20 yanvar, dushanba

Iqtisodiyot

2025 yilga borib, tabiiy gazni eksport qilishni to‘xtatish choralari ko‘riladi — Abdulla Aripov +1

Bosh vazir Abdulla Aripov 2025 yilga borib tabiiy gazni eksport qilishni to‘xtatilishini, tabiiy gazni qayta ishlab, qo‘shimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish choralari ko‘rilishini bildirdi.

O‘zbekistonning transport tizimini rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqiladi — Abdulla Aripov 

Bosh vazir lavozimiga nomzod Abdulla Aripov umumiy foydalanishdagi va mintaqaviy ichki yo‘llar hamda ko‘prik va yo‘l o‘tkazgichlar rekonstruksiya qilinishi va ta’mirlanishini bildirdi.

2020−2021-yillarda 5,7 mlrd dollarga teng import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqariladi — Abdulla Aripov 

Bosh vazir lavozimiga nomzod Abdulla Aripov hukumatning yaqin muddatga va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan harakatlar dasturini taqdim etdi. U importni qisqartirish va eksportni kengaytirish masalalari asosiy e’tiborda bo‘lishi bildirdi.

Humo Air aviakompaniyasi tariflari amaldagidan ancha arzon bo‘ladi 

Abdulla Aripov 2020-yilda davlatga qarashli Humo Air aviakompaniyasi tashkil etilishini e’lon qildi, uning tariflari amaldagidan ancha arzon bo‘ladi.

1 martdan inkasator xizmati uchun haq buyurtmachi tomonidan to‘lanadi 

1 martdan boshlab xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning naqd pullarini bankka inkassator orqali yetkazib berilgani uchun xizmat haqi shartnoma asosida buyurtmachi tomonidan to‘lanadi.

SSP: Palataga majburiy a’zolik faqat yirik tadbirkorlik subyektlariga taalluqli 

SSP palataga majburiy a’zolik doirasini kengaytirishga qaratilgan tuzatishlar faqatgina yirik tadbirkorlik subyektlariga taalluqli ekanini ma’lum qildi.

Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi xususiylashtiriladi 

Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasini The Abu Dhabi Uzbek Fund investitsiya jamg‘armasi hisobidan 110 million dollar evaziga xususiylashtirish rejalashtirilmoqda. 2020 yilda mehmonxona kreditlarini qoplash uchun davlat byudjetidan 66,4 milliard so‘m ajratiladi.

UZ Truck and Bus Motors qo‘shma korxonasi tashkil etildi 

JV MAN Auto-Uzbekistan negizida UZ Truck and Bus Motors qo‘shma korxonasi tashkil etildi. Ta’sischilardan biri — Xitoyning Sinotruk kompaniyasi.

O‘zbekistonning 10 dan ortiq qonun hujjatlariga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi 

Prezident imzolagan qonun bilan Birlamchi bozordan ko‘chmas mulk va transport sotib olinganda ipoteka va garov shartnomasi notarial tasdiqlanmaydi.

Paxta terimini mexanizatsiyalash jarayoni kuchaytiriladi 

O‘zbekistonda paxta hosili terimini mexanizatsiyalash darajasini oshirish ikki bosqichda amalga oshirilish hukumat tomonidan belgilandi.

SSV tizimidagi ayrim xizmatlar autsorsingga o‘tkaziladi 

Sog‘liqni saqlash vazirligi tuzilmasidagi tashkilotlarda autsorsing xizmatlari ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida hukumat qarori qabul qilindi.

BAA va Yaponiya bilan hamkorlikdagi loyihalarning amalga oshirilish holati muhokama qilindi 

Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari va Yaponiyaga oliy darajadagi tashriflar yakunida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.