27 fevral, payshanba

Iqtisodiyot

Toshkentda Starbucks qahvaxonasi ochiladi 

Toshkent hokimiyatida Starbucks qahvaxonasi tarmog‘ini ochish istiqbollarini muhokama qilindi. Alshaya Group chakana franshizalar operatori hujjatlarni tayyorlash va joylashuvni tanlash to‘g‘risida ma’lum qildi.

Yakkasaroy KSZdagi 300 dan ortiq korxonani boshqa joyga ko‘chirish rejalashtirilmoqda 

Yakkasaroy kichik sanoat zonasidagi korxonalarni Sergeli tumanidagi yangi sanoat markaziga ko‘chirish rejalashtirilmoqda. Zavod joylashgan joyda Day and Night biznes markazini qurish mo‘ljallanmoqda.

2019 yilda iqtisodiy sudlar tomonidan da’vogarlar foydasiga 11,7 trln. so‘m undirish belgilandi 

2019 yil mobaynida iqtisodiy sudlar tomonidan 197 291 ta ish ko‘rib chiqilib, hal etildi. Ko‘rilgan ishlar soni 2018 yilga nisbatan 51 foizga kamaygan.

Abdulla Aripov — hukumatning harakat dasturi haqida 

Abdulla Aripov parlament palatalarining qo‘shma majlisida Vazirlar Mahkamasining yaqin va o‘rta istiqbolga mo‘ljallangan Harakat dasturi haqida nutq so‘zladi. Uning qisqacha bayonini bilan tanishing.

Gruziyaning «TBC Bank"i O‘zbekistonda tijorat bank tashkil etadi 

Payme aksiyalarining 51 foizini sotib olgan Gruziyaning TBC Bank banki O‘zbekistonda tijorat bank tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomaga ega bo‘ldi.

Qozog‘iston chorva mollarini eksport qilishni taqiqladi 

Qozog‘iston Qishloq xo‘jaligi vazirligi O‘zbekistonda talab keskin ortib ketgani sababli chorva mollari eksportini butunlay taqiqlashga qaror qildi. Vaziyat qo‘shni mamlakatda go‘sht narxiga ta’sir ko‘rsatdi.

Samarqandda tramvay vagonlariga texnik xizmat ko‘rsatish, tozalash va yuvish sexlari quriladi 

Samarqand shahrida tramvay vagonlariga texnik xizmat ko‘rsatish, tozalash va yuvish sexlari qurish uchun 7 milliard 700 million so‘mmablag‘ ajratiladi.

2025 yilga borib, tabiiy gazni eksport qilishni to‘xtatish choralari ko‘riladi — Abdulla Aripov +1

Bosh vazir Abdulla Aripov 2025 yilga borib tabiiy gazni eksport qilishni to‘xtatilishini, tabiiy gazni qayta ishlab, qo‘shimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish choralari ko‘rilishini bildirdi.

O‘zbekistonning transport tizimini rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqiladi — Abdulla Aripov 

Bosh vazir lavozimiga nomzod Abdulla Aripov umumiy foydalanishdagi va mintaqaviy ichki yo‘llar hamda ko‘prik va yo‘l o‘tkazgichlar rekonstruksiya qilinishi va ta’mirlanishini bildirdi.

2020−2021-yillarda 5,7 mlrd dollarga teng import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqariladi — Abdulla Aripov 

Bosh vazir lavozimiga nomzod Abdulla Aripov hukumatning yaqin muddatga va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan harakatlar dasturini taqdim etdi. U importni qisqartirish va eksportni kengaytirish masalalari asosiy e’tiborda bo‘lishi bildirdi.

Humo Air aviakompaniyasi tariflari amaldagidan ancha arzon bo‘ladi 

Abdulla Aripov 2020-yilda davlatga qarashli Humo Air aviakompaniyasi tashkil etilishini e’lon qildi, uning tariflari amaldagidan ancha arzon bo‘ladi.

1 martdan inkasator xizmati uchun haq buyurtmachi tomonidan to‘lanadi 

1 martdan boshlab xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning naqd pullarini bankka inkassator orqali yetkazib berilgani uchun xizmat haqi shartnoma asosida buyurtmachi tomonidan to‘lanadi.