingga yaqini (4,1 foizi) ehtiyojmand hisoblanadi. Ularni kambag‘alikdan chiqarish choralari ko‘rilmoqda. 8 milliondan ortiq fuqaroga qariyb 30 trillion so‘mlik imtiyoz va preferensiyalar berildi.

18 iyun 2020, 20:05

Davlat ulushi bo‘lgan korxonalar moliyaviy hisobotlarini e’lon qiladi

Davlat ulushi bo‘lgan korxonalarga xalqaro standartlarga bo‘yicha moliyaviy ma’lumotlarni e’lon qilish talabi qo‘yiladi. Jumladan, daromad va xarajatlar, qarzdorlik, kreditlar bo‘yicha majburiyatlar va boshqa statistik ma’lumotlar jamoatchilikka taqdim etiladi.

18 iyun 2020, 15:16

Dunyo bo‘ylab aviaqatnovlar 65 foizga qayta tiklandi

Koronavirus pandemiyasi boshlanishidan oldin bir kecha-kunduzda 181 mingta reys amalga oshirgan aviakompaniyalar hozirda kuniga 118 mingta reysni amalga oshirishmoqda.

17 iyun 2020, 22:00

May oyida ichki valyuta bozoridagi operatsiyalar xajmi 1,2 mlrd dollarni tashkil etdi

May oyida ichki valyuta bozoridagi operatsiyalarning umumiy xajmi 1,2 mlrd dollarni tashkil etib, aprel oyiga nisbatan 1,1 barobarga pasaydi.

17 iyun 2020, 21:06

Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasining daromad va xarajatlari ma’lum qilindi

Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi hisobiga 7,44 trln so‘m kelib tushdi, jamg‘arma xarajatlari esa 3,306 trln so‘mga teng bo‘ldi. Ushbu mablag‘lar Toshkent hokimligi byudjetini qo‘llab-quvvatlash, Prezident maktablarini qurish, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand va Surxondaryoda kasalxonalar hamda karantin markazlari qurish va boshqa maqsadlarda sarflandi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting