8 dekabr, yakshanba

Iqtisodiyot

Farg‘onada tadbirkorlarning 5,3 milliard so‘mlik soliq qarzidan kechildi 

Farg‘ona viloyatida 792 nafar fuqaroning tadbirkorlik faoliyati qayta tiklandi hamda ulardagi 5,3 milliard so‘m soliq qarzi hisobdan chiqarildi.

UzCard valyuta ayirboshlaydigan yangi bankomatlar olib kelmoqda 

O‘zbekistonda xorijiy valyutani milliy valyutaga konvertatsiya qiladigan Diebold Nixdorf konserniga tegishli CINEO C4560 rusumidagi zamonaviy bankomatlari o‘rnatiladi.

TIV Eron temir yo‘llari tashkiloti rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazdi 

O‘zbekiston delegatsiyasi Eronda «Xaf — Hirot» yangi temir yo‘l tarmog‘i infrastrukturasi va Chohbahor dengizi porti imkoniyatlari bilan tanishdi.

Iqtisodiy sudlar 320 mingdan ortiq ishni ko‘rib chiqdi 

Iqtisodiy sudlar to‘qqiz oy davomida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari foydasiga 772,7 mlrd so‘mdan ziyod mablag‘ni undirib berdi.

Tadbirkorlik subyektlariga bank hisobvaraqlarini masofadan turib ochishga ruxsat berildi 

Markaziy bank Boshqaruvining qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Nazirjon Hasanov «O‘zbektelekom» rahbari bo‘ldi 

«O‘zbektelekom» kompaniyasida davlat organlari bilan o‘zaro aloqalar bo‘yicha direktor bo‘lib ishlagan Nazirjon Hasanov kompaniya rahbari v. b. bo‘ldi.

Ko‘p kvartirali uy-joy fondidan foydalanish sohasidagi nazorat inspektorlari ham moddiy rag‘batlantiriladi 

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida nizomga o‘zgartirish kiritildi.

Tadbirkorlarga eng kam ish haqining 1000 baravarigacha mikrokredit beriladi 

«Mikrokreditbank» faoliyatini tashkil etish va uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Konditsioner o‘rnatilgan ilk avtobuslar Toshkentga olib kelindi 

Poytaxt avtobus saroylari 20 dona konditsionerli SAZ LE60 avtobusiga ega bo‘ldi. Yil oxirigacha yana 60 ta shunday mashina va 40 ta MAN keltiriladi.

Germaniya kompaniyasi bilan Termiz city qurilishi bo‘yicha memorandum imzolandi 

Germaniya kompaniyasi Surxondaryo viloyatida Termiz city va yiliga 2,5 mln tonna sement ishlab chiqaruvchi zavod quradi.

Yunusobodda 332 ta foydalanilmayotgan ob’ekt va yer maydoni mavjudligi aniqlandi 

Yunusobodda aniqlangan 332 ta foydalanilmayotgan ob’ekt va yer maydonida yangi ishlab chiqarishlar tashkil etiladi.

Kimyo korxonalaridagi davlat ulushi investorlarga sotiladi 

Investorlar «Samarqandkimyo», «Elektrkimyozavod», «Jizzax plastmassa» va «Farg‘onaazot» korxonalaridagi davlat ulushini bozor narxlarida sotib olishlari mumkin.